Layli va majnun
Download 376.88 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq7-mavzuga nazariy ma\'lumoti
9-mavzu. “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA TASAVVUF MASALALARI TALQINI. REJA: Dostonning yaratilish tarixi Dostonlardagi tasavvuf masalalari Dostonlardagi umumiy xulosalar Bu doston tasavvuf adabiyotini ham qiziqtirgan. Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy kabi tasavvuf shoirlari o„zlarining asarlarida bu ishq qissasining hikoyalaridan unumli foydalangan holda ilohiy ishq to„g„risida xulosalar chiqarganlar. Jumladan, J.Rumiyning “Ichindagi ichindadir” nasriy asarida shunday hikoya bor. Unda Majnuninng Layliga shaydoligini bilgan podsho yurtidagi jami go„zal qizlarni olib kelib, Majnunning qarshisiga turg„izadi. Va “Bularga qara, Majnun, sen bir qoracha qizning ishqida devona bo„lib yuribsan. Lekin bu qizlarning hammasi Laylidan go„zalroqdir”, deydi. SHunda Majnun bosh ko„tarib qaramydi ham. “Laylining ishqi uning boshini ko„tarishiga qaymadi”, deydi Rumiy va bundan tasavvufiy xulosa chiqaradi: “Majnun “Sizlar qadahga baho berayapsizlar, men esa uning ichidagi sharobga oshiqman”. Qadah – Laylining tashqi go„zaliligi, sharob esa undagi ma‟no, ichki go„zallik, boshqacha qilib aytganda YAratgan go„zalligining Layli jamolida aks etishidir. Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan vujudga keldi. Keyinchalik forsiy tilda Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog„iy, Abdurahmon Jomiy, Amir SHayxim Suhayliy, turkiy tilda Gulshahriy, Oshiq Poshsho, SHahidiy, Fuzuliy kabi shoirlar bu dostonga javob yozdilar. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. SHundan muqaddima 9 bobni o„z ichiga oladi. Doston an‟anaviy hamd – Allohning madhi bilan boshlanadi. Ikkinchi bob Munojotni o„z ichiga oladi. Dostonning 3-bobi Muhammad payg„ambar (s.a.v) madhiga bag„ishlangan. 4-bob Me‟roj tuni ta‟rifiga bag„ishlangan. Dostonning 5-bobi so„z ta‟rifi, Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy madhini o„z ichiga oladi. 6-bob Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhidadir. Dostonning 7-bobi zamona hukmdori Sulton Husayn Boyqaroga bag„ishlangan. 8-bob shahzoda Badiuzzamon ta‟rifidadir. Dostonning 9-bobi tun ta‟rifiga bag„ishlangan. Bob muayyan ma‟noda muqaddima bilan asosi y qismni bog„lovchi ko„prik vositasini o„taydi. 10-bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. Bani Omir qabilasida uzoq kutilgan farzand Qays dunyoga keladi. Qaysning tug„ilishi, o„sishi tasvirida ham ilohiy taqdir sezilib turadi. Tug„ilgandan ishq olovi bilan yo„g„rilgan Qays o„tga talpinadi: O„t ko„rsaki mayl etib nihoniy, Ishq o„ti tasavvur aylab oni. Uni 4-5 yoshlarida Layli qabilasiga o„qishga beradilar. Layli bilan birga o„qiydi. Bahor kunlarining birida Layli bilan bog„ sayrida uchrashib qolgan Qays Laylini ko„rib hushini yo„qotadi. Navoiy bu o„rinda Laylining husni gulzorni charog„on qilib yubordi va gulzordagi bir nihol (Qays)ni xazon etdi deb yozadi. SHu o„rinda aytib o„tish kerak, Navoiy ushbu dostonda majzubi solik taqdirini tasvirlamoqda. SHuning uchun shoir soliki majzub Farhoddan farqli ravishda Majnunning voyaga etishini, ilmu hunar o„rganishini, hayotiy tajribasini tasvirlashga ehtiyoj sezmaydi. YA‟ni unga ishqiy jazba tug„ma bo„lib, u dunyoviy ilmu hunarlarni egallashga, ustoz-pir o„gitiga muhtoj emas. SHod o„ldi jamolidin dabiston, Andoqki bahordin guliston. Lekin bu bahori zindagoniy, Bir naxlni ayladi xazoniy. Tasavvuf ta‟limotiga ko„ra, guliston solikning ruhiyati, uni Haq ishqi egallab oladi va u betoqatlanib, hushini yo„qotadi. SHu tarzda majzubi solik (Haqdan jazba etgan, ustozi ham, piri ham Ishq bo„lgan, maqomlarni egallamasdan turib, hol martabasiga erishgan oshiq)ning sarguzashtlari boshlanadi. Qays shu tariqa Laylini har ko„rganida hushidan ketadi. Xalq orasida “Majnun” laqabi bilan ovoza bo„ladi. Jomiyda ham shunday doston bor bo„lib, u 1493 yil navoiyshunos olim A. Erkinovning fikricha Navoiyning dostonidan ta‟sirlanib yaratilgan. Ushbu dostoinga murojoat qilganimizda go„zal qizlarga shaydo Qays (Majnun) 14 yoshga kirganda Laylining beqiyos go„zalligini eshitib qolib, uni borib ko„radi va oshiqi beqarorga aylanadi. Navoiyning dostoniga qaytamiz. Majnunning ota-onasi uni Layliga uylantirish uchun sovchi yuboradilar. Lekin Laylining otasi qizini aql-hushdan begona bir “devona”ga berishdan or qiladi va Majnunning Layli qabilasiga kelishini ta‟qiqlab qo„yadi. Majnunning otasi qabiladoshlari bilan maslahatlashib, Qaysni zanjirband qiladi. Lekin ishq otashi ta‟siridan zanjir uzilib, Majnun uyidan chiqib ketadi. Bu erda o„zlik, ya‟ni nafs – kishan obrazida, dasht esa fano misolidadir. Ishq otashi nafs zanjirini kuydirib, oshiqni fano dashtiga yo„llaydi. U bedard qabiladoshlarini ham, yaqinlarini ham, umuman jamiyatni unutish darajasiga boradi, zero bu holat haqiqiy oshiq uchun xos xususiyatdir. Download 376.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling