Yaponiyaning ochilishi oqibatlari Reja XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi «Ma'rifatli boshqaruv»
Download 29.99 Kb.
|
Yaponiyaning ochilishi oqibatlari
Yaponiyaning ochilishi oqibatlari Reja XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi «Ma'rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi. Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqligi davri XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian dini yapon xalqi milliy an'analarini buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblaganlar. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun yopib qo`ydilar Va mamlakatdagi barcha yevropaliklarni quvib yubordilar. Syogun farmonida bunday deyilgan edi: «Shu davrdan boshlab Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. Hatto o`lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim». Syogun deb kimga aytilganligi va uning hokimiyati qay tariqao`rnatilganligini eslang. Shu tariqa yillar ketidan yillar o`taverdi. Va nihoyat, 1854- yilda AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o`rtasida «Tinchlik va do`stlik to'g`risida» shartnoma imzolandi. Unga ko`ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul qildi. AQSHdan so`ng Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari Yaponiya bozorlarini egallash edi. 1855- yilda esa Rossiya - Yaponiya shartnomasi imzolandi. Unga ko`ra, Kurill orollari Rossiya hududi deb tan olindi. 1858- yilda amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo`yildi. AQSH fuqarolariga Yaponiyada eksteritoriallik huquqi berildi. Ayni paytda AQSH tovarlarigajuda past boj to`lovlari belgilandi. Tez orada xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi noteng shartnomalar edi. Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermaslikning iloji yo`q edi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqligi davri tugadi. Download 29.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling