1-mavzu: psixologiya tarixi fannning predmeti va vazifalari
Download 96.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq7- Mavzu. Ong haqidagi psixologik tasavvurlar. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uning birinchi tarifi nomining ozidayoq berilgan bolib ong, anglash deganidir.
7- MAVZU. ONG HAQIDAGI PSIXOLOGIK TASAVVURLAR.REJA:
Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo'lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo'lib kishining mehnat faoliyatida boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma'noda ong olimlarning ta'kidlashicha, ijtimoiy mahsul bo'lib, anglangan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir. Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta'rifi qanday? Uning birinchi ta'rifi nomining o'zidayoq berilgan bo'lib ong, anglash deganidir. Kishining ongi bizning tevarak - atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topadi. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir». Shunday qilib, ongning tuzilishiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o'z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar, idrok, xotira, xayol va tafakkurni qo'shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta'sir o'tkazuvchi qo'zg'atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o'sha lahzada kishi tasavvurida hosil bo'lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o'tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol ehtiyoj ob'ekti bo'lgan, ammo hozirgi paytda yo'q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo'li bilan masalaning hal etilishini ta'minlaydi. Aytib o'tilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birining batamom barbod bo'lishi u yoqda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi ham ongning barbod bo'lishiga olib keladi. Download 96.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling