Mamatov Jamshidning jahon svilizatsiyalari fanidan tayyorlagan slaydi
Download 41.88 Kb.
|
Mamatov Jamshid-WPS Office
Mamatov Jamshidning jahon svilizatsiyalari fanidan tayyorlagan slaydi Kavkazorti sivilizatsiyasi tarixi jahon madaniyatining eng qadimgi sahifalaridan biridir. Bu hududda dastlab Urartu, so‘ngra Kolxida, Iberiya, Armaniston, Kavkaz Albaniyasi kabi o‘ziga xos sivilizatsiya lar vujudga keldi. M.a. VI-V ming yilliklarda Kavkazortining Kuro va Araks daryolari vodiylarida o‘troq dehqonlar va chorvadorlar madaniyati yuzaga keldi. Ular paxsa uylardan iboart uncha katta bo‘lmagan manzilgohlarda istiqomat qilishgan, tosh va suyak qurollardan foydalanishgan. Keyinchalik mis qurollar paydo bo‘lgan. M.a. III ming yillikda Armaniston tog‘ligi va Kavkazortida kuro-araks madaniyati deb nom olgan ilk bronza davri madaniyatining yuzaga kelishi bilan madaniy-xo‘jalik taraqqiyoti yanada yuksaldi. Ibtidoiy munosabatlarning emirilishi Van ko‘li atrofida istiqomat qilgan va urartlar deb nom olgan qabilalarda jadal kechdi. Xurritlarga qarindosh bo‘lgan Urartu qabilalari m.a. 1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. Birlashgan Urartuning ilk podshosi Aram (864-845 yy) davrida mamlakatga Salmanasar III ning qo‘shini bostirib kirgan. Ammo Urartu kuchayib boraverdi. Sardur I (835-825 yy) rasman Ossuriya podsholari kabi dabdabali unvonni qabul qilgan. Ururtu davlatining poytaxti Van ko‘li atrofida joylashgan Tushpa shahri edi. Urartu podshosi Ishpuini ( m.a. 825- 810 yy) faol siyosat yuritgan. Sardur davri yozuvlari ossuriya tilida yozilgan bo‘lsa, uning davrida rasmiy matnlar bir oz o‘zgartirilgan ossuriya mixxatidan foydalanilib, ururtu tilida bitilgan. Tushpa hukmdorlarining mulklari Urmiya ko‘ligacha kengayib, Musatsirni ham o‘ziga tobe qiladi. Argishtining ishlarini uning vorisi Sardur II (m.a. 764-735 yy) davom ettiradi. Ammo Tiglatpalasar III davrida erishilgan ichki barqarorlik Ossuriyaga 734 yilda SHimoliy Suriyadagi Arpad yaqinida bo‘lgan jangda Ururtu boshliq ittifoqchilarni engish imkonini beradi. 735 yilda Tiglatpalasar III Van ko‘li atrofida Ururtuga qaqshatgich zarba beradi. Podsho Rusa I (m.a. 735-713 yy) Urartu qudratini qayta tiklashga harakat qiladi. Tashqi siyosatda u Ossuriya bilan ochiq kurashga kirishdan tiyiladi, biroq hamma joyda Ossuriyaga qarshi kayfiyatni qo‘llab-quvvatlaydi. SHimoldan Urartu erlariga kimmeriyliklar bostirib kirishi vaziyatni yanada murakkablashtirardi. Biroq Kavkazoridagi Urartu erlari kengayib bordi. Rusaxinili kabi yangi shaharlar barpo etildi. M.a. 714 yilda Sargon II boshliq Ossuriya qo‘shinlari yana Urartuga bostirib kirad i. Bu urushdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Urartu Old Osiyodagi hukmronlik maqeidan mahrum bo‘ldi va keyinchalik bu ikki davlat to‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashmaslikka harakat qildi. Argishti II (m.a. 713-685 yy) o‘z istilochilik siyosatini sharqqa qaratdi va Kaspiy dengizi sohillarigacha chiqdi. Bu erda ham Uarartu podsholarining an’anaviy siyosati davom ettirildi – engilgan viloyatlar vayron qilinmadi, balki boj to‘lash sharti bilan qaram qilindi. Argishti II va Rusa II (m.a. 685-645 yy) davrida barqaror iqtisodiy holat davom etdi. Kimmeriyliklar bilan kelishuv tuzishga muvaffaq bo‘lgan Rusa II Kichik Osiyoga ham yurishlar tashkil etadi. Ammo Ururtuga yangi dushman – kimmeriyliklarni ham mag‘lub etgan skiflar xavf sola boshladi. Zaiflashib qolgan Urartu m.a. VI asrning bohlarida Midiyaga qaram bo‘lib qoladi va 590 yilda o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Urartu davlati iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa sug‘orish inshootlari va suv omborlari barpo etishga katta e’tibor bergan. Iqtisodiyotda podsho xo‘jaligi katta rol o‘ynagan. Teyshebaini qal’asini barpo etish bilan bir vaqtning o‘zida podsho Rusa II kanal o‘tkazib, keng qishloq xo‘jalik erlarini barpo etgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Rusaxinilidagi podsho xo‘jaligida 5500 kishi mehnat qilgan. Ibodatxona xo‘jaligi kmroq ahmiyatga ega bo‘lgan. Urartuning madaniyati va iqtisodi to‘g‘risida arxeologik qazishmalar boy ma’lumot beradi. Bu erda shaharsozlik yuksak taraqqiy etgan. Teyshebaini (Karmir Bilur) va erebuni (qadimgi Erevan) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan o‘rab olingan. Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram halq ma’lum miqdorda askar etkazib berish majburiyatini olgan. Doro 1 davrida forslar dengizda ham etakchi rol o‘ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat qilganlar. Ko‘pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo‘lgan. Er. av. V asrdan boshlab Fors o‘lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o‘z navbatida fors piyoda qo‘shinlarini jangovar- qobiliyatini yo‘q otishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtirila boshlanadi. Er. av. IV asr oxirida fors davlatining qudrati eng cho‘qqisiga etdi. Xo‘jalik taraqqiyoti, qulay dengiz yo‘llari, eski va yangi karvon yo‘llarining namunali saqlanishi, pul muomalasining rivojlanishi xalqaro savdoni yanada o‘sishiga olib keladi. Fors davlati hududidan bir necha xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar o‘tgan.Ulardan biri Lidiyadan boshlanib, Kichik Osiyoni kesib o‘tib, Bobilgacha borgan. Boshqasi Bobil va Suzadan o‘tib Pasargadgacha davom etgan. Bobil va Ekbatanni birlashtirgan savdo yo‘li Baqtriya va Hind chegaralarigacha etadi. Uzunligi 84 km.li kanalni qayta tiklashdi. Mamlakatni turli hududlari o‘rtasida savdo aloqalari kuchaygan. Misr YUnonistonga g‘alla, polotno eksport qilgan. Mamlakatning turli hududlari orasida sau erdan vino va zaytun moyi sotib olgan, boshqa viloyatlarni oltin, fil suyagi bilan ta’minlagan. Hindistondan oltin, fil suyagi, xushbo‘y moylar, Arabistondan oltin, So‘g‘diyonadan lazurit, serdolik, Xorazmdan feruza chiqarilgan. Bolqondagi yunon shaharlari kulolchilik mahsulotlari, Bobil g‘alla, Kichik Osiyo temir va boshqa rudalarni ishlab chiqaradi. Xalqaro dengiz savdosi finikiyaliklar qo‘lida qoladi. Qadimgi jamiyatda qullar mehnatidan foydalanish yuqori darajada edi. Qullar oldi-sotdi qilingan va turli ishlarda ishlatilgan. Asir qullar soni juda ko‘p edi, fors podsholarning markazlashgan yirik xo‘jaliklarida ishlaydigan ishchilar Etiboringiz uchun rahmat! Download 41.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling