Savol va topshiriqlar Mumtoz she'rning mumtoz nasrdan farqli jihatlari


Download 26.22 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi26.22 Kb.
#131267
Bog'liq
o`zbek adabiyoti tarixi


Savol va topshiriqlar

1. Mumtoz she'rning mumtoz nasrdan farqli jihatlari.

2. Lirik tur nima, lirik turga mansub janrlar qaysilar?

3. Devon, bayoz va tazkiralar haqida ma’lumot bering.

4. Obraz nima, an'anaviy obrazlarga qaysi obrazlarni kiritish mumkin?

Javoblar:



1.Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham nasrning yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kechroq paydo boʻlgan. 5—8-asrlarga oid Urxun-Enasoy yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi nasrning eng qadimiy namunalari, deb hisoblash mumkin. Badiiy adabiyot soʻz sanʼatidir. Soʻz nasrda ham asosiy tasvir materiali boʻlib xizmat qiladi. Ammo u, sheʼriyatdagi soʻzdan farqli oʻlaroq, kitobxonning diqqat-eʼtiborini oʻziga qaratmaydi. Aniqroq aytganda, soʻz nasrda xarakterlar yaratuvchi, roman yoki hikoyadagi badiiy olamni tashkil etuvchi voqealar, harakatlar va boshqalarning , yaʼni asar syuje-tining badiiy mujassamlanishiga yordam beradi; soʻz nasrda tasvir vositasidir. Agar shoir (muallif) soʻzi ustuvorlik qilgani va personaj soʻzi ham shoir (muallif) soʻzi bilan uygʻun boʻlgani uchun sheʼriyat monologik hodisa hisoblansa, nasr dialogik hodisadir. U oʻziga rangba-rang , hatto bir-biriga muvofiq boʻlmagan ovozlarni "yigʻib" oladi. Badiiy nasrda nosir (muallif), hikoyanavis va personajlarning ovozlari oʻzaro murakkab aloqaga kirishib, soʻzga sermaʼnolik, seryoʻnalishlik xususiyatlarini bagʻishlaydi. N., sheʼriyat singari, real voqelikka oʻzgacha tus berib, oʻziga xos badiiy olamni yaratadi. N. bilan nazm yoki sheʼriyatning oʻzaro bir-biriga yaqin shakllari ham mavjud. Agar lirik proza yoki lirik nasrning , shuningdek, nasriy sheʼr N.ning sheʼriyatga xos lirik tuygʻu va ohanglar ustuvorlik qilgan koʻrinishlari boʻlsa, sochma, sarbast sheʼr yoki erkin sheʼr sheʼriyatning nasrga xos belgilariga ega shakllaridir. Agar Qodiriy, Choʻlpon yoki Oybek romanlarida lirik harorat va nafosat yogʻdulari jilva berib tursa, Abdulla Qaxdor, Shukur Xolmirza-yev hikoyalarida shafqatsiz realizm un-surlari koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Togʻay Murod romanlari uslubida esa ritmik N. belgilari ustuvordir. Hozirgi oʻzbek nasri har tomonlama badiiy yuksaklikka erishgan va jahon nasrining eng yaxshi tajribalari va anʼanalari bilan boyigan.

2. Lirika  (yun.  cholg`u  asbobi)  adabiy  tur  sifatida  qadimdan shakllangan bo`lib, o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bеlgilovchi  xususiyati  sifatida  uning  tuyg`ukеchinmalarni  tasvirlashi olinadi.  Ya'ni,  epos va drama-dan  farq  qilaroq,  lirika  voqеlikni tasvirlamaydi,  uning  uchun  voqеlik  lirik  qahramon  ruhiy kеchinmalarining  asos, ularga  turtki  bеradigan  omil  sifatidagina ahamiyatlidir.  Shu  bois  ham  lirik  asarda  voqеlik  lirik  qahramon  qalb prizmasi  orqali  ifodalanadi,  yana  ham  aniqrog`i,  lirikada  kеchinmani tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik "parchalari", dеtallargina olinadi.  Lirikaning asosiy obrazi  lirik qahramon (ba'zan u lirik subyеkt dеb  ham  yuritiladi).  Ko`pincha  lirik  qahramon  dеganda  muallif tushuniladiki,  bu  har  doim  ham  to`g`ri  bo`lavеrmaydi.  Zеro,  shoir 


o`zining  kеchinmalarini  tasvirlashi  ham,  o`zganing  ruhiyatiga  kirgan holda o`sha "o`zga shaxs" kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Bu o`rinda  yana  bir  muhim  masala shuki, shе'rda  hatto  shoir  o`z kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir orasiga tеnglik alomati qo`yib bo`lmaydi. Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi, 
har bir inson qalbida mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga  ko`ra, shoir o`zganing  holatiga kirishi, ma'lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini his  qilishi  ham  mumkin.  Masalan,  Cho`lponning  "Mеn  va  boshqalar" shе'ri  garchi  lirik  "mеn"  tilidan  bеrilgan  bo`lsada,  uning  lirik  qahramoni  shoir  emas,  balki  o`zbеk  qizining  umumlashma  obrazi ekanligi  oyday  ravshan.  Lirik  qahramon,  epik asar  qahramonlaridan farqli  o`laroq,  noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda  subyеktning noplastik  obrazi  yaralgani bois  ham  u  o`quvchi  tasavvurida  tashqi ko`rinishi  bilan  gavdalanmaydi,  mavhumligicha  qoladi.Shoir va lirik qah-ramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik asarlarni  ikkiga:  avtopsixologik  va  ijroviy  lirikaga  ajratamiz. Avtopsixologik  lirika  dеganda  lirik  qahramon  bilan  shoir  shaxsiyati mos  tushgan, ikkalasi  birbiriga  yaqin  bo`lgan shе'rlar  tushuniladi.Ya'ni, avtopsixologik shе'rlarda shoir o`z qalbiga murojaat qiladi,o`zo`zini  ifodalaydi.  Agar  avtopsi-xologik  lirikaga  mansublik  uchun  shoir shaxsiyati  va  lirik  qahramon  orasidagi  yaqinlik  (aynan  moslik  emas)  kifoya dеb qarasak, u holda lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik xaraktеrga  ega   ekanligi  ma'lum  bo`ladi.  Shoir  shaxsiyati  bilan  lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko`rinib turgan shе'rlarni  ijroviy lirika (rus adabiyotshunosligida “ролевая лирика”) dеb yuritamiz.

3. Bayoz  - sheʼrlar toʻplami. B.lar ikki va undan ortiq shoirlar sheʼrlaridan tuziladi. Ilk B.lar, asosan, mashhur shoirlarning  gʻazallaridan tuzilgan, keyinchalik bunga rioya qilinmagan. B.lar deyarli lirik janrdagi asarlardan tashkil topadi, unga nasriy parchalar ayrim hollardagina kiritiladi. B.lar biror gʻoya yoki maʼlum davr dunyoqarashini targʻib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham boʻlmaydi, ular qatʼiy bob va boʻlimga ajratilmaydi, mualliflar ijodi sharhlanmaydi. Kimning sheʼridan qancha kiritish tuzuvchi xohishiga bogʻliq. B.lar sarbayoz (soʻz boshi), lirik sheʼrlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Adabiy taraqqiyot jarayonida B.lar adabiyot namunasigina boʻlib qolmay, haqiqiy sanʼat asariga ham aylandi, oʻziga xos maktablar paydo boʻldi. Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Toshkent maktablariga mansub B.lar asosan ikki tilda — oʻzbek va fors tillarida tuzilgan. Tazkira - oʻrta asr  forsiy va turkiy tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri. Keng maʼnoda — tarix, tasavvuf, sanʼat sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar bo`lsa, boshqa tor maʼnoda — shoirlar hayoti va ijodi haqida maʼlumot, asarlaridan namunalar keltirib tuzilgan toʻplam. Tazkiralarda bir necha asrda yashagan yoki muayyan davr shoirlarining hayoti va ijodi haqida turli tarzda maʼlumot beriladi. Shoirlarni qamrab olish jihatidan tarixiyzamonaviy va zamonaviy tazkiralarga boʻlinadi. . Tarixiy zamonaviy T.da bir necha asr davomida yashab ijod etgan shoirlar haqida ("Lubob ulalbob" — Avfiy, "Tazkirat ushshuaro" — Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar), zamonaviy T.da esa tuzuvchining zamondoshlari haqida ("Majolis unnafois", "Tazkirat ushshuaro" — Mutribiy va boshqalar) bahs yuritiladi. Asarda shoirlar har xil uslubda — "abjad" tizimida, sulola va arab alifbosi asosida, geografik uslubda, T. tuzuvchi tomonidan shaxsan koʻrganlik, ijodiy muloqotda boʻlgan boʻlmaganlik asosida joylashtiriladi. Shoirlar haqidagi maʼlumotlar alohida kichik maqola — fiqradan iborat boʻladi. Unda shoirning ismi, taxallusi, qayerdanligi, ijodi, sheʼrlaridan namunalar, tabiatidagi oʻziga xos xususiyati, qay darajada shuhrat topganligi va boshqa sheʼriy yoki nasriy tarzda bayon etiladi. . Baʼzan 2 tilda maʼlumot berish hollari ham uchraydi ("Majmuai shoiron"). Tazkira tuzuvchisining adabiy-estetik uslublari qaysi adabiy yoʻnalishiga mansubligi jihatidan farqlanadi. Sharq adabiyotshunosligida bizgacha yetib kelgan dastlabki tazkirani Abu Mansur as-Saolibiy, oʻzbek adabiyotida Alisher Navoiy yaratganlar. Devon — Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra arab alifbosi tartibida (qofiyalanib keluvchi soʻzlarning oxirgi harflari asosida) joylashtiriladi. Sharqda devon tuzish shoirning yetuklik belgisi boʻlgan, shoirlar oʻz devonlarining mazmunan va shaklan rang-barang boʻlishiga eʼtibor berganlar. Devon tuzish 10—11-asrlardan boshlangan, uning shakllanish davri Shayx Saʼdip zamonasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbek adabiyoti tarixida devon tuzish Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Alisher Navoiy Sharq adabiyoti tarixida mukammal devon tartib bergan mualliflardan. Devon shoirning oʻzi tomonidan, shuningdek, boshqalar tomonidan ham tuziladi. Navoiy gʻazallarining ilk devoni nomaʼlum kotib tomonidan tuzilgan (1465). Unda 15-asr adabiyotidagi deyarli barcha sheʼr shakllarini koʻrish mumkin. Keyinroq devon tuzish ishiga Bobur, Nodira, Ogahiy, Avaz Oʻtar va b. shoirlar ham samarali hissa qushganlar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida Habibiy, Sobir Abdulla va b. devon tuzganlar. Ularda gʻazallar hozirgi oʻzbek alifbosi tartibida joylashtirilgan. Sharq poeziyasi taʼsirida Yevropa adabiyotida ham devon tuzish tajribasi bulgan (Gyote, "Gʻarbu sharq devoni").

4. Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham O. deb yuritiladi.

O.da obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy O.ning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. O. vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy O.ni real obʼyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. O. voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ravishda O. koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. O.ning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik O.ning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. O.da obʼyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy O.da xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.

O. murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy O. vositasida subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning , yakka holat bilan umumiylikning ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.

Badiiy asarda O. soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va boshqalar) emas, balki belgilar tizimi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan O.da koʻrgazmalilik tomoni plastik O.ga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.

Badiiy O.ning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.

An’anaviy obazlar deganda o’zbek mumtoz she’riyatidagi ko’pchilikka ma’lum va mashxur bo’lgan, ko’p marotaba takrorlanib turuvchi, o’tmishda aksariyat shoirlarning mulki hisoblangan an’anaviy badiiy tashbehlarni ham tushunamiz”.



“An’anaviy obrazlar – badiiy adabiyotda bir ijodkordan ikkinchi ijodkorga o’tib yuruvchi, ko’pchilikka tanish bo’lgan qahramonlar obrazlaridir. Bunday qahramonlar qachonlardir adabiyotga kirib kelgan va qattiq o’rnashib qolgan obrazlar bo’lib, har bir shoir uni qalamga olar ekan, yangi xususiyatlar bilan boyitadi.”
“An’anaviy obraz” atamasini asoslovchi, ularning ta’rifiga mos keladigan belgilar
mavjud:
1. “An’anaviy obraz” deganda, adabiyoti madaniyati bir-biriga yaqin, til va
hududiy o’zaro bog’liqlikka ega turli xalqlar adabiyotida ko’zga
tashlanadigan obrazlarni nazarda tutish.
2. “An’anaviy obrazlar” sirasiga kiruvchi timsollardan deyarli barcha soha
kishisi yoki adabiyotga daxli bo’lmagan kishilar birdek xabardor bo’lishi.
3. Har bir obraz xalq orasida, xalq og’zaki ijodi asarlari yoki yozma
adabiyotda doimo o’ziga taalluqli yetakchi belgilari bilan namoyon
bo’lishi.
4. Sharq mumtoz adabiyoti – fors-tojik, arab, turkiy adabiyot vakillarining
deyarli barchasi asarlarida uchrashi.
5. An’anaviy obrazlar shaklan turlicha bo’lishidan qat’i nazar, poetic
funksiyai jihatdan umumiy yaxlitlik kasb etishi – asosiy maqsad va
mohiyatini yoritishda uzviylikka ega bo’lishi.
O’zbek mumtoz adabiyoti ildizlari chuqur va teranligi bilan, diqqatga
loyiqdir. Bu haqda Fitrat shunday degan edi: “Sharq adabiyotining hashamatli,
rangin bir tarixi bor. Bu dabdabali tarixning oldidan o’tganda bu kungi Ovro’pa
adabiyoti ham shapkani olib, salom berib o’tadur. Shunga o’zini majbur
ko’radur”.
Download 26.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling