1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


Download 472.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana17.02.2023
Hajmi472.57 Kb.
#1205106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Mavzu

Men jamiyat ichida” degan 
pozitsiyadan iborat bo‘lib, u o‘ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi: 
1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha
2) kichik maktab yoshidagi o‘quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha, 
3) yuqori sinf o‘quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u 
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
1) go‘daklik - tug‘ilgandan to 1 yoshgacha, 
2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha, 
3) o‘smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha. 
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, o‘smirlik davrini uch 
bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) o‘ziga 
munosabatni kashf qilishdan iborat bo‘lib, o‘zini shaxs sifatida his qilish va qatʼiy 
qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi o‘smirlarni o‘z 
ichiga olib, bir tomondan, o‘zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o‘ziga 
salbiy munosabatda bo‘lish xususiyatiga ega. Uchinchi bosqich 14-15 yoshli katta 
yoshdagi katta o‘smirlardan iborat bo‘lib, tezkorlikda o‘z-o‘zini baholashga moyil 
munosabati bilan tavsiflanadi. 


D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi ontogenezda yuz beradigan 
barcha psixologik holat va fazilatni izohlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u 
taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy 
taʼsir o‘tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Shunday qilib, hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator 
puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari 
ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi 
qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy 
muammolarni yechishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Аmmo ontogenezda shaxsning 
shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi 
yetib keldi. 
Mavzu yuzasidan nazorat topshiriqlari. 
1. Individ, shaxs, individuallikni taʼriflang? 
2. Shaxs haqida tushuncha bering? 
3. Shaxsning psixologik mohiyati haqidagi nazariyalarni tushuntiring? 
4. Shaxsning psixologik tuzilishi haqidagi nazariyalar (Z.Freyd, K.Platonov, 
А.Petrovskiy va boshqalar nazariyalari)? 
5. Shaxsning faoliyatini aniqlang.
6. Shaxsning yo‘nalishini belgilang.
7. O‘z-o‘ziga baho berish nima va u qanday paydo bo‘ladi?
8. А.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini nechta bosqichlardan iborat deb 
aytgan ? 
9. D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasini ko‘rib chiqing ? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy 
psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017 
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun 
darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010 
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010 
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv 
qollanma. Toshkent-2012 
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish 
metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021

Download 472.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling