7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Download 463.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana30.04.2023
Hajmi463.88 Kb.
#1404834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7-мавзу



7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
 
REJA: 
1. Antik davrning psixologik nazariyalari.
2. O‘rta asrlarda psixologiyaning umumiy tavsifi.
3. V-XI asrlarda yevropa psixologiyasini rivojlanishi.
4. Yangi davrda psixologiyani rivojlanishi va uning birinchi 
nazariyasi. 
5. Psixologiyada ratsionalizm va sensualizm.
 
Antik davrning psixologik nazariyalari 
Antik davr yunon falsafasi qadimiy Sharq – Bobil va Misr, 
Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyda paydo bо‘lgan diniy-falsafiy 
ta’limotlar ta’sirida, Yunonistonda yuksak rivojlangan quldordik 
jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart-
sharoitlar asosida vujudga keldi. Miloddan ilgarigi VIII-VI asrlarda 
Kichik Osiyo, О‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yaqin 
Sharq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari о‘rtasida savdo, 
iqtisodiy, madaniy munosabatlar juda ham avj oladi. 
Animizm ( lot. “anima” - ruh) Ruh haqida afsonaviy tasavvurlar 
vujudga keladi. Har bir hissiy idrok qilinayotgan narsa о‘zining juftiga 
ega deb hisoblanadi.
Gilozizm – dunyoning umumiy jonliligi haqidagi ta’limot.
Milet maktabi. Milet faylasuflari о‘z falsafiy qarashlarini tabiiy-
ilmiy tushunchalar bilan ifodalaydilar. Bu davrlarda falsafa va boshqa 
bilim sohalari ham bir-birlaridan ajralmagan holda bir butun shaklda 
“falsafa” nomi bilan atalar edi. 
Ilk yunon faylasuflari Milet shahri falsafiy maktab vakillari: Fales, 
Anaksimanr va Anaksimenlardir. Ular о‘zlarining falsafiy asarlarida 
kosmologizmga oid, ya’ni astronomik bilimlarga oid о‘z qarashlarini 
ifodalab berdilar. 
“Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak 
edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi 
ilmiy gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vigotskiy.


Anita - ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud 
bо‘lgan bо‘lsada er. av. II asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub 
burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar 
paydo bо‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha 
muammolarning boshi shu yerdadir. 
Qadimgi yunon falsafasining eng muhim jihati – uning stixiyali 
dialektik xarakterga egaligidir. Bu dialektikaning asoschilaridan biri 
Geraklitdir. U о‘zining olov tо‘g‘risidagi ta’limotida barcha narsalar 
olovdan paydo bо‘lib, sо‘ngra olovga qaytadi, deb, olovning yerga, suvga, 
havoga aylanishini va aksini ta’riflab, dunyoni doimiy harakatda, 
о‘zgarish jarayonida kо‘radi. 
“Qaysi yо‘llar bilan bormasin, baribir ruhning chegarasiga 
borolmaysan” degan aforizm bilan Efeslik Geraklit (er.av.530-470 yillar) 
individual ruh va koinot birligi g‘oyasini ilgari surdi. Unga kо‘ra barcha 
narsa asosida olov yotarkan. Organizmdagi olov uchquni psixologiyadagi 
- ruhdir. U “olovli va nam” holatda bо‘ladi. Mast odam qayerga 
ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir” - deb yozadi 
Geraklit. Uning ta’kidlashicha ruh nami umumiy logos qonunlari bilan 
belgilanadi. Bu fikr bilan Geraklit barcha psixik hodisalar moddiy dunyo 
qonunlariga buysunishni ta’kidlamoqchi bо‘ldi. Determinizm prinsipini 
juda sodda kо‘rinishda ta’riflamoqchi bо‘ldi. 
Geraklit dunyodagi tо‘xtovsiz о‘zgarishlarining asosiy sababini 
narsalardagi qarama-qarshiliklardan, deb biladi. Uningcha, bir xillik va 
har xillik, hamohanglik va nohamohanglik kabilardan birlik hosil bо‘ladi, 
bu birlikdan hamma har hillik va birhillik tashkil topadi. Hayotda tirik va 
о‘lik, uyg‘oq va uyqudalik, yoshlik va qarilik birgadir. Narsalar doimo 
о‘zaro bir-biriga о‘tib, о‘zgarib turadi. “Sovuq issiq bо‘ladi, issiq sovuq 
bо‘ladi. Xо‘l quruqqa, quruq hо‘lga aylanadi. Nifoqlashuvchi kelishishi, 
tarqaluvchi yig‘ilishi (birikishi), ajoyib xilma-xil ohanglar hamohanglikni 
kurash jarayonida paydo qiladi”. Geraklit dialektikaning qarama-
qarshiliklar kurashi va birligini yaxshi taxmin qiladi. U shunday yozadi: 
“Baho bebaholikdan, bebaholik baholikdan, ular bir-birining о‘limi bilan 
yashaydi va bir-birining yashashi bilan о‘ladi, hayot harakat, о‘zgarish 
bilan hayot, hamma narsa harakatda, о‘zgarishdadir, bir daryo suviga ikki 


marta chо‘milish mumkin emas, chunki daryoda tinimsiz yangi-yangi 
suvlar oqib turadi”. “Dengiz suvi ham toza ham toza emas. U baliqlarga 
davo, hayotbaxsh bо‘lsa, insonlarga ichish uchun yaramaydi va 
zararlidir”. “Eng kelishgan maymun inson zotiga nisbatan eng xunukdir”. 
“Eshakka xashak oltindan a’lo turar”. “Tabiat qarama-qarshilikka intiladi, 
lekin bir-biriga о‘xshashlik emas, homoxanglik tug‘diradi”. Masalan, 
tabiat inson individlarini qarama-qarshi jinslardan, erkak va ayollardan 
tuzgan, demak, ularni qarama-qarshi jinslardan yaratgan, bir xil jinslardan 
emas. San’at ham, xuddi tabiatga о‘xshash qarama-qarshiliklardan, turli 
хil ohangliklardan tashkil topadi. Rasm ham qora, qizil, sariq, oq 
bо‘yoqlar birligidan paydo bо‘ladi. Musiqada esa, yuqori, baland, past 
turli ovozlardan ohang, kuy, ashula hosil bо‘lib, sо‘zlar tashkil topadi va 
h.k. 
Miloddan avvalgi asrning ikkinchi yarmida yashab о‘tgan Yunon 
faylasufi Kratil shunday degan edi: “Geraklit (Buqrot) aytganidek, 
oqayotgan suvga ikki marta emas, hatto bir marta ham shо‘ng‘ib 
bо‘lmaydi. Chunki nima haqda gapirmaylik, biz tugal fikr aytib 
ulgurmasdan uzluksiz о‘tkinchilik qonuniga bо‘ysunuvchi har qanday 
voqelikning mohiyati о‘zgarib ketadi”. Lekin uning g‘oyalari psixik 
hayotni hamma eshiklarini ochishga kalit bо‘la olmas edi. Geraklit 
о‘zidan oldin о‘tgan milet maktabi, faylasuflari Fales, Anaksimandr, 
Anasimenlarning ruh bо‘linmasligi tо‘g‘risidagi fikrlarini izdoshidir. 

Download 463.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling