Takrorlash va muhokama uchun savollar:
1.Bilish jarayonlarini korreksiyalash va rivojlantirish tamoyillari nimalardan iborat?
2.Kichik maktab yoshida diqqatni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari nimadan iborat?
3. Bolada xotirani rivojlantirishda qanday mashqlardan foydalaniladi?
4.Tafakkur jarayonini rivojlantirishda qanday mashqlar qoʻllaniladi?
5.Xayolni rivojlantiruvchi mashqlarni oʻtkazishdan avval bola qanday holatda boʻlgani afzal hisoblanadi?
6. Muloqot sohasida muammolarning vujudga kelishi qanday omillar bilan bogʻliq?
20-мавзу: Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish
Reja:
1.Shaxs emotsional sohasi va uning rivojlanishi.
2. Shaxs emotsional sohasini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
O’quv mashg`ulotining maqsadi: talabalarni ontogenetik taraqqiyot inqirozlari psixokorreksiyasi va psixoprofilaktikasi bilan tanishtirish.
O’quv faoliyati natijalari: Talabalarga maktabgacha, kichik maktab yoshida, aksentuatsiyalashgan o`smirlarda, ilk o`spirinlik davrida, yetuklik davrida psixologik korreksiyaning asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish shakllari haqida ma’lumot berish.
1.Shaxs emotsional sohasi va uning rivojlanishi
Kishilar idrok qilayotgan, koʻrayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, oʻylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq boʻlmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari gʻazab, nafratimizni uygʻotadi. Biz xavf ostida qolganimizda qoʻrquvni his qilamiz, dushman ustidan gʻalaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uygʻotadi.
Hissiyotlar oʻzining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bogʻliq boʻlgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuygʻusini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |