1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari Asosiy savollar


Download 188 Kb.
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi188 Kb.
#202576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-maruza (2)

Xristian Volf (1679-1754)

Tajriba psixologiyasining paydo bo’lishi bilan avvalgi ratsionalistik psixo­logiya darhol o’z kuchini yo’qotmadi. Ratsionalistik psixologiya O’rta asr g’oyalari hamda ratsionalistik metod haqidagi Dekart ta’limotining ta’sirida, ruh haqidagi ta’limot sifatida, empirik psixologiya bilan birgalikda ya-shashni davom ettirdi. Shuning uchun ham nemis faylasufi X. Volf ikki psixologiya fanining — «ratsionalistik» va «empirik» psixologiyaning bir­galikda yashashi qonuniyligi haqidagi fikrni ilgari surdi. U o’zining «Rat­sionalistik psixologiya* va «Empirik psixologiya* degan ikkita katta asa-rida bu ikki oqimni asoslab beradi. Ratsionalistik psixologiyaning pred­meti ruh va uning mohiyatidan iborat. Uning metodi esa aqliy-ratsiona-listik metoddir. Ratsionalistik psixologiya falsafa fanlari sistemasiga kirishi kerak. Empirik psixologiyaning predmeti ruh hodisalarini, ya’ni ichki tajriba faktlarini kuzatish va tajribaga suyanib o’rganishdan iborat. Volf ta’limotiga ko’ra, empirik psixologiya tabiat fanlari sistemasiga taalluqlidir.

Umuman, shuni aytish kerakki, XVIII asrda Evropaning barcha mam-lakatlarida, ayniqsa, Angliyada empirik psixologiya yagona hukmron psi­xologiya sistemasi bo’lib qoldi.

Metafizik ratsionalistik psixologiyaning masalalari ba’zi bir faylasuflar (Leybnits, Kant va boshqalar) tomonidan bahs qilinadigan bo’lib qoldi va o’shalar orqaligina idealistik psixologiya namoyandalariga o’z ta’sirini o’tkazdi.

Fandagi, shu jumladan, psixologiyadagi yangi yo’nalish, ya’ni tajri­baga asoslanish materialistik psixologiyaning taraqqiyotiga yo’l ochdi.

Yuqorida aytilganidek, ingliz materialisti Gobbs psixik hayotni mate­rialistik tushunishni asoslashga urindi. Lokk psixologik ta’limotining negi-zida ham materialistik tendensiyalar yotadi. Dekart ruhiy hayotga nisba­tan mexanistik-materialistik qarashlarni asoslashga intildi.

Qadimgi grek va rim faylasuflari Aristoteldan keyin Demokrit (materia­listik psixologiya), Platon va Aristotel (idealistik psixologiya) lar yaratgan psixologik ta’limotlar sistemasiga deyarli hech qanday yangilik kiritmadilar. Demokritdan keyin materializmning ko’zga ko’ringan vakillari grek faylasufi Epikur (342-271) va rim shoiri-faylasufi Lukretsiy Karr (99-55) edilar.

Epikurning fikricha, ruh g’ayri jismoniy bir narsa emas, «Jismsiz bo’shliqdan boshqa hech narsani fikrlash mumkin emas. Ruhni g’ayri jismiy narsa degan kishilar alahsirayaptilar». Epikur moddiy bo’lmagan substansiyaning mavjudligini mutlaqo inkor qilib, «ruh, butun organizm-ga tarqalgan juda nozik jismdir» deb hisobladi.

Lukretsiy o’zining «Narsalarning tabiati haqida» degan asarida atomistik materializm falsafasini, xususan ruh haqidagi materialistik ta’limotni poetik shaklda bayon qiladi. U moddiy bo’lmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. «Jon, ruh yoki aql moddiy bo’lib, faqat inson tanasiga xos bo’lgan kuchlarni-gina tashkil qiladi»... Ruh ham, jon ham jismiy tabiatga ega.

Lukretsiy psixik hodisalarning tanaga bog’liqligini tajribaga asoslanib isbot qiladi. U: «Aql ham tana bilan birga o’sadi va so’ladi, aql ham tana singari kasallikka duchor bo’ladi, mastlik natijasida xiralashadi», - degan va shunga o’xshash dalillab keltiradi. Lukretsiy bu materialistik dalillarga asoslanib, ruhning abadiyligi to’g’risidagi ta’limotning yolg’onligi haqida xulosa chiqaradi.

Lukretsiy Karr psixik hayotning ba’zi bir hodisalarini analiz qilish bilan ham shug’ullandi. Masalan, u sezgi organlarga ta’sir etib turgan har qanday qo’zg’ovchi ham sezgi hosil qilavermaydi, balki ma’lum bir kuch­ga ega bo’lgan qo’zg’ovchigina sezgi hosil qiladi, deb aniqlagan. U bi­rinchi bo’lib sezgi chegaralari haqida ta’limot yaratdi, uyqu va tush ko’rishning sabablarini tushuntirdi.

Psixologiyadagi idealistik oqim Platon izdoshlari tomonidan targ’ib qilindi. Uning ruhning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti nihoyatiga etka-zilib, Ammoni Sakksning (b.z.a. I asr), ayniqsa, Plotonning (b.e. 205-270) ta’limotidagi diniy mistik qarashlar bilan qo’shilib ketdi.




Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling