1-Mavzu: psixologiya fan sifatida. (2 soat) Reja


Ilmiy ijodiyot psixologiyasi


Download 288.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana31.01.2024
Hajmi288.47 Kb.
#1817761
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
12645 1 8C369010F633443A384A783F962A386B3981C312

Ilmiy ijodiyot psixologiyasi − ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda 
intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi. 
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar. 
Yo
sh davrlari psixologiyasi − inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining 
ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar 
psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. 
P
atopsixologiya − miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy 
rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. 
Oligofrenopsixologiya − miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan 
bo‘limlarni o‘rganadi.
Surdopsixologiya − eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning 
rivojlanishini o‘rganadi.
Tiflopsixologiya − ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini 
o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya − hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi 
bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi 
tomonlarini aniqlaydi.


Akmeologiya
-
yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning 
qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish 
xususiyatlarini o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini 
o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 
1. Ijtimoiy psixologiya − uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir 
jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi. 
2. Differensial psixologiya − shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi 
xususiyatlarni o‘rganadi.

Download 288.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling