7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Fales hayoti: Bizning eng qadimgi grek faylasuflari va ularning
ta’limotlari tо‘g‘risidagi bilimimiz g‘oyat kam. Bizda ular haqidagi ishonchli axborotlar kо‘p emas, ularning о‘z asarlari bizga kо‘proq parchalar holida yetib kelgan. Shuning uchun, ular tо‘g‘risida aytiladigan ma’lumotlar taxminlar va ularning ta’limotlari haqida boshqa faylasuflar hikoya qilib ketgan xotiralarga asoslanadi. Fales miloddan avvalgi 624 yil bilan 546 yil oralig‘ida yashab о‘tgan, deb hisoblanadi. Bunday taxmin qisman Falesning miloddan ilgarigi 585 yildagi quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqida yozgan Gerodot (miloddan avvalgi 484-430/420 yillar atrofida yashagan) fikriga asoslanadi. Boshqa manbalar Falesning Misr bо‘ylab sayohati tо‘g‘risida ma’lumot beradi, bunday sayohat о‘sha paytdagi greklar uchun ayniqsa noodatiy hol bо‘lgan. Yana shunday ma’lumotlar borki, Fales ehromlarning balandligini hisoblash masalasini uning о‘z soyasi о‘zining bо‘yi о‘lchamiga tenglashgan paytda ehromdan tushgan soyaning uzunligini о‘lchash yо‘li bilan hal qilgan. Miletlik Fales о‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bо‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U birinchilardan bо‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan tо‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bо‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bо‘lishini isbotlab bergan. Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini oldindan aytib bergan. Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab о‘lchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. Falesning quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqidagi hikoya uning ehtimol, Bobildan о‘tib kelgan astronomiyaga oid bilimlarni bilganligini kо‘rsatadi. U shuningdek, matematikaning greklar tomonidan rivojlantirilgan sohasi geometriyaga doir bilimlarni ham egallagan. (Arifmetika va nol bizga arablardan yetib kelgan. Bizning raqamlarimiz greklar yoki rimliklarniki emas, balki arablarnikidir). Matematik fikrlarning universalligi greklarda nazariya va nazariy tekshirish haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam bergan. Darhaqiqat, matematik fikrlar alohida xususiy voqea-hodisalar haqidagi fikrlarga nisbatan boshqacha ma’noda haqiqiy bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun matematikaga doir universal fikrlar nomatematik fikrlarga nisbatan qо‘llananiladiganidan boshqacha usulda tanqid qilinishi kerak. Bularning hammasi dallillash uslublari va idrok etiladigan haqiqatga asoslanmaydigan fikrlarning rivojlanishini zarur qilib qо‘ydi. Ta’kidlanishicha, Fales Miletning siyosiy hayotida ishtirok etgan. U navigatsiya uskunalarini yaxshilash uchun о‘zining matematik bilimlarini qо‘llagan. U birinchi bо‘lib, quyosh soati bо‘yicha vaqtni aniq belgilab bergan edi. Va nihoyat, Fales qurg‘oqchilik tufayli hosil bо‘lmaydigan yilni oldindan aytib berib, uning arafasida zaytun moyini shaylab qо‘yish va keyinchalik uni foydasiga sotish yо‘li bilan boyib ketgan. Uning asarlari haqida kо‘p ma’lumot berish qiyin, chunki bunday asarlar bizga faqat boshqa kishilarning takroriy bayonlari orqali kelgan. Shuning uchun biz ularni bayon qilishda boshqa mualliflarning bu asarlar tо‘g‘risida bildirgan ma’lumotlariga tayanib ish kо‘rishga majburmiz. Arastu Metafizika asarida Fales jami mavjudot, ya’ni mavjud bо‘ladigan narsalar kelib chiqadigan va yana qaytib borib joylashadigan ibtido haqidagi masalalarni qо‘yadigan falsafa turini asoschisi bо‘lgan, deydi. Arastu yana shuningdek, Fales bunday ibtido suvdan (yoki suyuqlikdan) iboratdir deb faraz qilgan deydi. Biroq, agar hatto Fales haqiqatan ham shunday deb ta’kidlagan bо‘lsada uning bunda nimani nazarda tutganligi aniq ma’lum emas. Bunday izohni hisobga olgan holda biz “Fales falsafasi”ni rekonstruktiv tarzda talqin etishga harakat qilamiz. Faylasuf Anaksimandr shogirdi Pifagor: “Donishmandlik ibtidosi: fikrlashni о‘rganish, vaysaqilikka barham berish” deya ta’kidlab ilk bora tafakkur operatsiyalariga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi. Quyida Pifagorni bir qancha aforizmlarini keltirib о‘tamiz, ularni psixologik tahlil qilishga harakat qilib kо‘ring. - Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut-donolikning boshlanishi. - Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang. - Jonzotlarni о‘ldirishdan saqlaning, chunki odam о‘ldirish jonivorlarni о‘ldirishdan boshlangan. - О‘tgan kun haqidagi: “Men uni qanday о‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?” - degan savollarga javob topilmaguncha kо‘zlaring uyquga ketmasin. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling