1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy (1058-1111)
Download 463.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy (1058-1111) Faylasuf al
G‘azzoliy Tus shahrida tug‘ilib о‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga kо‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bog‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. Shundan sо‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yо‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini о‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil о‘tgach, imom G‘azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni tо‘g‘ri yо‘lga qaytarishga bag‘ishladi. G‘azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab о‘tamiz: “Faylasuflarning maqsadlari”, “Faylasuflarning raddiyasi”, “Din haqidagi fanning tug‘ilishi”, “Olam javoni” va hakozo. Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari, chumoli va chivinlarni ham faqat chumoli hamda chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat insongina о‘zi haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz о‘zimizni faqat sirtdan – u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga urinmaymiz. Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bо‘lsa, har ikkisining orasidan yana bir olam – ruhiy olam о‘rin olgan. VIII asrda islomda turli yо‘nalishlar paydo bо‘ldi. Bulardan mutakallimlar, ularning psixik ta’limotiga kо‘ra hissiy bilishning ahamiyatini, bilimlarimizning voqelikka muvofiq kelishini inkor etishdir. Ular nimaiki о‘zlari uchun nomaqbul bо‘lsa (hissiy bilish bilan bog‘liq bо‘lgan sezgi ma’lumotlari va bilimni inkor etish yordamida), hammasini inkor etadilar va ularga nimaiki tasdiqlash lozim bо‘lsa, hamma tasavvur qilish mumkin bо‘lgan narsaga yо‘l qо‘yish yordamida hammasiga yо‘l qо‘yish mumkin deb hisoblaydilar. Abu Hamid G‘azzoliy islom ilmlarning turli sohalarini dunyoviy ilmlarga qо‘shib chuqur egalaydi. U bunda nimani о‘rgansa, shu sohani tо‘ldirishga, rivojlantirishga harakat qilib, har bir о‘rgangan narsasini islom tarozisiga qо‘yib, о‘lchab kо‘rish asosida baholashga harakat qiladi. Oqibatda, о‘zi shug‘ullangan islomning turli sohalariga oid yuzdan ortiq asarlar yaratadi. U fiqh ilmiga oid “Bosit”, “Vajid” va “Qosit” singari asarlar yozadi. Kalom ta’limotiga doir “Tavhitdul A’qoid”, “Ar-Risolat- ul-qudsiya”, “Al-Iqtisodu fil e’tiqod”, “Ijmoi-ul-Avvom an Ilm-ul-Kalom” kabi asarlar yozadi. G‘azzoliy о‘z asarlarida о‘ziga xos bir islomiy falsafa bо‘lgan kalom ilmini johil kishining о‘qishidan hech bir foyda yо‘q, bu ilm faqat iymonida shubhaga tushganlarni tuzatishga yaraydi, deb, uni din ulamolariga о‘rganishni tavsiya etadi. G‘azolliyni jahonga mashhur qilgan va dunyo tan olgan faylasuflar qatoriga qо‘shgan asarlari – bular mu’tazilliylar, botiniylar (ular kо‘proq aqlga tayanganlar) ning yо‘ldan ozgani va islomni zaiflashtirishlariga qarshi yozgan “Fadoix al-Botiniya”, “Al-Qismoi-al-Mustaqil”, “Hujjatul- Haq”, “Mufasi-ul-Xilof” va “Ad-Diras al-Marg‘um” kabi asarlaridir. Mutazaliylar ta’limotida muhim masalalardan biri - inson irodasining erkinligi tо‘g‘risidagi masaladir. Inson о‘z hatti- harakatlarida erkindir. Insonning erkin irodasi haqidagi fikr xudoning “oliy qudrati” tо‘g‘risidagi diniy aqidalarga zid keladi. Ollohning о‘z yaratganlariga nisbatan majburiyati bilan almashtirdilar. Mutazaliylar taqdirning avvaldan belgilab qо‘yilganligi tо‘g‘risidagi ta’limotni- tavakkul ta’limotini inkor etadilar. Sо‘fizm ta’limotida butun olam xudoning mujassamlanishidan boshqa narsa emas. Xudo hamma kо‘rinadigan narsalarda mavjud. Narsalar esa о‘z navbatida xudoda mavjud. Dunyo - ruh shaklida butun olamga tarqalgan xudo singari yagonadir. Inson esa ana shu ruhning bir qismi, ertami kechmi u bilan qо‘shiladi. Bu qо‘shilish xudoga yaqinlashishning asosiy bosqichi- shariat, taraqqiyot, ma’rifat va haqiqat olib keladi. Sо‘fizmga kо‘ra xudo bilan qо‘shilishning о‘zi-eng oliy rohat. Sо‘fizm xudoga aql yordamida ishonish emas, balki unga ichki hissiyot orqali yaqinlashishga katta e’tibor beradi. G‘azzoliy asarlarida islom falsafasi nuqtai nazaridan kelib chiqib, kishilar haqiqatni tanishi, ya’ni Ollohni tanishi kerakligini, ular his- tuyg‘uda ham, aqliy bilimlarda ham adashishlarini isbotlaydi. U о‘zining “Ixyo ulum-ud-din” asarida bilish kishining dilida mujassamdir, deydi. Dil esa, uningcha, ilohiy ne’mat, uni odiy qalb yoki yurak ma’nosida tushunsmaslik kerak. Dilga esa jon ham, aql ham, nafs ham kiradi, ular jisman ham, ruhan ham birdir. Shuningdek, “Qur’on” va “Hadis”ning qaysi joyida “dil” sо‘zi kelsa, undan albatta narsalarni anglab, ularning mohiyatiga yeta oluvchi inson ma’naviyati tushuniladi, deb yozadi. G‘azzoliy о‘zining asrlarida islom ilohiyayoti tizimini ishlab chiqib, uni falsafiy jihatdan asoslab beradi. U islomning eng yirik nazariyotchisi hisoblanadi. G‘azzoliy о‘zining “Adashishdan qutqaruvchi” asarida Oliy tangriga-Ollohga, payg‘ambarga va oxiratga ishonish-islom diniga ishonishning asosidir, deydi. U Ollohni inson aql orqali anglashi mumkin emas, uni kishi maxsus ruhiy... jismoniy (psixofizik) harakatlar: siqinish va ibodat orqali anglashi, bilib olishi mumkin, deydi. Uning fikricha, jon xudo (Olloh) singari fazodan tashqarida, olam Olloh tomonidan yaratilgan. Download 463.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling