1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
Suqrot hayoti: Suqrot taxminan miloddan avvalgi 470 yilda
tug‘ilgan va 399 yilda vafot etgan. Uning faol falsafiy faoliyati naturfalsafa davriga (miloddan avvalgi 450-400 yillar) tо‘g‘ri keladi. Sofistlarga zamondosh bо‘lgan Suqrot dastlabki Afinalik faylasuf edi va butun umr bо‘yi ona shahrida yashagan. Uning otasi toshtarosh, onasi esa doya bо‘lgan. U aslzoda va badavlat bо‘lmasada, hech qachon о‘zining moddiy ahvolinin yaxshilashga urinmagan. Suqrot Ksantippaga uylangan va uch farzandli bо‘lgan. U juda kо‘rimsiz qiyofaga ega bо‘lgan. U doimo eski liboslarda, yalangoyoq yurgan. Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan bо‘lsa-da, oilaviy baxtga erisha olmagan. Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda о‘tkazgan. Bahslarda doim uning qo’li baland kelgan. Shuning uchun kо‘pincha uning sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan kulib haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan: “Eshak tepsa uni sudga bera olmayman-ku!”. Suqrot mohir raqqos bо‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali deb bilgan. U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: “Ey, ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?”- deb sо‘raganda, Suqrot: “Ey, Timey о‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan”, - deb javob bergan. 399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqorolik meyorlarini buzganlikda ayblanib, о‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda Suqrotning og‘zidan chiqqan sо‘nggi sо‘zlar shunday bо‘lgan: “Menga о‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan о‘zga hech kimga ayon emas”. Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar kishi esa unga qarshi ovoz bergan. Suqrot Platonning dialoglarida tasvirlanganidek, g‘arbiy dunyo ruhiga eng kо‘p ta’sir kо‘rsatgan kishilar sirasiga kiradi. Suqrot insoniy shaxs sifatida u yuksak ma’naviyati, kamtarin va oddiy turmush tarzi, zukkoligi, samimiyligi, xushfe’lligi va hazil-mutoyibaga moyilligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turar edi. Biroq Afinalik fuqarolar Suqrot ularni kо‘chada yoki bozorda yо‘ldan tо‘xtatib, suhbatga solib, qiyin savollarga tutadigan holatlarda muayyan darajada noqulay vaziyatga tushib qolishardi. Bir qator sabablarga kо‘ra, Suqrot ham sofistlar kabi о‘zining yoshlik davrini xazon qilib, jamiyat uchun xavfli odamga aylanmoqda, degan qarash ham shakllangan edi. Suqrot hech narsa yozmagan. Uning ta’limoti (mabodo umuman uning ta’limoti xususida gapirish mumkin bо‘lsa) haqidagi bizning bilimimiz u haqida boshqalarning yozgan asarlariga asoslanadi. Asosan, bular Platon asarlari bо‘lib, Suqrot uning dialoglarida asosiy rol о‘ynaydi. Shuning uchun Suqrotning aslida nimalarni gapirganligini va Platonning dialoglarida Suqrot fikrlari bilan Platon fikrlari о‘rtasidagi chegarani aniqlash ancha qiyin vazifadir. Ana shu jihatni e’tiborga olib, Suqrot falsafasini Platonning bayon qilgani tarzda talqin etishga harakat qilamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling