1-mavzu: psixologiya tarixi fannning predmeti va vazifalari
Download 96.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq7- Mavzu. Ong haqidagi psixologik tasavvurlar. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongning uchinchi tarifi
- NAZORAT SAVOLLARI
Ongning ikkinchi ta'rifi - unda sub'ekt bilan ob'ekt o'rtasida aniq farqlanishning o'z ifodasini topishi, ya'ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo'lib undan ajralib chiqqan va o'zini atrof muhitga qarama-qarshi qo'ygan inson o'z ongida ushbu qarama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda.
Jonli mavjudotlar ichida uning o'zigina o'zini bilishga, ya'ni psixik faoliyatini o'zini tadqiq etishga yo'naltirishga qodirdir. Odam o'z hatti-harakatlarini va umuman o'zini-o'zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratishi har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo'l bo'lib, uning o'zini-o'zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta'rifi - odamning maqsadni ko'zlovchi faoliyatini ta'minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Inson tabiat tomonidan berilgan narsaning formasini o'zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o'zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o'z irodasini ana shu maqsadga bo'ysundirishi lozim. Maqsadni ko'zlovchi faoliyatning amalga oshishida va yo'nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko'ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak. Nihoyat ongning to'rtinchi ta'rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kiritilishidir. «Insonning muhitiga bo'lgan munosabati uning ongidir». Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o'zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o'zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma'lumotlar asosida o'z xatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo'lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlarda esa ong bo'lmaydi. XVII asrga oid psixologik fikrlarning o'ziga xos tomonlari talqinda ochiq namoyon bo'ladi. a) tushuntirish uchun hech qanday ruhga muhtoj bo'lmagan tana-mexanik sistema haqidagi ta'limot; b) ichki kuzatish orqali o'z psixik holati haqida hamma narsani bilish mumkin bo'lgan individning ongi haqidagi ta'limot; v) inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yo'naltiruvchi yoki zararli narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar (affektlar) haqidagi ta'limot; g) fiziologik va psixologik tomonlar o'rtasidagi munosabati haqidagi ta'limot. Frantsuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan psixologiya tarixidagi g'oyat muhim bosqich bog'langan. Aynan u o'zining ong haqidagi ta'limoti bilan Aristotelning ruh haqidagi ta'limotidan psixika to'g'risidagi tushunchalarning ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan o'sha kunlargacha ruh bilan boshqariluvchi bo'lib hisoblangan tirik tanani uning ta'siridan "xalos etdi". Shu davrda Garvey tomonidan qon aylanishining kashf qilinishi "organizm mexanik mashina" degan fikrni rivojlantirdi. Unda yurak qon o'tkazuvchi nasos bo'lib hisoblanadi va bu jarayonda ruhning hech qanday funktsiyasi yo'q deb ta'lim berildi. Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari yerdagi hayot tashqarisidan energiya oluvchi maxsus agent ruh bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab, tana mexanika qonunlariga asosan tuzilgan avtosistemadir, undagi organlarning ishlashi ham tananing faoliyati ham, boshqa tanalar bilan aloqasi ham ruhga muhtoj emas, deb ta`kidlandi. Lekin bu bilan ruh "ishsiz" bo'lib qoldimi? Yo'q, Dekart ruhni hech narsaga bog'liq bo'lmagan oliy substantsiyagacha ko'tardi. "Ruh ongning uzluksiz bo'lmagan hodisalari-fikrlaridan iborat" deb aytdi olim. Ruhning birdan bir asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan to'xtash ruhning yo'q bo'lishiga olib keladi, deb hisoblaydi. XVIII asrning eng yirik kashfiyotlari qatoriga refleks tushunchasining paydo bo'lishini kiritish mumkin. Refleks tushunchasi Dekart fizikasida paydo bo'ldi. Agar Garvey o'z kashfiyoti bilan ruhni ichki a'zolarning boshqaruvchisi sifatida inkor etgan bo'lsa, Dekart ruhni tashqaridan ta'sir etish xususiyatidan mahrum qildi. U fanga fiziologiya va psixologiyada fundamental bo'lgan refleks tushunchasini (terminini emas) kiritdi. U davrda nerv sistemasi to'g'risidagi bilimlar ham oz edi. Dekart uni ingichka quvurchalar - «trubkachalar»dan iborat deb tasavvur qildi. Dekartning tasavvurida go'yo shu trubkachalardan mayda yengil havosimon zarralar harakatlanadi. Bu zarralarni Dekart «hayvon ruhlari» deb nomladi. «Men ruh deb atagan narsalar kichiklik va tez harakatlanishdan boshqa hech qanday xususiyatga ega bo'lmagan tanachalardan o'zga narsa emas. Bular qonning eng harakatchan zarralari bo'lib, doim miya tomonidan harakatlanadi», deb tushuntirmoqchi bo'ldi Dekart. Uning refleks sxemasiga ko'ra tashqi impul`s nerv trubkachalari ichida joylashgan nerv "iplarining" uchiga ta'sir qilib, ular shu "ip" chiqqan miyaning qismini go'yo arqonning bir uchi ikkinchisini harakatga keltirganidek qo'zg'atadi. U yerdan «hayvon ruhlari» nerv orqali tegishli muskulga o'tib, qisqarishga majbur qiladi. Shu tariqa harakat ro'y beradi. Shuning uchun qaynoq buyum qo'lni kuydirib tortib olishga majbur qiladi. Bunda xuddi yorug'lik nurining ko'zgudan qaytganidek reaktsiya sodir bo'ladi. Dekartning birinchi opponenti bo'lib gollandiyalik faylasuf Spinoza chiqdi. Gegelning fikricha, B.Spinoza Dekart falsafasidagi dualizmni olib tashladi. Unga ko'ra yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega bo'lgan substantsiya - bu tabiat. Shuning uchun odamni substantsiyalar uchrashadigan «joy» sifatida Spinoza inkor etadi. Odam bir butun moddiy va ruhiy mavjudot deb biladi. Hech kim Spinozachalik Dekartning dualizmi organizmga mashina singari munosabatda bo'lganini anglamagan. O'zining eng mashhur psixologik asari «Etika»da faylasuf dastlab substantsiyalar masalasida to'xtaladi. Shu yerdanoq uning qarashlari Dekartning qarashlaridan uzoqlashadi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza monistik ta'limotni ilgari surdi. Substantsiya deganda Spinoza bizdan tashqarida joylashgan tabiatni tushunadi. Bu substantsiya o'z navbatida bir qancha xususiyatlarga ega bo'lib, inson ularning faqat ikkitasi - tana va fikrni bilgan. Shuning uchun ruh va tana bitta individualni, ya'ni fikrlaydigan tanani tashkil etgan. O'zining affektlar haqidagi ta'limotida affektlarning paydo bo'lishi va ularning tabiati: odamlarning affektlarga qulligi va affektlarning kuchi; inson ozodligi va inson aqlining kuchi masalalari yuzasidan to'xtaldi. Affektlarni Spinoza tabiiy hodisa deb biladi. Affektlar orasidan Spinoza 3 tasini alohida ajratib ko'rsatadi. 1. Xohlash. 2. Qoniqish. 3. Qoniqmaslik. Qolgan barcha emotsiyalar shulardan paydo bo'ladi, deb hisoblaydi Spinoza. Spinoza affektlar butunlay inson irodasiga bog'liq va ularni to'liq boshqarish mumkin, degan fikrga qo'shilmaydi. Bu borada u affektlarni inson ustidan o'tkazadigan hukmronligi haqida fikr yuritadi. Barcha affektlar Spinozaning fikricha, insonni shunday holatga olib keladiki, bunda u o'z-o'zini boshqara olmaydi. Tasodiflarga qaram bo'lib, aniqlik ko'z oldida, noaniqlik tomon boradi, ozodlik esa affektlarga ergashishda emas, balki ularni aqlga bo'ysundirishdir. Spinoza psixologiyasi ongning psixologik ob'ekt sifatida shakllanishi yo'lidagi Dekartdan keyingi muhim qadam bo'ldi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Download 96.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling