1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari Asosiy savollar
Download 188 Kb.
|
1-maruza (2)
Jon Lokk (1632-1704)
Ingliz olimi va pedagogi Jon Lokk Bekon kashf qilgan ilmiy metod-ning bevosita davomchisi edi. Lokk psixologiya ham boshqa tabiat fanlari singari, og’zaki mulohazalarga emas, balki tajribaga asoslanmog’i kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek, u ruhning va uning kuchlarining asl mohiyatini bilish mumkiniigini inkor qildi. «Men, — deydi Lokk, — ruhning mohiyati nimadan iborat yoki hayotiy ruhimizning qanday harakatlari sezgi-larga yoki tasawurlarga olib keladi degan tekshirishlar bilan o’zimni qiy-nab o’tirmayman, chunki bu quruq mavhum fikr yurgizishdir». Lokkning aytishicha, faqat ruhiy hodisalarni o’rganish kerak. Bu hodisalarni o’rganishning birdan-bir metodi tajriba va kuzatishdir. J. Lokkning asarlari tufayli psixologiyada empirik tajribaga suyangan psixologiya deb ataladigan yangi oqim paydo bo’ldi. Lokkning fikricha, asosiy hamda birlamchi psixik hodisa sezgidir. Ruhiy hodisalarning barcha qolgan turlari, qanchalik murakkab bo’lmasin, faqat sezgilarning bir-biriga munosabati va qo’shilishidir. Ruhda (Platon va Dekart aytganidek) tug’ma ideallar yo’q. Ruh o’zining barcha ideallarini tashqi tajriba sezgilaridan (birlamchi sifatlar) va qayta ishlangan ichki tajribadan, reflekslar, xotira, farq qilish, taqqoslash, murakkab tasavvur va boshqalardan (ikkilamchi sifatlar) hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bolaning ruhi go’yo hech narsa yozilmagan toza qog’oz yoki toza taxtdir, lekin tarbiyachi va hayot tajribasi bunga sezgilar orqali xohlagan narsani yozishi mumkin. Sezgilar haqidagi ta’limotida J. Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlar-ga ta’rif berdi. Narsalarning sezgi organizmlariga bevosita ta’sir etishi natijasida hosil bo’ladigan sezgi obrazlari birlamchi sifatlar yoki obrazlar deb ataladi; bu obektiv sifatlar. Lokk birlamchi yoki obektiv sifatlarga harakatni, o’tkazmovchanlikni, zichlikni, zarrachalarning ulanishini, figu-rani, hajmni va boshqalarni sezishni kiritadi. Lokk ta’limotiga ko’ra, ikkilamchi yoki subektiv sifatlar «narsalarning o’zida emas», balki birlamchi sifatlarga bog’liq bo’lib, subektiv ravishda yaratiladi. M.V. Lomonosov birlamchi va ikkilamchi sifatlar haqidagi ta’limotni tanqid qilib chiqdi. Uning ta’limotiga ko’ra, ikkilamchi subektiv sifatlar yo’q: bizning hamma sezgilarimiz obektivdir. Ingliz faylasufi J. Berkli (1689—1753) va uning izdoshlari Lokkning ikkilamchi sifatlar haqidagi ta’limotini haddan oshirib yubordilar. Ularning ta’limotiga binoan, bizning hamma sezgilarimiz subektiv bo’lib, ongimiz tomonidan yaratilgandir. J. Lokk hodisalarning tasodifiy bir vaqtda sodir bo’lish natijasida tasav-vurlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog’lanishlarni belgilash uchun birinchi bo’lib, psixologiyaga «assotsiatsiya» terminini kiritdi. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling