1. Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari


Qushlar yordamida changlanish


Download 0.95 Mb.
bet5/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1308066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
changlanish gullarni changlanishga

Qushlar yordamida changlanish. Тropik iqlim sharoitida o’sadigan bazi bir o’simliklar qo’shlar yordamida changlanadi bunday changlanish ornitofiliya deyiladi. Bu guruhga kiradigan o’simliklarni Avstraliya, Janubiy Afrika va Janubiy Amerikada ham uchratish mumkin. Ornitofil o’simliklarga evkaleft, kanna, akatsiya, aloe va bazi bir kaktus o’simliklari kiradi. Nomlari keltirilgan o’simliklarni changlatishda kalibr to’tilar, nektarchi va asal so’ruvchi qo’shlar ishtirok etadi.
Gidrofiliya. Suvda botib о‘sadigan о‘simliklar yoki suv yuzasidan yuqoriga kо‘tarilib о‘sgan о‘simliklar uchun suv changlatuvchi vosita bо‘lib hisoblanadi. Masalan: shohbarg (Ceratophyllum), suv о‘ti (Zostera), nayada (Najas) va boshqalar. Bu о‘simliklarning changdonlarida endotetsiya yoki qisqarib ketgan yoki mutlaqo bо‘lmaydi. Changda qurib ketishdan saqlaydigan ekzina bо‘lmaydi. Changdonlari ipsimon, chuvalchangsimon shaklda bо‘lib, о‘simlikning changlanishini yengillashtiradi. Urug‘chi guli changchi gulidan pastda joylashgan о‘simliklarda, chang suvdan og‘ir bо‘lganligidan, sekin pastga tushganda tasodifan urug‘chi tumshug‘iga tushib, changlanish vujudga kelishi mumkin (Kanada ellodeyasi). Ba’zi suvda yashovchi о‘simliklarga changlanish suv bilan bog‘liq emas. Ularning boshoqsimon tо‘pgullari suvdan yuqoriga kо‘tarilib, gullari shamol yordamida changlanadi. Valliserniya ikki uyli bo`lib, uning onalik gullari ma’lum vaqtda spiral gilbandlari yozilib suvning yuzasiga chiqadi, gultojbarglari yozilib, undan kokilli og`izchasini ochib turadi. Diametri 0,5-1 mm keladigan otalik gullari shamol yordamida oqib kelib onalik gullariga urilibm yopishqoq changlari bilan onalik gulni changlatadi (otalik gullar ham suv tagida hosil bo`ladi, lekin bandidan uzilib, suv yuzasida suzib yuradi). Changlangan gul bandlari spiral shaklda buralib yana suv tagiga qaytib tushadi, meva va urug`lar suv tagida yetiladi (141-rasm).
B
141-rasm. Valliserniya ( Vallisneria spiralis) dagi changlanish (gidrofiliya). A-otalik gullar. Б- valliserniyaning suv yuzasudagi gullari. 1-changchi gull`ar. 2-onalik guli. 3-4- suv yuzsidagi onalik va otalik gullari.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling