Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Shaxsga ta`rif bering?
Individ deb nimaga aytiladi?
Individuallik tushunchasi mazmuni?
Psixolog olimlar talqinida shaxs tuzilishi talqini?
J. Piaje bo`yicha intellekt nazariyasi mazmuni?
S.L.Rubenshteyn fikricha shaxs tuzilishi?
Shaxsni o`rganishning qanday nazariyalari mavjud?
Biogenetiklar talqinida shaxs tushunchasi?
Psixogenetik nazariyaning qanday yo`nalishlari bor?
O`z-o`zini amglashning besh tarkkibiy qismi?
E’lkonin bo’yicha shaxs nazariyasi qanday?
Z.Freyd bo’yicha shaxs sturukturasi?
- Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi.
Reja:
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
Idrok haqida tushuncha.
Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.
Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.
Mustaqi ta’lim: Sezish obrazining paydo bo`lish fazalari.
Tayanch so`z va iboralar:
Bilish jarayaoni: sezgi, idrok, xotira, analizator, retseptor, nerv tola, sezgi turi:
ko`rish, eshitish,hid bilish, tam bilish, teri-taktil, muskul-harakat,statik, organik; sezgi
qonuniyati: sezgirlik, sinezteziya, sensibilizatsiya, persepsiya, anglash, ong faoliyati,
umumlashtirish, yaxlitlik,predmetlilik, ob`ekt, fon, apperspsiya, konstantlik, illyuziya,
gallyutsinatsiya, idrok turi: vaqt, harakat, fazni idrok qilish,
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Ma`lumki bizni o`rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko`p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta`mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g`adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a`zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |