1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Download 463.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana17.10.2023
Hajmi463.81 Kb.
#1706216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Eleya maktabi. Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit 
(er.av.460–370 yillar) ning ta’limotida “olovli atom”larga aylandi. 


Demokrit va uning ustozi Levkipp (er.av.500—440) atomik materializm 
nazariyasini ilgari surdilar. Unga kо‘ra barcha narsalar 2 ta asosdan - 
bо‘linmas xarakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bо‘shliqlardan 
paydo bо‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni 
hosil qiladi. 
Bitta ilmiy isbotu dalilni qо‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga
hokimlik qilishdan a’loroqdir,- degandi Demokrit. 
ATOMIZM (yunon. atamos — bulinmas) — atomizm, tabiat 
hodisalari haqidagi materialistik ta’limot bо‘lib, birinchi marta eramizdan 
avvalgi qadimgi dind faylasuflari, qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va 
Demokrit, keyinchalik esa Epikur (341—270), shuningdek, Rimlik 
faylasuf — materialist Lukretsiy Kar (99— 1155) tomonidan 
rivojlantirilgan. Bu ta’limotga kо‘ra, materiya abadiy, о‘zgarmas hamda 
bо‘linmas, harakatlanuvchi zarrachalardan, ya’ni atomlardan iboratdir. 
Atomchilar bu ta’limotni ruhiy hayot sohasiga ham tatbiq qilganlar. 
Jumladan, Demokrit (460—370)ning ta’biricha, atomlar shakl jihatidan 
burchaksimon, ilmoqsimon g‘adir-budur bо‘lib, harakatlanganda bir-
biriga ilinadi, natijada harakat sekinlashadi, bunday atomlar qattiq 
jismlarni tashkil etadi. Atomlar yana dumaloq chuzinchoq shaklda ham 
bо‘lib, tez harakatlanadi hamda gazsimon jismlarni tashkil qiladi. Inson 
ham, tabiatdagi boshqa jismlar singari, ana shu atomlardan tashkil topadi, 
insonning tanasi sekin harakatlanadigan, ruhi esa tez harakatlanadigan 
atomlardan iboratdir. Demokritning fikricha, ruh atomlari bir-birlari bilan 
birikib, tananing sezuvchanlik qobiliyatini tashkil qiladi; ruh atomlari 
odamning butun vujudiga tarqalgan bо‘lib, ayniqsa kо‘z, quloq, 
barmoqlar, yurak va bosh miyada zich joylashgandir. Sezgilar, his-
tuyg‘ular va fikrlar shu atomlar harakatidan iboratdir. Sezgilarimiz sezgi 
a’zolari atomlarining, tafakkurimiz miya atomlarining, hislarimiz esa 
yurak atomlarining harakatidir. Demokritning fikricha, atomlar odam 
tanasida yashar ekan, u ongli hayot kechiradi, ularning bir qismi tanadan 
chiqib ketsa, odam uxlaydi, agar yuqoridagi atomlarning barchasi tanadan 
chiqib ketsa, odam о‘ladi. Atomizmning psixologiyadagi ahamiyatya 
shundan iboratki, u tana о‘lishi bilan ruh ham о‘ladi deb, uning 


abadiyligini inkor qilgan. Demokritning xatosi shundaki, u psixikani, 
ruhni moddiy deb hisoblagan. 
Yana bir grek mutafakkiri Anaksagor (er.av.500-428) ning barcha 
narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil topganligi va 
ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi tо‘g‘risidagi fikr ham 
Demokritning atomik qarashlariga о‘xshaydi. Sochilib ketishidan iborat 
fizik qonuni tana uchun ham, taaluqli deb hisoblab, Demokrit ruhni 
abadiyligini inkor etadi. Demokrit ruhning tana harakatining sababi deb 
biladi. Uning yozishicha ruh og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana 
о‘lgandan keyin esa u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni 
tashkil etuvchi atomlarni yutib nafas chiqarganda ruhimizni bir qismini 
tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimiz doimo yengillashib 
turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha hamma narsaning hatto 
о‘likning ham ruhi ham bor, faqat juda kam. Demokritning bunday fikri 
panpsixizmga yaqinlashib qoldi. Tanadan tashqari ruh bо‘lishi mumkin 
emas, degan umumiy hukm chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi balki 
ruhning о‘zi tana ekanligini ta’kidlaydi. “Agar ruh tanani harakatlantirsa, 
demak, uning о‘zi tana qismi” deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukretsiy, 
kabilar Demokritning ruh haqidagi tasavvurlarni rivojlanishini davom 
ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga kо‘ra, ruh atomlardan emas, о‘zgarmas 
4 elementlardan: olov - issiqlik asosi, bug‘ – harakat asosi, shamol – 
sovish asosi, nomsiz 4-element - ruhning ruhidan iborat. Epikurning 
nomsiz elementini Lukretsiy “A”, deb atadi. Shuningdek, Epikurning 
fikricha faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh bо‘ladi. 
“Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda qattiq 
yanglishgandi, - deydi Suqrot – chunki odamlar olovga bemalol qaray 
olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini nazardan 
qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh nuri ta’sirida 
qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini, о‘simliklar Quyosh 
haroratisiz yashay olmasliklari, olov taftidan esa halok bо‘lishlarini 
unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan tosh, deb ta’riflagan. 
Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog‘du tarata 
olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa doimo eng porloq yoritgich 
bо‘lib, qolajak”. 


Suqrot g‘oyalari: “Taajubki, haykaltaroshlar toshni insonga 
о‘xshatish yо‘lida о‘lib tiriladilar-u, ammo о‘zlarning toshga о‘xshab 
qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar”. 
“Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir 
joiz va zarur narsalarni bilmasakda, u manmanlik qiladi, men esa 
manmanlikdan о‘zimni tiyaman”. 
“О‘zini anglagan inson о‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga 
qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qо‘lidan keladigan ish bilan 
shug‘ullanish asnosida о‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har 
qanday xato va baxtsizliklardan xoli bо‘ladi. Buning natijasi о‘laroq, u 
о‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yо‘lida foydalana biladi. 
Oqibatda о‘zini kulfatlardan asraydi”.

Download 463.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling