1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Download 463.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana17.10.2023
Hajmi463.81 Kb.
#1706216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Grek klassik ilm-fani davri 
Grek
 kla
ss
ik
 ilm
-f
a
ni da
vr
i 
Suqrot 
 
Insondan muhimroq narsa yо‘q. Ruh (qalb) – 
faollik, ong va axloq manbai. “О‘zingni angla”. 
Haqiqat sо‘zlarda ifodalangan. Ruhdan о‘rin 
olgan bilimlar ichki ehtiyoj va о‘qish ta’siri 
ostida faollashadi (Suqrot suhbati uslubi). 
Platon 
 
G‘oyalar dunyosi mavjud. Ruh – faollik, ong 
va axloq manbai. Ruhdagi ichki qarama-
qarshilik. Hatti-harakatlar aql tomonidan 
boshqariladi.
Intuitiv tafakkur. 
Aristotel 
 
Ruh va jismni bir-biridan ajratib bо‘lmaydi. 
Ruh – yashashga qodir jismning ishlash shakli.
Genezis g‘oyasi. Biogenetik qonun. “Ommaviy 
ong” tushunchasi. Idrok bosqichlari – hislar, 
xotira, tasavvurlar, mantiq. Mantiqiy va
intuitiv tafakkurnazariy va amaliy. 
San’atning psixoterapevtik roli. 


Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496 yillar). 
Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib о‘sgan qadimgi Yunon 
faylasufi Pifagor Mnesarx ismli kishini farzandi bо‘lgan. Otasi uni xizmat 
safariga doimo о‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan va 
yangi narsalarni bilishga intiluvchan bо‘lib о‘sadi.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga 
juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini о‘rganish uchun hatto xatna 
qildirishga 
ham 
rozi 
bо‘lgan. 
Aks holda uni kitoblarga 
yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig‘lamagan va umuman ehtiros 
hamda his-hayajonga berilmagan. 
Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: “Tabiat haqida”, “Davlat 
haqida”, “Tarbiya haqida”, “Jon haqida”, “Olam haqida”, “Ilohiy kalom”. 
Pifagor miloddan avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan о‘ldirilgan. 
Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga “falsafa”, deb nom bergan 
birinchi donishmand edi. 
Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon 
Pifagordan sо‘radi: “Sen qaysi ilm bilimdonisan?” – “Hech qaysi, - deb 
javob berdi Pifagor. – Men shunchaki bir faylasufman”. – “Falsafa degani 
nima о‘zi?”- taajublanib sо‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi. 
“Inson umrini bozor va Olimpiya о‘yinlariga qiyoslash mumkin. 
Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo о‘z foydalarini 
kо‘zlaydilar. Olimpiya о‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va 
mashhurlik payida bо‘ladilar. О‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni 
diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir 
guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib yuguradilar. Ana 
shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular chetdan 
turib atrofdagilarni jimgina kuzatadilar. Voqea hodisalarni, inson 
tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash ularning eng sevimli amalidir. 
Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar – donolikni sevuvchilar, deb 
ataladi. Ular sofoslar, ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi 
donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka 
intilish bilan kifoyalanadilar xolos”. 

Download 463.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling