1-mavzu: psixologiya fani predmeti va vazifalari. Psixologiya tarixining metodlari va manbalari
Download 50.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1-MAVZU: PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI. Psixologiya tarixining metodlari va manbalari (2soat) Reja: 1.Psixologiya fanining predmeti va vazifalari 2.Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi 3.Psixologiya fanining metodlari. 4.Psixologiya tarixi fani manbalari Psixologiya tarxi – o‘z predmetiga ega bo‘lgan fan sohasidir. Psixologiya fani psixik hayot faktlari, mexanizmlari va qonunityalarini o‘rgansa, psixologiya tarixi bu faktlar va qonunlar insonga qanday qilib ochib berilganligini o‘rganadi. Asrlar mobaynida ruh, ong, xulq haqidagi tasavvurlar yuzaga kelgan va bir-biri bilan o‘rin almashib kelgan. Psixologiya tarixi ana shu o‘rin almashish manzarasini ifodalab beradi. Qisqacha qilib aytganda, psixologiya tarixi – bu fanning mantiqiy xotirasidir. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi, psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.
Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib ketgan. Psixologiyaning vazifalari ularni boshqarishni o‘rganish; psixik hodisalarning mohiyatini va ularning qonuniyatlarini anglashni o‘rganish; Ёшларни оилавий ҳаётда бўладиган муаммолар, қонуниятлар ҳақида илмий тасаввурлар билан тарбиялаш, уларни бу жараёнларга тайёрлаш olingan bilimlardan shakllangan fanlar va sohalar bilan bir qatorda turgan amaliyotning boshqa sohalari samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish; amaliy xizmatning nazariy asosi bo‘lib xizmat qilish «Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590-yilda nemis teolog olim R. Goklenius tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi. Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan.Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, YUnoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. XIX asrning 70-80-yillaridapsixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyursburgskayashkola, A. Bine) xizmat qildi. XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnatpsixologiyasi, pedagogikpsixologiya, tibbiyotpsixologiyasiva boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensialpsixologiyava boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliypsixologiyaturli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab masalalar hal etilmagan edi. XX asrning ikkinchi yarmidailmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Download 50.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling