7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Download 463.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana30.04.2023
Hajmi463.88 Kb.
#1404834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
7-мавзу

Platon hayoti: Platon taxminan miloddan avvalgi 427 yilda Afinada 
tug‘ilgan va 347 yilda shu yerda vafot etgan.
Uning asl ismi Aristokl bо‘lgan. “Platon” uning laqabi bо‘lib, 
yunoncha “keng yelkali”, “bо‘lali” degan ma’noni anglatadi. Bu laqabni 
unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bо‘lmasada, aslzodalar 
avlodidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodiga 
mansub bо‘lgan. Aflotun aslzoda Afinaliklarga xos bо‘lgan riyoziyot, 
musiqa, gramaatika va gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklit, Parmenid, 
Zenon falsafasi bilan tanishgan. Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan 
tanishgan. Suqrotning о‘limigacha uning eng yaqin shogirdlari qatorida 
bо‘lgan. 
Kо‘p vaqtini she’riyatga bag‘ishlagan. Manbalarga kо‘ra, u qator 
dostonlar, lirik asarlar, fojea va komediyalarning muallifi bо‘lgan. Uning 
25 ga yaqin she’riy usulda bitilgan miniatyura- epigrammalari bizgacha 
yetib kelgan. Bundan tashqari uning 23 ta asl nusxadagi va 11ta uning 


qalamiga mansub deya taxmin qilinadigan suhbati, “Suqrot madhi” deb 
nomlangan nutqi, shuningdek, 13ta maktubi ma’lum. Aflotunning
suhbatlari quyidagilardan iborat: “Protagor”, “Fedon”, “Parmenid”, 
“Teetet”, 
“Timey”, 
“Kritiy”, 
“Laxet”, 
“Davlat”,”Siyosatdon”, 
“Qonunlar”, “Fedr”, ”Fileb” va boshqalar. 
Aflotunning 
Atlantida 
tо‘g‘risidagi 
hikoyasi 
keyingi 
madaniyatlarning halovatini buzib, avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi. 
Uning yozishicha, 12 ming yil oldin Gibraltar yaqinida sirli qit’a mavjud 
bо‘lib, bir kecha-kunduz ichida dengiz qa’riga chо‘kib ketgan. Aflotun 
halokatning aniq о‘rnini kо‘rsatmagan, ammo faylasufning obrо‘yi shu 
qadar baland ediki, darhol g‘oyib bо‘lgan atlantlar mamlakatini izlashga 
kirishilgan. Uni hozir ham izlashmoqda.
Platon Suqrotning sofistlar relyativizmini nazariy jihatdan inkor 
qilishga doir ishini davom ettirgan, u bunday oqimni ijtimoiy inqirozning 
namoyon bо‘lish shakllaridan biri deb qaragan edi. Platon ideal davlatning 
oqilona siyosatini qurish uchun nasos bо‘lishi mumkin bо‘lgan 
tamoyillarni ochib berish vazifasini о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. U 
siyosiy faoliyatda ishtirok etish о‘rniga siyosatning о‘zi nima va u qanday 
bо‘lishi kerak degan masalani tadqiq etishga kirishdi. Bunda Platon ushbu 
prinsipial masalalar xususida mushohada yuritar ekan, gerkcha polisni
nazarda tutgan edi.
Platon о‘zining siyosat haqidagi g‘oyalarini bir necha marta amalga 
oshirishga urinib kо‘rdi. Shunday bir urinish Sitsiliyaning Sirakuzi
shahrida hukmronlik qilgan tiran Dionisiy 1 (taxminan miloddan avvalgi
430-367 yillar) hokimiyati qoshida, boshqasi – uning о‘g‘li Dionisiy II 
ning (miloddan avvalgi 367-344 yillar) hokimligi davrida amalga 
oshirilgan. Uning har ikkala urinishi ham tо‘la mag‘lubiyatga uchradi va 
Platon Afinaga sog‘-omon qaytib ketishga bazо‘r muvaffaq bо‘ldi. 
Platon Sirakuziga qilgan sayohatidan tashqari Janubiy Italiya bо‘ylab 
ham safar qildi va bu yerda pifagorchilar bilan tanishdi. Aftidan, bu 
uchrashuv unga jiddiy ta’sir kо‘rsatgan. Ularni quyidagi 1)matematika 
barcha narsalarning ichki mohiyatidir: 2)olam dualistik tusdadir, bu 
g‘oyalarning haqiqiy borlig‘i bilan g‘oyalarning soyasi sifatidagi hissiy
borliqqa bо‘linishda aks etadi: 3)ruh abadiydir va bir jismdan boshqa 


jismga kо‘chib yuradi degan umumiy qarashlar birlashtirgan. Platon va 
pifagorchilarga, shuningdek, nazariy fan diniy mistitsizmga bо‘lgan 
qiziqish va asketik axloq birdek xos edi.
Miloddan avvalgi 388 yilda Platon Afinadagi maktab Akademiyaga 
asos soldi. U о‘zi joylashgan joy – yarim xudo akademga bag‘ishlangan 
qayinzor nomi bilan atalgan edi. Akademiya 900 yildan ziyod amal qilib 
turdi va imperator Yustinian 1 ning (483-565) farmoniga kо‘ra 529 yilda 
yopildi. Bu Rim imperiyasining tanazzulga uchragan davrida dastlabki 
xristian monastrlarining ommalashishi bilan qariyib bir vaqtda yuz berdi.
1100-yillarda ilk universitetlar (Balonya, Parij) tashkil etilgan vaqtgacha 
ayni shu manastirlar jamoalari О‘rta asrlardagi Yevropa madaniy 
institutlarining asosiy tayanchi bо‘lgan edi. Shunday qilib, Platon 
akademiyasidan boshlab hozirgi universitetlar va “о‘qituvchilar hamda 
olimlar sifatidagi akademiklar” bir qismi bо‘lgan uzluksiz an’anaga asos 
solingan. 
Afinadagi Akademiyada nafaqat falsafa, shu bilan birga geometriya, 
astronomiya, geografiya, zoologiya va botanikadan ham ta’lim berilardi. 
Biroq siyosiy ta’lim markaziy о‘rinni egallagan edi. Ta’lim ma’ruzalar, 
munozaralar va birgalikdagi suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika 
mashg‘ulotlari о‘tkazilar edi. 
Suqrotgacha bо‘lgan olimlar asarlarining faqat bir necha 
parchalarigina bizning davrimizgacha yetib kelgan. Platondan 30 ga yaqin 
kichik va katta dialoglar, shuningdek, bir qator xatlar saqlanib qolgan. 
Bundan tashqari, Platonga bag‘ishlangan ikkilamchi adabiyotlar ham 
mavjud. 
Platon ta’limotini qayta tiklashning qiyinligi saqlanib qolgan 
asarlarning kamligi bilan emas, balki dialoglar yozilgan uslub bilan 
bog‘liqdir. Ularda uzil-kesil xulosa va qoidalar yо‘q, Platonning о‘zi esa 
ularda juda kamdan-kam namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari, Platonning 
umri mobaynida uning qarashlarining о‘zgarib borganligini ham hisobga 
olish kerak. Odatda Platon dialoglari ichidan uch guruhni ajratib 
kо‘rsatishadi: 1)ilk, “Suqrotcha” dialoglar: 2)Platonning yetuk 
doktirinasini aks ettiruvchi dialoglar (Davlat shunga kiradi) va 3)sо‘nggi 
davrdagi dialoglari, qonunlar shularga mansubdir. 



Download 463.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling