1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

Birinchidan, ongning sub’ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga ham tegishli 
bo‘ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi.
Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki 
faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, g‘oyaning sub’ektiv holatidir, 
endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. 
Uchinchidanalohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko‘rinishidir. 
Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R. 
Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar va g‘oyalar erkin 
individual ijodning mahsuli emas, balki individning o‘zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar 
mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va 
usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy psixologiyadan emas, 
balki avvalo bu g‘oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda 
yetilgan ijtimoiy g‘oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo‘lib qoladi.
Vyusburg maktabi. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim 
o‘rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya 
maktabi deb nomlangan yangi yo‘nalishga ega bo‘lgan psixologik oqim paydo bo‘ldi. Mazkur 
yo‘nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K.Byuller (1879-1922), A.Messer 
(1837-1937), A.Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o‘tish lozim. Ular tomonidan olib 
borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘sha 
oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik 
jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda rasional bosqichdagi murakkab 
jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental 
yo‘l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, 
natijalarni ob’ektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor berganlar. 
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat aktidir, deb 
qaray boshlaydilar. O‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday 
ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga 
qaramay ko‘pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma’qul ko‘radilar. Shuningdek, ular oldida 
munosabatlarni o‘rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu 
munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shu
ning
bilan birga 
ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, 
A.Narsis tomonidan sun’iy tushunchalarning shakllanishi bo‘yicha dastlabki metodika yaratildi. 
Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni 
munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida 
talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, o‘sishning fikrlarni faollashtirish 
orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo‘ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy 
metodi − bu o‘z-o‘zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-
nazardan olib qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish 
unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish 
faoliyati sifatida aniqko‘rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan 
qat’iy ajratib tashladilar. 


Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual 
operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu 
jihatlari qay yo‘sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy 
faoliyatning produktiv va reproduktiv ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo‘ydi. 
O.Zels masala yechish jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga 
keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib 
ko‘rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo‘ladi. Kompleks o‘z ichiga ushbu 
jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma’lumning tavsifnomasini bo‘laklarga ajratish; b) 
qidiriluvchi noma’lumning o‘rnini aniqlash; v) noma’lum qidiriluvchi bilan ma’lum o‘rtasidagi 
munosabatlarni ajratib ko‘rsatish. 
Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya 
tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, 
intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab 
bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. 
Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo‘nalishi vujudga keldi. Uning, ko‘zga 
ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keller (1887-1967), K.Kofka 
(1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning 
mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko‘lam jihatidan 
keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega bo‘lgan 
ushbu fikrlari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va 
elementlarning yig‘indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha
,
yaxlit tuzilma 
qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. 

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling