Mustaqil ishi Mavzu: “farhod va shirin”dostoni. Obrazlar tahlili. Reja: ”farhod va shirin” dostonining yaratilish tarixi “farhod va shirin”dostonini syujeti,kompozitsion tuzilishi “farhod va shirin”dostonida ishq talqinlari 1


Download 1.51 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1155150
Bog'liq
Navoiyshunoslik.Yusupova Shahzoda


Farg’ona Davlat Universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 20.97”A”guruh talabasi Shahzoda Yusupovaning Navoiyshunoslik fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: “FARHOD VA SHIRIN”dostoni.Obrazlar tahlili.
Reja:
”FARHOD VA SHIRIN” dostonining yaratilish tarixi
“FARHOD VA SHIRIN”dostonini syujeti,kompozitsion tuzilishi
“FARHOD VA SHIRIN”dostonida ishq talqinlari
1.
2.
3.
“Farhod va Shirin”-turkiy xalqlar adabiyotlarida an’anaviy mazmunga ega bo’lgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi.
Shirin va Farhod fors-tojik adabiyotlarida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning”Shohnoma”,Nizomiy Ganjaviyning”Xusrav va Shirin”,Dehlaviyning”Shirin va Xusrav”,o’zbek shoiri Qutbning “Xusrav va Shirin”dostonlarida eng fidoyi oshiq va ma’shuqalar sifatida tasvirlangan.Alisher Navoiy Sharqda bu an’anaviy ishqiy qissani qayta ishlab,uni yangidan shakllantirgan,Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga “Farhod va Shirin”deb nom qo’ygan.Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”dostonini 1484-yili yozib tugatgan.
“Farhod vaShirin”sarguzashtlarining boshlanishiga sabab bo’lgan epizod-Farhodning oynada Shirinni ko’rib,sevib qolishi tasviridir.Shu sababli bu epizod asar syujetining,Farhod sarguzashtlarining bosh syujeti hisoblanadi.Doston syujetining kulminatsiyadi esa Xusrav bilan Farhod o’rtasida bo’lib o’tgan dialogdir.Farhodning insoniy fazilatlari,shoirning insonparvarlik qarashlari,doston g’oyasi shu dialogda o’zining mukammal ifodasini topgan.Doston syujetining yechimi Farhod bilan Shirinning o’limidir.
“Farhod va Shirin”dostonida ifodalangan ishq-muhabbatni uzoq vaqt odatiy,ya’ni avom ishqi sifatida talqin va tavsif qilib kelindi.Holbuki,Farhod va Shirin sevgi-muhabbati iztirobini avom ishqi talabi asosida talqin etilsaz Farhodning to’rt manzilda uchragan to’siqlarni yengib o’tishi tushunarsiz bo’lib qoladi Navoi ta’rifiga ko’ra,ko’zguda aks etgan dasht oddiy dasht emas,balki ishq dashti.Unda dardli sevgi ko’katidan boshqa narsa ko’rinmaydi.Navoiy dostonda majoziy ishq talqinida haqiqiy mahbubga yetishda oshiq qalbi kuyish va o’rtanish orqali qay tarzda poklanishini ko’rsatadi.
Alisher Navoiy dostonlaridagi obrazlar olami nihoyatda keng va rang-barang bo‘lib, yoshlar obrazi yetkachi o‘rinlarda turadi. Chunki Navoiy tabiatan yoshlarni juda sevgan, o‘z asarlarida ularning betakror obrazlarini yaratgan, umrining barcha bosqichlarida yoshlikning zavqi bilan yashagan. 
Navoiy “Xamsa”sida komil insonlarning butun bir turkumiga duch kelamiz. Ular orasida tarixiy shaxslar ham, tarixiy-afsonaviy shaxslar ham, shoir tomonidan yuksak mahorat bilan yaratilgan badiiy obrazlar ham bor. Navoiy o‘zining barkamol, komil inson haqidagi qarashlarini, orzu-o‘ylarini asosan, dostonlardagi yoshlar obrazi orqali berishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shoir qahramonlarining aksariyati yoshlar. Masalan, “Farhod va Shirin” dostoni bosh qahramoni Farhodni olaylik. 
“Asarning bosh qahramoni bo‘lgan Farhodni Navoiy komil bir inson tipida oladir, - deb yozadi Abdurauf Fitrat. – Ilmda, iste’dodda, botirlikda, kuchda juda kamolga yetishkanini uning har bir harakati bilan isbot etmakchi bo‘ladir”
Demak , Alisher Navoiy tasvirida zolimlik yengiladi, adolat tantana qiladi. Shunday qilib, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni o’zbek dostonchiligi tarixida alohida mavqyega ega bo’lgan badiiy yodgorliklardan bo’lib, unda ulug’ shoirning komil inson haqidagi konsepsiyasi o’zining badiiy ifodasini topgan. Shuning uchun u juda ko’p tillarga, jumladan tojik, turk, rus, gruzin hamda Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.
Dostonda Mehinbonu, Farhod otasi Xoqon, Shopur, Bahrom va shunga o’xshash timsollar ham borki, ular asosiy qahramonlarning faoliyatini qo’llab-quvvatlaguvchi ijobiy timsollar sifatida tasvirlanadi. Ana shulardan biri bo’lgan Shopur haqida quyidagilar yozilgan: Hunar bobida ustodi zamona, Zamona ichra naqqoshi yagona.
Shunday qilib, Farhod Shopur timsolida o’ziga munosib do’stni ko’rib, umri oxirigacha u bilan birga bo’ldi. Ammo dostonda Xusrav , Sheruya singari salbiy timsollar ham borki, ular qattiq qoralanganlar. Buning sababi esa ularning xatti-harakat va qilmishlari ezgulik, osoyishtalik, obodonlikka qarshi bo’lib, insonlarni komillikka intilishlariga g’ov bo’lganliklaridadir. Farhod, Shirin, Mehinbonu va minglab odamlarning o’limiga sabab bo’ladilar. Oxirda esa Xusrav o’z o’g’li Shero’ya tomonidan o’ldiriladi, Shero’yani esa Farhodning do’sti Bahrom mag’lubiyatga uchratadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling