Mavzu: kichik maktab yoshida o'zini-o'zi anglashga ta'sir etuvchi psixologik omillar reja: kirish I bob. Kichik maktab yoshining o’ziga xos xususiyatlari
Download 53.6 Kb.
|
Kichik maktab yoshida o\'zini-o\'zi anglashga ta\'sir etuvchi psixologik omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDA OZINI-OZI ANGLASHGA TASIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3
- XULOSA…………………………………………………………………………26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..29 KIRISH
- O’zbekiston Respeblikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi
MAVZU: KICHIK MAKTAB YOSHIDA O'ZINI-O'ZI ANGLASHGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR REJA: KIRISH I BOB. KICHIK MAKTAB YOSHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1.Kichik maktab yoshida anatomo - fiziologik rivojlanish va kichik maktab o’quvchilarida bilish jarayonlarining o’sishi. 1.2.Kichik maktab yoshida shaxs rivojlanishi va o’zaro munosabatlarning xususiyatlari II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDA O'ZINI-O'ZI ANGLASHGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR 2.1.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxslararo munosabatlarida empatiyani shakllantirish 2.2.Kichik maktab yoshi davrida o’quv faoliyati va o’quv motivlarining shakllanish jarayonlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. KICHIK MAKTAB YOSHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1.Kichik maktab yoshida anatomo - fiziologik rivojlanish va kichik maktab o’quvchilarida bilish jarayonlarining o’sishi……………………………………….7 1.2.Kichik maktab yoshida shaxs rivojlanishi va o’zaro munosabatlarning xususiyatlari……………………………………………………………………….12 II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDA O'ZINI-O'ZI ANGLASHGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR 2.1.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxslararo munosabatlarida empatiyani shakllantirish………………………………………………………………………16 2.2.Kichik maktab yoshi davrida o’quv faoliyati va o’quv motivlarining shakllanish jarayonlari…………………………………………………………….21 XULOSA…………………………………………………………………………26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..29 KIRISH “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. O’zbekiston Respeblikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi. Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar.Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi.Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixologiya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir. Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir. Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z nutqida biror tildan foydalanadi, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar. Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi. Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir. Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birlariga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifodalash vositasi bo‘lib, biror nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda tuyg‘u-hislarimiz ham ifodalanadi. Og‘zaki nutqda hissiyotlarimiz so‘z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda, qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa intonatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo‘lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni o‘zimizdagi mehrni, g‘azabni, g‘ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham, charchaganligi, umuman hayajoni, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoki ishonchsizligi ifodalanadi.Nutq–biror nimani bildiruvchi vosita. Odamning nutqida uning fikrlari va xilma-xil ichki holati– emotsional kechinmalari va irodasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan Nutq va ayrim so‘zlar narsalarning faqat belgilari – «yorliqlari» gina emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so‘zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham bor, har bir so‘z ma’lum tushunchani ifodalaydi. Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sir ko‘rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak, shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug‘dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o‘zimiz hohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish, ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandlik, qo‘rquv, g‘azab, ruhlanish hislarini tug‘dirish mumkin, boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin. O‘qituvchi va tarbiyachi so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda muayyan intizom va hatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lgan nutq ta’lim tarbiyaning asosiy qurolidir.Amr-farmon berish, o‘tinib so‘rash – iltimos qilish, maslahat berish, o‘git-nasihat qilish, gapga unitish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so‘z vositasi bilan ta’sir ko‘rsatish formalaridir. Nutq ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki so‘zlab turgan kishining nutqida uning hissiy intilishlari, iroda va e’tiqodi aks etadi. Nutqning ta’sir o‘tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o‘ynaydi. Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari – norozilik, istak, talab hislari va shu kabilar namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustahkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg‘otish uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga yo‘llash uchun o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lganida o‘qituvchi o‘z nutqida talaffuzga ayniqsa alohida e’tibor bermog‘i lozim. Har bir kishi avvalo o‘z atrofidagi kishilar so‘zlashadigan tilni bilib oladi. Lekin odam mahsus o‘qib o‘rganish yo‘li bilan yoki boshqa millat kishilari bilan muttasil aloqada bo‘lib turish natijasida boshqa xalqlarning tillarini ham bilib olishi mumkin. Inson o‘z fikrlarini boshqalarga bildirmoq uchun shu fikrlarni seziladigan, ya’ni sezgi organlari orqali ta’sir qiladigan moddiy vositalarda ifodalashi lozim. Odam ovozini tovushlari va tovushlar birikmasi nutqining mana shunday moddiy vositalaridir. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan muomala qilishda foydalanadigan tillarning hammasi tovush tilidir. Odam nutqining tovushlari odatda fonemalar deb ataladi. Download 53.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling