1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Kichik maktab yoshida shaxslararo munosabatlarni korreksiyalash


Download 3.45 Mb.
bet99/113
Sana11.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1698690
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
psixologik-xizmat maruza

2.Kichik maktab yoshida shaxslararo munosabatlarni korreksiyalash
Bu sohadagi korrеksion ishlar quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi:

Bolalar bilan toʻgʻri muloqot koʻnikmalarini shakllantirishda, bolalarda atrofdagi odamlarga nisbatan qiziqishni uygʻotish, kattalar, ya'ni ota-onasi bilan birgalikda oʻqituvchi va tarbiyachilari ham bolaning muloqotiga kirishuvchanligini rivojlantirish uchun hamkorlikda harakat qilishlari ayni muddao boʻladi.
Kichik maktab yoshida shaxslararo munosabatlarni korreksiyalash maqsadida quyidagi trening mashqlaridan foydalanish mumkin:
«G’ayritabiiy salomlashish» mashqi
Ishtirokchilarga bir-birlari bilan panja, yelka, oyoq, peshona, tizza, tirnoq orqali va shular kabi «g’ayritabiiy salomlashish» taklif etiladi.
Musiqa yangraydi. Oʻquvchilar xona bo’ylab tartibsiz harakatlanadilar. Trener ishtirokchilardan qanday salomlashish kerakligini so’raydi. Ishtirokchilar bir-biri bilan ixtiyoriy salomlashadilar. Ularga o’z salomlashishlari haqida o’ylab ko’rish tavsiya qilinadi.
“Tugʻilgan kuning bilan” mashqi
Mashq maqsadi: bolalarning bir-biri bilan munosabatlarini yaxshilashga, ochiq samimiy munosabatda boʻlishga oʻrgatadi.
Trеning ishtirokchilari tik turib bir-biriga qaragan holatda turishadi. Boshlovchi: “Bolalar tasavvur qiling bugun sizlarni tugʻilgan kuningiz. Hozir hamma galma-galdan bir-birlarini soʻzlar orqali tugʻilgan kuni bilan tabriklaydi. Qanday xohlasangiz shunday tabriklashingiz mumkin”.
Mashq har bir ishtirokchi tabriklab boʻlmaguncha davom ettiriladi.
“Koʻrinmas sovgʻa ” mashqi
Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qoʻlda hamma narsani yasash mumkin boʻlgan koʻrinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovgʻa yasab, oʻng tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovgʻa yasaladi va qabul qilib olingach, yana boshqatdan sovgʻa yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi. Shu tariqa barcha “sovgʻa” olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. Oʻyin oxirida kimning nima sovgʻa qilgani va sababi soʻraladi.



Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling