1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari Asosiy savollar
Download 188 Kb.
|
1-maruza (2)
Rene Dekart (1596- 1650)
Fransuz faylasufi, matematigi va tabiatshunosi R. Dekart ham Bekon va Gobbslar singari, tabiat fanlaridagi tajriba metodiga katta ahamiyat beradi. Lekin, ayni vaqtda u ratsionalistik metodning himoyachisi ham bo’lib chiqdi. Dekartning aytishicha, bu metod, hatto tajriba (empirik metodi)dan ham mukammalroqdir. Dekart misol tariqasida deduktiv metodga asoslangan, binobarin, eng aniq fan bo’lgan matematikani ko’rsatadi. Dekartning fikricha, to’liq ilmiy falsafa sistemasi, shu jumladan psixologiya ham, faqat ratsionalistik metod asosidagina ko’rilishi mumkin. Dekart o’zining psixologiya sohasidagi ta’limotini, asosini o’zining «Ruh ehtiroslari haqida» degan asarida bayon qilgan. Dekart tana bilan ruhni bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi deb hisob-laydi. Tananing mohiyati, barcha moddiy narsalarniki singari, o’rin ishg’ol qilish, fazoviylikdir, ruhning mohiyati esa tafakkurdir (Dekart sezgi, tasav-vur va irodani ham shunga kiritadi). Dekartning fikricha, ruh faqat inson-larga xosdir, hayvonlar esa aksincha, ruhga ega emas. Hayvonlar — murakkabroq mashinadir, xolos. Inson tanasi ham xuddi shunday murakkab mashinadir. Ruhning faoliyati sezgilar, xotira, tafakkur, iroda — o’z qonu-niyatlariga, ya’ni ruhiy qonunlarga binoan ro’y beradi, tananing faoliyati (harakat) esa mexanika qonunlariga binoan ro’y beradi. Shunday qilib, psixik va fiziologik (moddiy) jarayonlar parallel holda ro’y beradi. Shuning uchun ham Dekart XX asrgacha bo’lgan psixologiyada keng tarqalgan nazari-yaning, ya’ni psixofizik parallelizm ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Dekart ta’limotiga ko’ra, ruh va tananing bir-biri bilan aloqasi ruhning tanada bo’lishidan kelib chiqadi, xolos. Dekart ruhning makoni miyaning asosida joylashgan shishasimon bez deb taxmin qildi. Dekart za-monasida shishasimon bez faqat odamlardagina topilgan edi. Biroq tez vaqt ichida u bir qancha hayvonlarda ham topildi, albatta, bu Dekartning ruh va tananing munosabati haqidagi ta’limotini rad eeilishiga sabab bo’ldi. Dekart inson organizmini o’rganishga katta e’tibor berdi. Uning ta’limotiga ko’ra, organizmning faoliyati ayrim-ayrim iplar singari organizmga tarqalgan va bir markazda — miyada birlashadigan nervlar yordami bilan amalga oshiriladi. Shu nervlar sistemasi orqali organizm sezadi,idrok qiladi va atrofdagi olam hodisalarini biladi. Nerv iplari orqali miya-dan u yoki bu javob — mushak harakatlariga beriladi. Masalan, Dekart birinchi bo’lib, nerv-fiziologik jarayonlarning mexanizmini aniqladi, fiziologiyaga «refieks» tushunchasini kiritdi. Xususan, keyinchalik «shart-li reflekslar» deb nom olgan nervlar o’rtasidagi yangi bog’lanishlar me-xanikasini ham u tasvirlagan. Shuning uchun ham rus fiziologi LP. Pavlov o’z institutida fransuz faylasufi Dekartning haykalini o’rnatgan. Dekart tajribaga asoslangan tekshirish yo’li bilan hosil qilinadigan bilimlarga katta ahamiyat bergan. Lekin shuning bilan birga, matematika va falsafaga doir eng umumiy tushunchalar tajribadan hosil qilinmaydi, balki ular bizda tug’ma holda mavjuddir. Bu erda Dekart Platon va o’rta asr realistlari tomonidan targ’ib qilingan «tug’ma ideallar» haqidagi ta’limotni quwatlantirdi. Shunday qilib, Dekart psixika (ruh) haqidagi ta’limotida o’taketgan idealist, tabiat haqidagi, hayvon va inson haqidagi ta’limotda esa mexa-nistik materialist edi. Xullas, Dekart mutafakkir sifatida bir oyog’i bilan O’rta asrlarda, ikkinchi oyog’i esa Yangi davrda turgan deyish mumkin. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling