1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antik davrning psixologik nazariyalari
1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi REJA: 1. Antik davrning psixologik nazariyalari. 2. O‘rta asrlarda psixologiyaning umumiy tavsifi. 3. V-XI asrlarda yevropa psixologiyasini rivojlanishi. 4. Yangi davrda psixologiyani rivojlanishi va uning birinchi nazariyasi. 5. Psixologiyada ratsionalizm va sensualizm. Antik davrning psixologik nazariyalari Antik davr yunon falsafasi qadimiy Sharq – Bobil va Misr, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyda paydo bо‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlar ta’sirida, Yunonistonda yuksak rivojlangan quldordik jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart- sharoitlar asosida vujudga keldi. Miloddan ilgarigi VIII-VI asrlarda Kichik Osiyo, О‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yaqin Sharq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari о‘rtasida savdo, iqtisodiy, madaniy munosabatlar juda ham avj oladi. Animizm ( lot. “anima” - ruh) Ruh haqida afsonaviy tasavvurlar vujudga keladi. Har bir hissiy idrok qilinayotgan narsa о‘zining juftiga ega deb hisoblanadi. Gilozizm – dunyoning umumiy jonliligi haqidagi ta’limot. Milet maktabi. Milet faylasuflari о‘z falsafiy qarashlarini tabiiy- ilmiy tushunchalar bilan ifodalaydilar. Bu davrlarda falsafa va boshqa bilim sohalari ham bir-birlaridan ajralmagan holda bir butun shaklda “falsafa” nomi bilan atalar edi. Ilk yunon faylasuflari Milet shahri falsafiy maktab vakillari: Fales, Anaksimanr va Anaksimenlardir. Ular о‘zlarining falsafiy asarlarida kosmologizmga oid, ya’ni astronomik bilimlarga oid о‘z qarashlarini ifodalab berdilar. “Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi ilmiy gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vigotskiy. Anita - ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bо‘lgan bо‘lsada er. av. II asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo bо‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolarning boshi shu yerdadir. Qadimgi yunon falsafasining eng muhim jihati – uning stixiyali dialektik xarakterga egaligidir. Bu dialektikaning asoschilaridan biri Geraklitdir. U о‘zining olov tо‘g‘risidagi ta’limotida barcha narsalar olovdan paydo bо‘lib, sо‘ngra olovga qaytadi, deb, olovning yerga, suvga, havoga aylanishini va aksini ta’riflab, dunyoni doimiy harakatda, о‘zgarish jarayonida kо‘radi. “Qaysi yо‘llar bilan bormasin, baribir ruhning chegarasiga borolmaysan” degan aforizm bilan Efeslik Geraklit (er.av.530-470 yillar) individual ruh va koinot birligi g‘oyasini ilgari surdi. Unga kо‘ra barcha narsa asosida olov yotarkan. Organizmdagi olov uchquni psixologiyadagi - ruhdir. U “olovli va nam” holatda bо‘ladi. Mast odam qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir” - deb yozadi Geraklit. Uning ta’kidlashicha ruh nami umumiy logos qonunlari bilan belgilanadi. Bu fikr bilan Geraklit barcha psixik hodisalar moddiy dunyo qonunlariga buysunishni ta’kidlamoqchi bо‘ldi. Determinizm prinsipini juda sodda kо‘rinishda ta’riflamoqchi bо‘ldi. Geraklit dunyodagi tо‘xtovsiz о‘zgarishlarining asosiy sababini narsalardagi qarama-qarshiliklardan, deb biladi. Uningcha, bir xillik va har xillik, hamohanglik va nohamohanglik kabilardan birlik hosil bо‘ladi, bu birlikdan hamma har hillik va birhillik tashkil topadi. Hayotda tirik va о‘lik, uyg‘oq va uyqudalik, yoshlik va qarilik birgadir. Narsalar doimo о‘zaro bir-biriga о‘tib, о‘zgarib turadi. “Sovuq issiq bо‘ladi, issiq sovuq bо‘ladi. Xо‘l quruqqa, quruq hо‘lga aylanadi. Nifoqlashuvchi kelishishi, tarqaluvchi yig‘ilishi (birikishi), ajoyib xilma-xil ohanglar hamohanglikni kurash jarayonida paydo qiladi”. Geraklit dialektikaning qarama- qarshiliklar kurashi va birligini yaxshi taxmin qiladi. U shunday yozadi: “Baho bebaholikdan, bebaholik baholikdan, ular bir-birining о‘limi bilan yashaydi va bir-birining yashashi bilan о‘ladi, hayot harakat, о‘zgarish bilan hayot, hamma narsa harakatda, о‘zgarishdadir, bir daryo suviga ikki marta chо‘milish mumkin emas, chunki daryoda tinimsiz yangi-yangi suvlar oqib turadi”. “Dengiz suvi ham toza ham toza emas. U baliqlarga davo, hayotbaxsh bо‘lsa, insonlarga ichish uchun yaramaydi va zararlidir”. “Eng kelishgan maymun inson zotiga nisbatan eng xunukdir”. “Eshakka xashak oltindan a’lo turar”. “Tabiat qarama-qarshilikka intiladi, lekin bir-biriga о‘xshashlik emas, homoxanglik tug‘diradi”. Masalan, tabiat inson individlarini qarama-qarshi jinslardan, erkak va ayollardan tuzgan, demak, ularni qarama-qarshi jinslardan yaratgan, bir xil jinslardan emas. San’at ham, xuddi tabiatga о‘xshash qarama-qarshiliklardan, turli хil ohangliklardan tashkil topadi. Rasm ham qora, qizil, sariq, oq bо‘yoqlar birligidan paydo bо‘ladi. Musiqada esa, yuqori, baland, past turli ovozlardan ohang, kuy, ashula hosil bо‘lib, sо‘zlar tashkil topadi va h.k. Miloddan avvalgi asrning ikkinchi yarmida yashab о‘tgan Yunon faylasufi Kratil shunday degan edi: “Geraklit (Buqrot) aytganidek, oqayotgan suvga ikki marta emas, hatto bir marta ham shо‘ng‘ib bо‘lmaydi. Chunki nima haqda gapirmaylik, biz tugal fikr aytib ulgurmasdan uzluksiz о‘tkinchilik qonuniga bо‘ysunuvchi har qanday voqelikning mohiyati о‘zgarib ketadi”. Lekin uning g‘oyalari psixik hayotni hamma eshiklarini ochishga kalit bо‘la olmas edi. Geraklit о‘zidan oldin о‘tgan milet maktabi, faylasuflari Fales, Anaksimandr, Anasimenlarning ruh bо‘linmasligi tо‘g‘risidagi fikrlarini izdoshidir. Download 463.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling