Porogamiya, xalazagamiya va mezogamiya.
Gulli o’simliklarda bu usullar orasida eng ko’p uchraydigani porogamiya hisoblanadi. Bu urug`lanishning eng qisqa yo’li bo’lib, o’sayotgan chang naychasi mikropile orqali murtak xaltasiga kiradi.
Bazi bir o’simliklarda chang naychasi murtak xaltasiga urug`kurtakning xalaza qismi orqali o’tadi va u xalazagamiya deyiladi. Bu hodisa 1891 yilda Тreyb tomonidan birinchi bo’lib aniqlangan. Keyinchalik daraxtsimon o’simliklarda (oqkayin, olxa, leshina, yong`oqda) xalazagamiya’ni S.G. Navashin va V.V. Finlar isbotlab berganlar.
Chang naychasining murtak xaltasiga urug`kurtak oyoqchasi (platsentasi), integumentlari yoki nutsellus orqali kirishiga mezogamiya deyiladi. Bu jarayoini birinchi bo’lib 1898 yilda S.G. Navashin va 1912 yilda Fin kashf qilgan. Murtak xaltasiga kirgan chang naychasi sinergidlar orqali tuxum hujayrasi yoniga borganda yoriladi, bunga sinergid hujayralari ko’maklashadi. Bundan tashqari sinergidlar chang naychasining yorilishini ham nazorat qiladi, degan tushunchalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |