Mavzu 11. Armaturalash usullari


Download 111.86 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi111.86 Kb.
#1349430
Bog'liq
11-mavzu


Mavzu 11. Armaturalash usullari.
Temirbeton konstruksiyalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish maqsadida payvandlangan sim toʻr va karkas koʻrinishidagi armaturalar qoʻllaniladi. Uzunasiga ishchi sterjen bir yoki ikki qator qilib joylashtiriladi. Uzunasiga joylashtirilgan sterjenlarni koʻdalangiga joylashtirilgan sterjenlar bilan bir tomonlama payvandlash texnologik jihatdan qulayroq.
Yassi karkaslarni baʼzan toʻr deb ham yuritiladi. Yassi karkaslar odatda opalubkaga oʻrnatilgandan soʻng loyihada koʻrsatilgan xolatlarini saqlash uchun bir-biri bilan ulash uchun bogʻlovchi sterjenlar qoʻllaniladi, natijada fazoviy karkas hosil boʻladi.
Payvand karkaslarini loyihalashda kichik diametrli sterjenlarni kuydirib qoʻymaslik uchun payvandlash texnologiyasi shartlarini hisobga olish zarur, buning uchun dw>0.25d boʻlishi shart, bunda dw-koʻndalang qoʻyilgan sterjenlar diametri, d-uzinasiga qoʻyilgan sterjenlar diametri. Payvandlangan karkaslar uzun elementlarni (toʻsin, ustun va h.k.) armaturalash uchun, payvand toʻrlar esa asosan plita konstruksiyalarini armaturalash uchun qoʻllaniladi. Ishchi sterjenlar yoʻnalishiga qarab:
a) uzunasiga joylashgan ishchi armatura;
v) koʻndalangiga joylashgan ishchi armatura;
s) har ikkala yoʻnalishda joylashgan ishchi armatura turlariga boʻlinadi. Toʻrlar oʻrama va yassi holda boʻladi. Oʻrama toʻrlarda uzunasiga qoʻyilgan ishchi armatura diametri 5mm dan ortiq boʻlmagan armaturalardan tayyorlanadi. Agar diametri 5mm dan ortiq boʻlsa, ishchi armaturasi koʻndalang joylashgan oʻrama toʻrdan yoki yassi karkaslardan foydalaniladi. Oʻrama toʻrlarda koʻndalang sterjenlarning maksimal diametri 8mm dan oshmaydi.
Oʻrama va yassi toʻrlar V-1, Vr-1, A-I, A-II, A-III sinfli armaturalardan tayyorlanadi.
Toʻqima toʻr va karkaslar murakkab koʻrinishli shakllarda va monolit konstruksiyalarda, shuningdek dinamik va koʻp takrorlanadigan yuk taʼsirida ishlaydigan konstruksiyalarda qoʻllaniladi. Toʻqima toʻr va karkaslar yumshoq (d 0,8...1 mm) sim bilan sterjenlar bir-birini kesib oʻtgan joyidan bogʻlab chiqiladi.
Armaturalarni chokli yoki yoyli payvandlash usuli bilan hamda payvandlamay birlashtiriladi. Zavod sharoitida 10 mm va undan ortiq diametrli armatura sterjenlarni birlashtirish uchun chok ulash (kontakt) usulidagi payvandlashdan foydalaniladi (3-rasm). Qurilish sharoitida 20 mm va undan ortiq sterjenlarni chokini ulash uchun yoyli vanna usulida payvandlash qoʻllaniladi. Diametri 20 mm dan kam boʻlgan sterjenlarni ikki tarafidan qoʻyilgan armatura boʻlagiga toʻrt yon chok yey payvand qilinadi(3.b-rasm). Shuningdek, ikki uzun (bir tomondan) yon chokli payvand ham qoʻllash mumkin (3 v-rasm).

3-rasm. Armturani payvandlash


a-chok ulash; v-yoy payvand (ikki tomonli yon chok);
b-yoy payvand (turt tomonli yon chok); g-yoyli vanna;

Payvand toʻrlarining uchlari bir-biriga kirgan holda ishchi armatura yoʻnalishida chok payvandsiz bajariladi. (4-rasm) Birlashtirilayotgan ishchi sterjenlar har xil yoki bir xil yoʻnalishda joylashtiriladi. Bunda toʻrning uzunasiga ishchi armatura birlashgan qismida koʻndalang ikki dona sterjendan kam boʻlmagan payvandlangan toʻrlari bir-biriga kirgan holda joylashishi kerak.


Toʻrdagi ishchi sterjenlarning payvandlangan qismining zaruriy uzunligini beton va armatura sinfiga bogʻliq holda formula yordamida aniqlanadi.
Ikkinchi yoʻnalishda (ishchi armatura koʻndalang joylashgan holda) payvand toʻr choklari (taqsimlovchi armatura birlashtirilayotgan paytda) bir biriga 50 mm kiritilib taqsimlovchi armatura diametri 4 mm gacha boʻlsa, agar diametri 4 mm dan ortiq boʻlsa 100 mm uzunlikda payvandsiz bir-biriga kiritiladi.



4-rasm. Payvandlangan sim toʻrlarni bir-biriga ulanishi.


a- ishchi armatura yoʻnalishida;


b- taqsimlovchi armatura yoʻnalishida.
d1-ishchi armatura diametri;
d2-koʻndalang armatura diametri;
Lov-sim toʻrlarini bir-biriga kiritilgandagi uzunligi.


Nazorat savollari
1. Egiluvchi elementda ishchi va montaj armaturani vazifasi nimalardan iborat?
2. Poʻlat armaturani qaysi belgilariga koʻra tavsiflanadi?
Z. Turli xil poʻlat armaturalari uchun oʻziga xos joylarini diagrammadan tushuntirib bering?
4. Armatura mustahkamligini oshirishning qanday usullari bor?
5. Armatura sinfi qanday belgilanadi?
6. Armaturalash usullari va ular, qanday amalga oshiriladi?
7. Armaturalar qanday biriktiriladi?
Download 111.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling