Aflotun yoki Platon
Download 22.16 Kb.
|
Aflotun yoki Platon
Aflotun yoki Platon (yun.: Πλάτων) (mil.av. 428/mil.av. 427 — mil. av. 348/mil. av. 347) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. Ustozi Suqrot va shogirdi Arastu bilan birgalikda Aflotun Gʻarb madaniyatini shakllantirdi.[2] U shuningdek matematik, yozuvchi hamda Afinadagi ilk akademiya asoschisi boʻlgan. PLATON (Platon) Afinalik, Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxminan 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi. Suqrotning shogirdi. Suqrot unga „P.“ (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. P. mashhur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini oʻrgandi. Mil. av. 380 yillarda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining P. akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000-yil faoliyat koʻrsatadi. Unda Aristotel ham oʻqigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham taʼlim berilar edi. Biroq siyosiy taʼlim markaziy oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashgʻulotlari oʻtkazilardi. P. falsafasining asosiy mohiyati — „gʻoya“ („eydos“)lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish — anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir. P. pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida ham mashhur. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3-7 yoshda oʻyinlar maktablaridagi uylar yoki bogʻchada taʼlim olishi; 7-17 yoshda maktabda yozuv, oʻqish, musiqani oʻrganishi; 17-20 yoshda harbiy-gimnastik taʼlim olishi; 20-30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur boʻlgan falsafiy taʼlim olishi lozim. P. qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. P. davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. P. toʻrtta asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi — boshqa fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat — adolat. P.ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. Aflotun siyosatni emas, siyosat ishlab chiqarishni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. P.ning estetik qarashlarida borliq, hayot "abadiy gʻoyalarning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlikni qoralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan. Falsafa tarixida P. taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga „ilohiy ustoz“ (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. P.dan 30 ga yaqin katta va kichik asar hamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: „Apologiya“ (Sokratni qimoya qilish), „Kriton“ (qonunni hurmag qilish haqida), „Laxet“ (mardlik haqida), „Harmid“ (aql bilan ish qilish haqida), „Menon“ (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), „Bazm“ (eros haqida), „Fedr“ (eydoslar haqidagi taʼlimot), „Fedon“ (adolat haqida), „Davlat“ (adolat haqida), „Teetet“ (bilim haqida), „Timey“ (kosmologiya), „Qonunlar“, „Siyosatdon“, „Fileb“ va boshqa P.ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. „Davlat“ asariga Ibn Rushd, „Qonunlar“ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning sharhi „Talxisu navomisi Aflotun“ („Aflotun qonunlari mohiyati“) deb ataladi. Bu asar 1993-yil „Fozil odamlar shahri“ kitobida nashr etilgan. 2002-yil Aflotunning „Qonunlar“ asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning „Aflotun“ romani chop qilindi (T., 1998)[ Download 22.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling