Tibbiyot psixologiyasi − shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik
jihatlarini o‘rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya − psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni
o‘rganadi;
b) psixofarmakalogiya − dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi;
v) psixoterapiya − bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o‘rganadi
.
Yuridik psixologiya − huquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni
o‘rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi − jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil
qiladi;
b) kriminal psixologiya − jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik
masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug‘ullanadi.
Harbiy psixologiya − kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog‘liq
hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini, psixologik targ‘ibot metodlarini, harbiy texnikani
boshqarishning psixologik muammolarini o‘rganadi.
Sport psixologiyasi − sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik
jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq
psixologik omillarni o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi − asosan
,
rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo‘lib,
kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning
psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San’at psixologiyasi − san’at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik
tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo‘lishi va
estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash
muammolarini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |