7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Eleya maktabi. Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit
(er.av.460–370 yillar) ning ta’limotida “olovli atom”larga aylandi. Demokrit va uning ustozi Levkipp (er.av.500—440) atomik materializm nazariyasini ilgari surdilar. Unga kо‘ra barcha narsalar 2 ta asosdan - bо‘linmas xarakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bо‘shliqlardan paydo bо‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni hosil qiladi. Bitta ilmiy isbotu dalilni qо‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik qilishdan a’loroqdir,- degandi Demokrit. ATOMIZM (yunon. atamos — bulinmas) — atomizm, tabiat hodisalari haqidagi materialistik ta’limot bо‘lib, birinchi marta eramizdan avvalgi qadimgi dind faylasuflari, qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit, keyinchalik esa Epikur (341—270), shuningdek, Rimlik faylasuf — materialist Lukretsiy Kar (99— 1155) tomonidan rivojlantirilgan. Bu ta’limotga kо‘ra, materiya abadiy, о‘zgarmas hamda bо‘linmas, harakatlanuvchi zarrachalardan, ya’ni atomlardan iboratdir. Atomchilar bu ta’limotni ruhiy hayot sohasiga ham tatbiq qilganlar. Jumladan, Demokrit (460—370)ning ta’biricha, atomlar shakl jihatidan burchaksimon, ilmoqsimon g‘adir-budur bо‘lib, harakatlanganda bir- biriga ilinadi, natijada harakat sekinlashadi, bunday atomlar qattiq jismlarni tashkil etadi. Atomlar yana dumaloq chuzinchoq shaklda ham bо‘lib, tez harakatlanadi hamda gazsimon jismlarni tashkil qiladi. Inson ham, tabiatdagi boshqa jismlar singari, ana shu atomlardan tashkil topadi, insonning tanasi sekin harakatlanadigan, ruhi esa tez harakatlanadigan atomlardan iboratdir. Demokritning fikricha, ruh atomlari bir-birlari bilan birikib, tananing sezuvchanlik qobiliyatini tashkil qiladi; ruh atomlari odamning butun vujudiga tarqalgan bо‘lib, ayniqsa kо‘z, quloq, barmoqlar, yurak va bosh miyada zich joylashgandir. Sezgilar, his- tuyg‘ular va fikrlar shu atomlar harakatidan iboratdir. Sezgilarimiz sezgi a’zolari atomlarining, tafakkurimiz miya atomlarining, hislarimiz esa yurak atomlarining harakatidir. Demokritning fikricha, atomlar odam tanasida yashar ekan, u ongli hayot kechiradi, ularning bir qismi tanadan chiqib ketsa, odam uxlaydi, agar yuqoridagi atomlarning barchasi tanadan chiqib ketsa, odam о‘ladi. Atomizmning psixologiyadagi ahamiyatya shundan iboratki, u tana о‘lishi bilan ruh ham о‘ladi deb, uning abadiyligini inkor qilgan. Demokritning xatosi shundaki, u psixikani, ruhni moddiy deb hisoblagan. Yana bir grek mutafakkiri Anaksagor (er.av.500-428) ning barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil topganligi va ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi tо‘g‘risidagi fikr ham Demokritning atomik qarashlariga о‘xshaydi. Sochilib ketishidan iborat fizik qonuni tana uchun ham, taaluqli deb hisoblab, Demokrit ruhni abadiyligini inkor etadi. Demokrit ruhning tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana о‘lgandan keyin esa u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil etuvchi atomlarni yutib nafas chiqarganda ruhimizni bir qismini tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimiz doimo yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha hamma narsaning hatto о‘likning ham ruhi ham bor, faqat juda kam. Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi. Tanadan tashqari ruh bо‘lishi mumkin emas, degan umumiy hukm chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi balki ruhning о‘zi tana ekanligini ta’kidlaydi. “Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak, uning о‘zi tana qismi” deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukretsiy, kabilar Demokritning ruh haqidagi tasavvurlarni rivojlanishini davom ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga kо‘ra, ruh atomlardan emas, о‘zgarmas 4 elementlardan: olov - issiqlik asosi, bug‘ – harakat asosi, shamol – sovish asosi, nomsiz 4-element - ruhning ruhidan iborat. Epikurning nomsiz elementini Lukretsiy “A”, deb atadi. Shuningdek, Epikurning fikricha faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh bо‘ladi. “Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda qattiq yanglishgandi, - deydi Suqrot – chunki odamlar olovga bemalol qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh nuri ta’sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini, о‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklari, olov taftidan esa halok bо‘lishlarini unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan tosh, deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa doimo eng porloq yoritgich bо‘lib, qolajak”. Suqrot g‘oyalari: “Taajubki, haykaltaroshlar toshni insonga о‘xshatish yо‘lida о‘lib tiriladilar-u, ammo о‘zlarning toshga о‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar”. “Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir joiz va zarur narsalarni bilmasakda, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan о‘zimni tiyaman”. “О‘zini anglagan inson о‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qо‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida о‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bо‘ladi. Buning natijasi о‘laroq, u о‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yо‘lida foydalana biladi. Oqibatda о‘zini kulfatlardan asraydi”. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling