7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Download 463.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana30.04.2023
Hajmi463.88 Kb.
#1404834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7-мавзу

Demokrit hayoti: Demokrit miloddan avvalgi 460 yildan 370 
yilgacha yashagan deb hisoblanadi. Binobarin u Platonning katta 
zamondoshi bо‘lgan. Demokrit Frakiyadagi Abderi koloniyasida 
tug‘ilgan. Ma’lumki, u Afinaga tashrif buyurgan va Sharq hamda Misrga 
bir necha uzoq muddatli sayohatlarga chiqqan. Ehtimol, u bilish va 
tadqiqotchilik maqsadlarida sayohat qilgan.
U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun 
umrini kambag‘allikda о‘tkazdi. Bor umrini donishmandlikka bag‘ishladi.
Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada 
kechayu-kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bо‘lgan. 
Demokrit keng bilimlarga ega bо‘lgan. U о‘z zamonidagi fanning 
kо‘pgina sohalarida samarali ish olib borgan. Uning bir necha asarlari 
nomini keltirish bilanoq qiziqishlarining keng doirasini kо‘rsatish 
mumkin bо‘ladi. Buyuk diakosmos, Vrachlik fani, О‘limdan keyingi 
narsalar haqida, Tabiatning tuzilishi haqida, Jahon tartiboti va tafakkur 
qoidalari haqida, She’riyat tо‘g‘risida, Dehqonchilik tо‘g‘risida, 
Matematika tо‘g‘risida, Tо‘g‘ri nutq va tushunarsiz sо‘zlar tо‘g‘risida, 
Yoqimli va yoqimsiz harflar tо‘g‘risida va hakozo. 
Demokrit asarlaridan 200 dan 300 gacha parcha saqlanib qolgan. 
Muayyan ma’noda bu kо‘pdir, lekin Demokritning ulkan ijodiy mahsuldor 
bо‘lganligini hisobga olsak, biz faqat uning asarlarining nisbatan kam 
qismiga egamiz. Shuning uchun bizning uning qarashlarini talqin 


etishimiz Demokrit haqidagi mavjud ikkilamchi axborotlardan 
foydalanadigan qayta ta’mirlashlardan iborat bо‘ladi.
Anaksagor hayoti: Anaksagor taxminan miloddan avvalgi 498 
yildan 428 yilgacha yashagan. U yoshlik yillarini Klazomena shahrida 
о‘tkazgan, balog‘at yoshida Afinada istiqomat qilgan va u yerda 
intelektuallar о‘rtasida kо‘zga kо‘ringan о‘rinni egallagan. Anaksagor 
Perikl (taxminan miloddan avvalgi 495-429 yillar) muhitiga mansub 
bо‘lgan, lekin о‘zining an’anaviy e’tiqodlarga zid bо‘lgan qarashlari 
sababli Afinani tashlab chiqib ketishga majbur bо‘lgan. Boshqa 
narsalardan tashqari, u quyosh xudo emas, balki katta yolqinlanib turgan 
tanadir deb ta’kidlagan. Anaksagor asarlarining 22 ta parchasi saqlanib 
qolgan
Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan sо‘ng uning na kulgani va 
na tabassum qilganini kо‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. 
Anaksagor falsafaga shu qadar shо‘ng‘ib ketganki, xо‘jalik ishlari
qarovsiz qolib, butun yer mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. 
Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor 
bо‘lgan. Bir qancha muddat turmada о‘tirgan. Anaksagorning faqat 
“Tabiat haqida” nomli asari bizgacha yetib kelgan. 

Download 463.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling