1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

Chikago maktabi. Jeyms va Dpyuilar funksional psixologiyaning Chikago maktabi 
dasturini tayyorlashadi. Bu dastur 1906
-
yilda D.N.Enjelo tomonidan Amerika psixologiya 
assotsiatsiyasiga taqdim qilinadi. Unda funksional psixologik jarayonlar haqida belgilanadi. 
Jarayon ehtiyoj bilan muhit o‘rtasidagi birlamchi vazifani bajaradi. Ongning asosiy belgilanishi 
«yangicha nisbatan akkomodatsiya»dir. Organizm psixofizik butunlik sifatida harakat qiladi. 
Shuning uchun psixologiya ong bilan chegaralanib qolmaydi. Bu sohada Enjelo strukturial 
psixologiyaga hujum qiladi. 
Agar Titchener psixologiyani boshqa fanlardan qat’iy chegaralanishini talab qilsa, 
funksionalistlar uning nevrologiya, sotsiologiya, antropologiya bilan hamkorligini tarafdorlari 
bo‘lishdi. Chikago maktabida mushaklar tuzilishi va ehtiyoj faktoriga katta ahamiyat berilgan. 
Ongning va xulqning faoliyatini o‘rganuvchi psixofizik tartib Amerika funksionalizmida 
tabiiy-ilmiy bo‘yoqqa ega bo‘lib Yevropa yo‘nalishidan keskin farq qiladi. Lekin ularni 
umumiylik tomonlari ko‘p bo‘lgan. 
Qisqa vaqt mobaynida gullab yashnagan funksional maktabning teologizmi strukturalizm 
singari parchalanib ketdi, boshqa oqimlar tomonidan siqib chiqarildi. Shu oqimlar funksionalizm 
muammolarini «yutib» yuboradi. Funksionalizmning falsafiy loyihalarining bir narsa ekanligini 
ko‘rsatdi.
XIX va XX asrdagi psixologiya − bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII 
asrda paydo bo‘lgan bu yo‘nalish XIX va XX asrning boshlarida o‘z taraqqiyotining eng yuqori 
cho‘qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi 
edi. Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o‘z 
vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi.
Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha 
yo‘nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari 
assotsionizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi.

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling