7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Ellinizm davri (eramizdan oldingi II – III – IV asrlar)
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filon Aleksandriyskiy “Oydinlik” atamasi. Inson ong, qalb va jismdan iborat. Plotin
Ellinizm davri (eramizdan oldingi II – III – IV asrlar)
E ll inizm da v ri (eram izda n oldi n g i II – III – IV a srla r) Kiniklar Dunyo nozu-nematlaridan voz kechish, bilimlar, ijtimoiy fikrlarni inkor qilish. Epikuretslar Jamiyatdan begonalashish - о‘z-о‘zini takomillashtirishga yо‘l. Inson - ezgulik va yomonlik manbai. Hissiyotlar hatti - harakatlarni boshqaradi. О‘limdan qо‘rqish muammosi. Huzur bag‘ishlaydigan barcha narsa axloqlidir. Stoiklar Har bir odam jamiyatda о‘z rolini bajaradi. Tafakkur – idrokning yetakchi jarayoni (ichki va tashqi). Ichki va tashqi erkinlik. Insonning qobiliyatlari, iste’dodini о‘rganish (Kvintilian). Temperamentlar haqidagi ta’limot (Galen). Filon Aleksandriyskiy “Oydinlik” atamasi. Inson ong, qalb va jismdan iborat. Plotin Ruh – yagona (xolizm), introspeksiya uslubi. Aflotun va Arastu ta’limotlari. Sharqda Aflotun nomi bilan mashhur bо‘lgan Platonning fikricha, ruhni qanotli ot arava va izvoshchiga о‘xshatish mumkin, Izvoshchi va otlar о‘rtasidagi munosabat, tana va ruh о‘rtasidagi munosabat kabidir. Platonga kо‘ra inson ruhining 3 ta asosi bor: 1. Hayvonlar va о‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik mavjudot о‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning mana shu qismi bilan odam ochlik va tashnalikni sezadi. Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi. 2. Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan “odamning jahli chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bо‘ladi”. Platon fikriga kо‘ra, doim mana shu asoslar о‘rtasida kurash kechib, uning oqibatlari tushlarda namoyon bо‘ladi. Platonning tushlarni tushuntirishi kо‘p jihatdan zamonaviy fikrlardan biri freydizmga о‘xshab ketadi. Chunki Platon ham ularning asosida mayllar shu jumladan, haqiqiy mayllar yotishini ta’kidlagan. Platon ruh tana о‘lgandan keyin ham hayot bо‘ladi deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: “Agar ruh abadiy bо‘lsa, unda ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida ham qayg‘urish kerak. Platon ruh haqidagi g‘oyasining yetakchi qismi hissiyotlardir. Unda Platon birinchi о‘rinda odamlar uchun rohatlanish hissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun shundaydir, lekin odam uchun birinchi о‘rin u yoqda tursin, ikkinchi о‘rinda ham turmaydi, xatto uchinchi о‘rindan ham ancha uzoqdadir. Platon о‘zining “Fileb” dialogida. Rohatlanish, azoblanish va har ikkisining bо‘lmasligi ruhning uch xil holatidir deb aytib о‘tadi. Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu о‘gitni meros qoldirgan: “Haqiqiy va tо‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yohud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga kо‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi”. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling