1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


Download 472.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana17.02.2023
Hajmi472.57 Kb.
#1205106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Mavzu

shaxsiy 
psixologik 
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga 
harakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar 
yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil 
shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning 
birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, 
yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab 
bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning 
mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qimmati va 
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, taʼlim va tarbiya yordamida 
yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Shaxsning individual xususiyatlari uning belgisi hisoblanadi. Har bir 
odamning o‘ziga yarasha shaxsiy xususiyatlari bor. Bir-biriga o‘xshaydigan, ammo 
tamomila bir xil bo‘lmagan kishilar bor. Odamning individual xususiyatlari aqlida, 
hislarida, irodasida namoyon bo‘ladi. Har bir odam o‘ziga yarasha idrok etadi, eslab 
qoladi, o‘ziga yarasha fikr yuritadi va so‘zlaydi. Har kun turli hislarni o‘ziga 
yarasha ko‘ngildan kechiradi va turli sharoitda o‘ziga yarasha ish qiladi. Har bir 
odamning o‘ziga xos temperamenti va harakteri, o‘ziga yarasha individual layoqat-
qobiliyatlari va qiziqish-havaslari bor. 
Shaxsning tarkibiy qismi odam organizmi — gavdasidir. Odamni shaxs deb 
aytganimizda umuman odamni — uning ongi va organizmini nazarda tutamiz. Sobiq 


sovet psixologiyasida eng ko‘p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan 
qisqacha tanishib o‘tamiz. 
S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega: 
1. Yo‘nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar,eʼtiqodlar, faoliyat va 
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 
2. Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, harakter, qobiliyatlarda aks 
yetadi. 
K.K.Platonov taʼlimotiga ko‘ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 
I. Yo‘nalganlik ost tuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini 
birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) darajalarini 
farqlash lozim. 
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Taʼlim vositasida, shaxsiy tajribada 
egallangan bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida 
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
IV. Biologik shartlangan ostto‘zilish. 
Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq 
bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning 
tipologik xosiyatlarini birlashtiradi. 
А.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega: 
1. Yo‘nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga 
o‘zaro taʼsir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, 
ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini 
belgilaydi. 
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini taʼminlovchi 
tizim. O‘zaro taʼsir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar. 
3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter 
tizimidan irodaviy va maʼnaviy sifatlar ajratiladi. 
4. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korrektsiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni taʼminlaydi. 
Kishining o‘z-o‘ziga baho berishi. 


O‘ziga-o‘zi baho berish - shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z 
imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho 
berilishidir.O‘ziga-o‘zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib, 
tartibga solib turiladi. kishi o‘zi haqida baʼzi narsalarni allaqachon bilgani holda 
boshqa kishiga razm solib boradi, o‘zini u bilan solishtirib ko‘radi, u ham uning 
shaxsiy fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola olmaydi, 
deb taxmin qiladi; ana shularning hammasi shaxsning o‘ziga o‘zi baho berishiga 
kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi.
Psixologiyada kishining o‘ziga o‘zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifatiy 
taʼrifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjuddir. Shaxsga 
beriladigan baholar sistemasiga uchta ko‘rsatkich - o‘ziga o‘zi baho berish, kutilgan 
baho, guruhning shaxs tomonidan baholanishi - shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi 
buni xohlaydimi-yo‘qmi, bundan qatʼi nazar, u o‘zining guruhdagi kayfiyatini,o‘zi 
erishgan natijalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini, o‘ziga va 
tevarak-atrofdagilarga nisbatan nuqtai nazarlarni belgilaydigan subʼektiv vositalarni 
hisobga olishga obʼektiv ravishda majburdir. 
O‘ziga-o‘zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‘ziga o‘zi beradigan bahoning individ o‘z 
oldiga qo‘yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo‘ladigan 
kutilgan darajasi ("Men" siymolarining darajasi) dir. Kishi navbatdagi harakatning 
qiyinchilik darajasini bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan paytda o‘ziga-o‘zi 
beradigan bahoni oshirib yuborishga intilish ikkita tendentsiya o‘rtasida mojaro 
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi: bir tomondan eng ko‘p yutuqqa erishish uchun 
intilishni kuchaytirib yuborishga harakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka 
uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga harakat qilinadi. 
Shaxsning psixologik muhofazasi. Shaxsning o‘zini anglashi o‘ziga o‘zi baho 
berishi mexanizmini qo‘llagan holda xususiy intilishlar va real yutuqlari o‘rtasidagi 
o‘zaro nisbatni aniq qayd etadi. Аmerikalik psixolog U.Djems o‘zining psixologik 
nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs "Men"i siymosining eng muhim 
tarkibiy qismi-o‘zini hurmat qilishi haqiqatdan ham erishgan yutuqlarining kishi 
daʼvogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida 
umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi.
Kishi o‘z faoliyatida qiyinchiliklar oldida bo‘sh kelmasligi, aksincha o‘zining 
irodaviy fazilatlari va matonatliligini namoyon qilgan hamda shu orqali 
muvaffaqiyat bilan real intilishlar o‘rtasidagi o‘zaro maqbul nisbatini saqlab qolgan 
holda ularni yengishi kerak. Bu psixologik qulaylikning bo‘zilishi. Psixologik 
muhofaza tushunchasiga yaqin "muhofaza mexanizmlari" to‘g‘risidagi tushunchani 
psixoanaliz maktabining yetakchisi Freyd ishlatgan edi. U bu tushunchani shaxsni 
biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin 
qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan, shahvoniy hirs) ongli 


"Men"ning "muhofaza mexanizmlari", shaxsning "ichki senzurasi" bilan to‘qnashib 
qoladi va buning natijasida turli xildagi o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilgan. 

Download 472.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling