1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

Tibbiyot psixologiyasi − shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik 
jihatlarini o‘rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya − psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni 
o‘rganadi; 
b) psixofarmakalogiya − dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi; 
v) psixoterapiya − bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o‘rganadi
.
Yuridik psixologiya − huquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni 
o‘rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud
a) sud psixologiyasi − jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil 
qiladi; 
b) kriminal psixologiya − jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik 
masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug‘ullanadi. 
Harbiy psixologiya − kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog‘liq 
hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini, psixologik targ‘ibot metodlarini, harbiy texnikani 
boshqarishning psixologik muammolarini o‘rganadi.
Sport psixologiyasi − sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik 
jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq 
psixologik omillarni o‘rganadi.
Savdo psixologiyasiasosan
,
rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo‘lib, 
kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning 
psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San’at psixologiyasi − san’at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik 
tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo‘lishi va 
estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash 
muammolarini o‘rganadi.

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling