Qadimgi Suriya va Finikiya Reja
Download 46 Kb.
|
Qadimgi Suriya va Finikiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi IX asrda
- 7. Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati.
6. Dengizchilik va savdo. Finikiyada qo`rqmas dengizchilar va ishbilarmon savdogarlar ko`p bo`lgan. Ular miloddan avvalgi XVI asrdayoq Kipr oroli, Kichik Osiyoning janubiy sohillari va butun Egey dengizi orollari va sohillarida o`z manzilgohlarini barpo qilganlar. Keyinchalik esa finikiyaliklar O`rtayer dengizining g`arb tomonidagi Sitsiliya, Sardiniya, Malta va Balear orollariga qadar suzib borib, Finikiya shaharlarini bino qilganlar. Finikiya dengizchilari Gibraltar bo`g`ozidan Atlantika okeaniga chiqib, Ispaniya va Galliya sohillari bo`ylab shimol tomon borganlar va u yerlarda o`z shaharlarini barpo qilganlar. Miloddan avvalgi IX asrda ular Afrika shimolidagi ba`zi joylarni bosib olib, u yerlarda ham o`zlarining qator qishloq va shaharlarini barpo qilganlar. Bu jihatdan Karfagen alohida ahamiyatga ega bo`lgan miloddan avvalgi V asr o`rtalarida Karfagen katta davlatning markaziga aylangan. Finikiyaliklar Marmar dengizi orqali Qora dengizga kirib, Kichik Osiyoning shimoliy sohillarida ham o`z manzilgohlarini barpo etishgan. Ular Balqon yarimorolining ichkari qismiga ham kirib borganlar. Ular Afrikani ham aylanib chiqqanlar. Finikiya savdogarlari Ispaniyadan kumush, Britaniyadan qalayi, Baltika qirg`oqlaridan esa qahrabo olib kelganlar.
Finikiya va Suriya quruqlik yo`li orqali Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Armaniston va Mesopotamiya bilan bog`langan edi. Quruqlik va suv yo`llari orqali Suriya va Finikiyada chet mamlakatlarga shisha, oyna, zaytun moyi, musallas, qimmatbaho matolar, ziynat buyumlari, yog`och, kedr moyi va boshqa narsalar chiqarilgan. Chet ellarda Finikiyaning qirmizi bo`yoqlari olqish qozongan. Chet ellardan Finikiyaga ziravor, oltin, kumush, Arabiston va sharq mamlakatlaridan ziravor keltirilgan. 7. Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati. Suriya, ayniqsa Finikiya sharqdagi yuksak madaniyat markazlaridan biri bo`lgan. Suriya va Finikiya erishgan yutuqlardan biri bu yozuv-alifboning ixtiro qilinishidir. Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Suriyada 29 belgidan iborat alifbo kashf etilgan. Bu alifbo Bobil mixxati asosida tuzilgan edi. Ammo miloddan avvalgi IX asr oxiri – VIII asr boshlariga kelib Finikiyada 24 belgidan iborat yozuv-alifbo kashf etishgan. Keyinchalik 24 belgidan alifbo isloh qilinib, 22 belgidan iborat alifbo kashf etilgan. Finikiya alifbosi tez orada dunyoga tarqaladi. Uning ahamiyati shundaki, dunyodagi ko`p xalqlar o`z alifbolarini finikiyaliklar alifbosi asosida tuzganlar. Suriya va Finikiyada qadimdan boshlab, tosh, fil suyagi va har turli ma`danlardan xudo, odam va hayvonlarning haykallarini ishlash rivoj topgan. Rassomlik ham taraqqiy etgan edi. Suriya va Finikiya ko`p mamlakat bilan savdo-sotiq olib borgan. Shu tufayli bu o`lkada matematika, geometriya, dengizchilik, astronomiya, geografiya, yer bilimi, kimyo va fizika sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Gerodotning ma`lumotiga ko`ra miloddan avvalgi VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik, fizik, astronom va faylasuf Fales asli fmikiyalik boigan. Sidonlik faylasuf Mox yunon faylasuf-matematiklaridan ancha oldin atomlar haqidagi nazariyani yaratgan ekan. Suriya va Finikiyada tabiat hodisalariga, qoya toshlarga va hayvonlarga e`tiqod mavjud bo`lgan. Finikiya va Suriya bilan bog`langan o`luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi jpjilr^Qiyyalfjj alohida o`ringa ega ekan. Mot ularda hisoblangan. Molox ham ularning hurmatli xu- bo`lgan. Suriya/vaTinikiya HHtiyvJcishilarni xudolarga qurbon qilganlar. Finikiya mustamlakasi boigan Karfagenda miloddan avvalgi III asrda ham xudo Molox sanam^haykali oldida bolalarni gulxanga tiriklayin tashlab, kuydirib qurborrqilganlar. Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling