7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Geraklit hayoti: Geraklit Mileyet bilan qо‘shni bо‘lgan dengiz forti
Efesda tug‘ilib о‘sgan. U miloddan avvalgi 500 yillar atrofida, ya’ni Falesdan taxminan 80 yildan sо‘ng yashab о‘tgan. U podshoh xonadoniga mansub bо‘lib, akasining foydasiga shohlik martabasidan voz kechgan. U “kosmos” sо‘zini birinchi bо‘lib qо‘llagan Yunon faylasufi edi. (“kosmos” sо‘zi “tartib” degan ma’noni anglatadi. Bu sо‘z dastlab davlat tizimi va hatto ayollarni “tartib”ga keltiruvchi pardoz andoz anjomlariga nisbatan ham qо‘llanilgan. “Kosmetika” sо‘zi shundan kelib chiqqan). Geraklit tо‘g‘risida bir necha tarixlar ma’lum, biroq ularning real negizga egaligi ehtimoldan ancha yiroq. Bularning hammasiga qaramasdan, saqlanib qolgan parchalar asosida uning obrazini qayta tasvirlash imkoniga egamiz. Geraklit har doim ham о‘z zamondoshlari tomonidan tushunilmagan, mahdud, achchiq istehzoli faylasuf sifatida gavdalanadi, u zamondoshlarining о‘zini anglab yetishmaganligi uchun ularning aqliy qobiliyatlarini juda past deb qaragan. Mana shuning uchun u odamlarning fikrlari va nuqtai nazarlari “bolalarning о‘yinchoqlariga” о‘xshaydi, deb ta’kidlagan. Geraklitga doir yana bir parchaga binoan, tushunmaydigan odamlar karlarga, “ishtirok eta turib qatnashmayotgan” kishilarga о‘xshaydi. Buning ustiga, Geraklit kо‘pchilik fikrini nazarda tutib, uning vakillarini “poxolni oltindan afzal kо‘radigan eshaklarga” qiyoslaydi. Zamondoshlarining Geraklit ta’limotini tushunmaganligi, shubhasiz, nafaqat kо‘pchilikni notо‘g‘ri fikrlashi bilan bog‘liq edi. Geraklitga faylasuf sifatida “Noma’lum” degan laqab berilgan. U kо‘pincha о‘z fikrlarini noaniq va kо‘p ma’noli majozlar yordamida bayon qilardi. Afsonaviylikdan qat’iyat bilan yiroqlashishga harakat qilgan miletlik naturfaylasuflardan farqli ravishda Geraklit afsonaviylik uslubida bayon qilish tarafdori edi. U miletliklarda bо‘lgani kabi ilmiylik darajasiga ega bо‘lmagan. U Parmenidga о‘xshab mantiqiy, puxta belgilangan tushunchalarni ham qо‘llamagan. Geraklit his qilish va kuzatuvga tayangan – uning nutqi folbinlarning gap-sо‘zlariga о‘xshab ketardi. Bizning bilishimizcha, Geraklit о‘z asarlarini Artemida Efesskaya ibodatxonasida saqlagan. Uning kо‘p parchalari saqlanib qolgan. 126 ta parcha haqiqatdan ham unga tegishli deb hisoblanadi, 13 ta parchaning muallifi kimligi shubhalidir. Geraklitning parchalarida boshqa faylasuflar ham esga olinadi. Bu shundan dalolat beradiki, faylasuflar nafaqat tashqi hodisalar bilan qiziqa boshlagan, shu bilan birga ular falsafiy muammolar xususida boshqa faylasuflarning bildirgan fikrlari tо‘g‘risida ham muayyan pozitsiyani namoyon etishgan. Natijada, faylasuflar о‘rtasidagi bahs-munozaralar va bir faylasuflar asarlarining boshqa faylasuflar asarlarida izohlanishi tufayli falsafiy an’ana vujudga keladi va qо‘llab quvvatlanadi. Qadimgi yunon falsafasining yana bir vakili Empedokl (mil. avv.490-430y.y.) о‘z falsafiy qarashida narsalarni tashkil etgan elementlar va ulardan hosil bо‘lgan narsalarni harakatda, deb qaragan. U bu harkatlarning sababi, 6 deb “dushmanlik” va “dо‘stlik”, ishq-muhabbat va rashk, raqiblik kabi qarama-qarshi kuchlardir, deydi. Empedokl о‘z mushohada va kuzatishlaridan kelib chiqib, chindan ham qarama-qarshi kuchlar tortish, birikish, qо‘shilish dо‘stlik, muhabbat, sevgi tufayli sodir bо‘lsa; itarilish, ajralish, raqiblik, yomon kо‘rish, nifoqlik, dushmanlik tufayli vujudga keladi, deb xulosa chiqaradi. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling