7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Platon
Grek klassik ilm-fani davri
Grek kla ss ik ilm -f a ni da vr i Suqrot Insondan muhimroq narsa yо‘q. Ruh (qalb) – faollik, ong va axloq manbai. “О‘zingni angla”. Haqiqat sо‘zlarda ifodalangan. Ruhdan о‘rin olgan bilimlar ichki ehtiyoj va о‘qish ta’siri ostida faollashadi (Suqrot suhbati uslubi). Platon G‘oyalar dunyosi mavjud. Ruh – faollik, ong va axloq manbai. Ruhdagi ichki qarama- qarshilik. Hatti-harakatlar aql tomonidan boshqariladi. Intuitiv tafakkur. Aristotel Ruh va jismni bir-biridan ajratib bо‘lmaydi. Ruh – yashashga qodir jismning ishlash shakli. Genezis g‘oyasi. Biogenetik qonun. “Ommaviy ong” tushunchasi. Idrok bosqichlari – hislar, xotira, tasavvurlar, mantiq. Mantiqiy va intuitiv tafakkur, nazariy va amaliy. San’atning psixoterapevtik roli. Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496 yillar). Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib о‘sgan qadimgi Yunon faylasufi Pifagor Mnesarx ismli kishini farzandi bо‘lgan. Otasi uni xizmat safariga doimo о‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bо‘lib о‘sadi. Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini о‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bо‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig‘lamagan va umuman ehtiros hamda his-hayajonga berilmagan. Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: “Tabiat haqida”, “Davlat haqida”, “Tarbiya haqida”, “Jon haqida”, “Olam haqida”, “Ilohiy kalom”. Pifagor miloddan avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan о‘ldirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga “falsafa”, deb nom bergan birinchi donishmand edi. Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan sо‘radi: “Sen qaysi ilm bilimdonisan?” – “Hech qaysi, - deb javob berdi Pifagor. – Men shunchaki bir faylasufman”. – “Falsafa degani nima о‘zi?”- taajublanib sо‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi. “Inson umrini bozor va Olimpiya о‘yinlariga qiyoslash mumkin. Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo о‘z foydalarini kо‘zlaydilar. Olimpiya о‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mashhurlik payida bо‘ladilar. О‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib yuguradilar. Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilarni jimgina kuzatadilar. Voqea hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar – donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar, ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka intilish bilan kifoyalanadilar xolos”. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling