Qadimgi Suriya va Finikiya Reja


Download 46 Kb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi46 Kb.
#1175268
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadimgi Suriya va Finikiya


Qadimgi Suriya va Finikiya


Reja:


  1. Qadimgi Suriya va Finikiyaning tabiati va aholisi.

  2. Suriya va Finikiyada shahar-davlatlarining tashkil topishi.

  3. Yamxad davlati va geksoslar.

  4. Dehqonchilik va chorvachilik.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.



1. Qadimgi Suriya va Finikiyaning tabiati va aholisi. Suriya va Finikiya O`rtayer dengizining Sharqiy sohilidagi mamlakatlardan biridir. Dengiz sohili bo`ylab Finikiya, undan sharq va janubi-sharqda Suriya joylashgan. Bu mamlakatning g`arb tomoni O`rtayer dengizi, shimol tomoni Kichik Osiyo va sharq tomoni Suriya-Mesopotamiya dashti bilan o`ralgan. Sharq xalqlari Suriya, Finikiya va Palastinni Xanaan yoki Amurru deb atashgan.
Suriya va Finikiya yerlarining bir qismini Livan va Antilivan tog`lari, dashti egallagan. Tog`lar orasidan Iordan, 0/vvrtdaryolari, ko`plab soy va jilg`alar oqib chiqib, unumdor vohalarni suv bilan ta`minlaydi. Oika iqlimi mo`tadil bo`lib, dengiz tomon seryog`in, iliq, dasht tomoni esa issiqdir. Qishning harorati xilma-xil. Qishda tog`larni qor qoplaydi. Tog` yonbag`irlarida yomg`ir ko`p yog`adi. Bir arab maqolida «Mamlakatning boshida qish, kaftida kuz, oyog`ida esa doim bahordir», deyilgan ekan. O`lka hayvonot va o`simliklar dunyosiga boy. Tog`larida qimmatbaho daraxtlar o`sadi. Mamlakatda yer osti qazilma boyliklari kam.
O`lka odamlarning yashashlari uchun ancha qulayliklarga ega. Finikiya va Suriyada odamlar bir necha yuz ming yillardan beri yashab keladilar. Suriya va Finikiyaning eng qadimgi aholisi hurriylar, xanaanlar va somiylardir. Keyinchalik bu yerga arameylar, amoriylar, xettlar, yunonlar, eroniylar, shuningdek rimliklar kelib joylashganlar. Chunki bu o`lka boy bo`lib, uning yerlaridan sertarmoq suv va quruqlikdan o`tuvchi karvon-savdo yo`llari o`tgan edi.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling