1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

 Psixologiya tarmoqlari. 
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu 
sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o‘rganish 
qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga 
tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V. Petrovskiy psixologiya fan sohalarini 
quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 
Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: 
Mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy 
asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta 
bo‘limlari mavjud; 
a) muhandislik psixologiyasi − inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash 
masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi; 
b) aviatsiya psixologiyasi − uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda 
inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi;
v) kosmik psixologiya − vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va 
organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq 
bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.


Pedagogik psixologiya − uning predmeti o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning 
psixologik qonuniyatlarini o‘rganish, o‘quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat 
malakalari va usullarini o‘zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o‘rganadi. Pedagogik 
psixologiya bo‘limlari quyidagilardir: 
a) ta’lim psixologiyasi
;
 
b) tarbiya psixologiyasi
;
 
v) o‘qituvchi psixologiyasi. 

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling