Kurs ishi mavzu: “farhod va shirin” dostonining tasavvufiy mohiyati


Download 62.29 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2023
Hajmi62.29 Kb.
#1139874
  1   2
Bog'liq
Farhod va Shirin


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

KURS ISHI


Mavzu: “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING TASAVVUFIY MOHIYATI

Bajardi: _________________
Ilmiy rahbar:­­­­­­­­­­­­­­­­­____________


Navoiy-2023
Mundarija:
KIRISH…………………………………………………………………………....3
I BOB. FARHOD VA SHIRIN” VA NAVOIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI……………………………………………………………………5
1.1 Navoiy asarlarida tasavvufiy g’oyalar talqini…………………………………..5
1.2. Navoiyning tasavvufiy g’oyalarida “Farhod va Shirin” dostonining o’rni ……8
II BOB “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING TASAVVUFIY MOHIYATI………………………………………………………………………14
2.1 Dostonda ifodalangan tasavvufiy timsollar……………………………………14
2.2 Komil insonni tarbiyalashda futuvvat g‘oyalarining o‘rni.…………………….17
XULOSA………………………………...…………………………………….....23
FOYDALANILGAN ADABIYOT ROʻYXATI……………………….……....26

KIRISH
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘zining “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning poydevoridir” asarida: “…xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishimiz zarur” , – deb bejiz yozmagan.1


Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi. Ham adabiy va ilmiy asarlari, ham go‘zal insoniy fazilatlari bilan barchaga o'rnak bo‘lib kelayotgan Alisher Navoiyning rang-barang ijodi barcha siyosat-u rayosatlardan ustun kelib, Vaqt atalmish oliy hakamni ham o‘z izmiga bo‘ysundirganligi, dunyodagi eng oliy mo'jiza - So‘ z qudrati va uning go'zal o‘zbekona ifodasi sifatida umumbashariyat mulkiga aylanganligi rad etib bo‘lmas haqiqatlardan hisoblanadi. Shu bois, ma’naviyatning umrboqiy sarchashmalariga doimiy ehtiyoj sezadigan bashariyat farzandlari bugungi kunda ham Navoiyning o‘lmas satrlarida tajassum topgan hayotiy hikmatlardan ko'proq bahramand bo‘lishga harakat qiladi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining cho‘qqisi bo'lgan Alisher Navoiy “Xamsa”si jahon adabiyotining noyob va o'lmas durdonasidir. “Hayrat ul-abror. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi dostoni bo’lib, unda turli hikoyatlar va maqolatlar bilan ta’lim va tarbiyaga oid ko’plab qarashlar mavjud bo’lgan didakdik asardir.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo'lib, milodiy 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o‘z o‘g‘li Sheruyaning buyrug'i bilan o'ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo‘lgan muhabbati ko'pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o‘zi ham “Tarixi muluki Ajam” asarining Sosoniylar tarixiga bag‘ishlangan qismida Xusrav Parvez haqida ma’lumot beradi.
Badiiy adabiyotda Xusrav va Shirin muhabbati haqida birinchi bo‘lib Firdavsiy o‘zining “Shohnoma” dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni 1340-yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun avvalgi dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Farhodning bosh qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan Orif Ardabiliyning “Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni bilan boshlanadi. Lekin unda tasvirlangan voqealar Navoiy dostonidan butunlay farq qiladi. Ardabiliy dostoni ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qism mustaqil tarzda rivojlanuvchi voqealar tizimiga ega. Birinchi qism “Farhod va Guliston” deb ataladi.
Ushbu qismda Nizomiy va Dehlaviyda mavjud bo'lmagan Farhod tarixi tasvirlanadi: Xitoy xoqonining o‘g‘li Farhod o‘z do‘sti, rassom Shopurning qo'lida tosh yo'nuvchi ustaning qizi Gulistonning suratini kо‘rib qolib, uni izlab Abxaziyaga ketadi, Xitoy taxtini esa uning amakisi egallaydi. Farhod Abxaziyada Gulistonni uchratadi va uni sevib qoladi, lekin Gulistonning otasi o‘z qizini faqat toshyo‘nar ustaga berishini aytadi. Farhod tosh yo‘nish hunarini o'rganadi va bu sohada o‘z mahoratini namoyish qilib, Gulistonga uylanadi. To‘yga Abxaziya malikasi Mehinbonu va uning go‘zal jiyani Shirin ham tashrif buyuradilar. Shirinning go‘zalligi Eron hukmdori Xusravning qulog‘iga yetib boradi va u Shiringa oshiq bo‘ladi. Farzand ko'rish arafasida Guliston vafot etadi va Farhod uning qabri ustiga kichik ibodatxona qurdiradi.
Dostonning ikkinchi qismi “Farhod va Shirin” deb ataladi. Voqealar rivoji Nizomiy dostonidan keskin farq qiladi: Shirin Farhodga ko‘ngil qo‘yadi va Xusravning uning ko‘nglini olish bilan bog'liq urinishlari hech qanday natija bermaydi. Farhod Shirin uchun Besutun tog‘ida sut arig'ini barpo etadi. Bir vaqtlar Gulistonga oshiq bo'lgan va Farhod tomonidan rashk tufayli o'ldirilgan rumlik yigitning onasi Farhodni zaharlaydi va Farhod vafot etadi. Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida bu mavzuda qalam tebratgan ijodkorlar sifatida Nizomiy, Dehlaviy, Ashraf Marog'iylarni eslab o‘tar ekan, yana bir noma’lum ijodkorga ham ishora qilib o'tadi:
Yana bo'lg'on ekan bu noma marqum.
Vale roqim emastur yaxshi ma'lum.
Adabiyotshunoslikda ushbu noma’lum ijodkor aynan Orif Ardabiliy bo'lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Farhod obrazining ildizlari xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. O‘z asarining manbalarini xalq og'zaki ijodidan olgan Firdavsiy “Shohnoma”sida Farhod pahlavon (Afrosiyobning jangovar sipohsolori) sifatida tilga olingan. Bu obraz Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostonida epik planda talqin etila boshladi. Nizomiyning dostonidagi Farhod xalq orasidan chiqqan toshyo‘nar usta. U oqil va insonparvar, g‘oyat savodli va pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol o‘ynamasa-da, muallifning yetakchi g‘oyasini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav” dostonida esa Farhod oliynasab shahzoda, taqdirga tan beruvchi baxtsiz oshiq sifatida tasvirlanadi. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi.


Download 62.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling