2. Paleolit davri. Mezolit davri. Neolit davri. Eneolit davri. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar


Download 42.18 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi42.18 Kb.
#1119098
  1   2
Bog'liq
1-topshiriq


Reja:
1. O`zbekiston tarixini o`rganishda moddiy va yozma manbalarning o`rni hamda ahamiyati. O`zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi.
2. Paleolit davri. Mezolit davri. Neolit davri. Eneolit davri. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar.
3. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Ilk davlatlar. Qadimgi Xorazm davlati. Qadimgi Baqtriya va Sug`d (Sug`diyona). davlati.
4. Ahmoniylarning O`rta Osiyoni bosib olishi. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi. Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon-makedon qo`shinlarining O`rta Osiyoga yurishi. Spitamen. Salavkiylar hukmronligi davri. 
5.Yunon Baqtriya davlati. Ellin madaniyati. Dovon davlati. Qang` davlati. Afrig`iylar sulolasi davrida Xorazm. Kushon podshologi

O'zbekiston tarixi fani va tarixni o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy mcrosi. bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus arxiv (hujjatxona)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Tarixiy manbalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo'ladi. Shuningdek, ular o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, mana shu birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, yozma va moddiy ko'rinishlarga ega bo'ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar o'lkamiz hududlari va bu yerdan chetda bitilgan o'rta asrlarga oid yozma manbalarni o'rganish bo'yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo'lishiga qaramay, bu yo'nalishda qilinadigan ishlar nihoyatda ko'p. Tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuv paydo boMmagan zamonlarga oid davrini o'rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo'lib, ularga qadimgi manzilgohlar va shahar xarobalari, mozor-qo'rg'onlarning qoldiqlari, turmush va xo'jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manba ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy manbalarni o'rganishning o'zi tarix fanining maxsus sohasi bo'lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o'ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko'rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g'oyafiy-mafkuraviy asos va ilm iy usullarga tayaanadi. Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o'rganish bilan mashg'ul bo'lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy, etnografik lingvistik va og'zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir. Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o'rganish kabi sohalarga bo'linadi. Shu o'rinda sovet davrida yaratilgan hozirda arxivlarda saqlanayotgan manbalarning haqiqiy tarixiy va notarixiy-sun’iy yasama ekanligini to'g'ri aniqlash o'ta muhimdir. Masalan, hozir sovet davrida o'zbek xalqi «Buyuk oktyabr inqilobini asrlar davomida orziqib kutgan edi», «o'zbek xalqi qadim-qadimdan savodsiz edi», «jadidchilik burjua harakati», «jadidlar xalq dushmani» va boshqa, shu kabi arxiv hujjatlari hamda yozma manbalar notarixiy, tiydirma hujjatlar bo‘lib, ular arxivlarda saqlanmoqda. Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklaming o‘zida real aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.
Odamzodda ong paydo bo'libdiki, o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy vama'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyasiga ega bo'laboshlagan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardanberi hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlaresa an'anaga aylangan.Ajdodlarimiz qoldirgan bu bebaho meros keyingi yillarda chuquro'rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar o'lkamiz o'tmishini tadqiq etib,bu makon jahon sivilizatsiyasining o'choqlaridan biri ekanligini ta'kidlaydilar.O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "HozirO'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balkiumumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan olmoqda", -deydi."Sivilizatsiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so'z lotinchadan olingan bo'lib, uhozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqinetiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayoniniifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so'z "tamaddun" deb ham ataladi, vamadaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma'nosida ishlatiladi. Qomusiykitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy vama'naviy boyliklar. Shuningdek, ularni yanada ko'paytirib va takomillashib borishusullarining majmui deyiladi.Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari insoniyat qadim-qadimdan o'z davriga xosturmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatga ya'ni ma'lum darajadagisivilizatsiyaga bo'lgan. Davrlar o'tishi natijasida insoniyat sivilizatsiyasi darajasio'sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilishusuli, qanchalik darajada moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish va ko'paytiribborishi bilan bog'liq kechgan.U yoki bu sivilizatsiya haqida so'z borganda insoniyatning yashash uchunkurashi, tinimsiz mehnati, ma'naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o'zi uchunyaratgan jismoniy va madaniy qulayliklar, ov va mehnat qurollari, kiyim bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari,ijtimoiy ong va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, axloqiy-huquqiymunosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma'lum bir tarixiy davr tushuniladi.
Hozirgi paytda O’rta Osiyo xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining aloxida bosqichlari quydagi davrlarga bo`linadi:
1. Paleolit davri: bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi:
2. Mezolit (²mezos²-o’rta, ²litos² -tosh) mil.avv. 12-7 ming yilliklar
3. Neolit (²neos²-yangi, ²litos²-tosh) -mil.avv. 6-4 ming yilliklar.
4. Eneolit (mis-tosh davri)-mil.avv. 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.
5. Bronza asri-mil.avv. 3-2 ming yilliklar
6. Temir davri-mil.avv. 1-ming yillikning boshlaridan
O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo`lib, unda taiyor bo`lgan mahsulotlarni o`zlashtirganlar. Ilk paeolit, ya`ni ashel` davrining oxirlarida yashagan odamlarning manzilgohlari Qoraqalpog`istonning Ustyurt tekisligidagi Borsakelmas degan yerdan ham topib o`rganilgan. O`rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Ho`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Mashhur yodgorliklarning biri Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qozib ochilgan. O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashdi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo`ldi. So’nggi paleolit davriga oid makonlar Ohongarondagi Kulbuloq, Toshkentning g`arbidagi Buzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan. Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir. Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g`or-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko`pgina yodgorliklaridan topib o`rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonat va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Insoniyat o`z tarixidagi dastlabki murakkab moslamao`q-yoyni kashf etadi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi. Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi atrofidagi Ustyurt balandligida va Qizilqum cho`lida bor. Ustyurtdagi mezolit makonlari mil.avv. 8-6 ming yilliklarga oid. Qizilqum cho`lidan topilgan mezolit davri yodgorliklari mezolitning so`nggi bosqichlariga va o`rta tosh davridan yangi tosh davriga (neolitga) o’tish davriga tegishli. Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo`ladi. Bu davr odamlari baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quydagi madaniyatlarga bo`linadi: Jaytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati Joytun madaniyati. Janubiy Turmaniston xududiagi mil.avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar na’munalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan. Kaltaminor madaniyati. Qoraqalpogistonning janubidan topilgan bo`lib mil.avv.V-IV ming yilliklarga oiddir. Kaltaminor qabilalari baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullangan. Hisor madaniyati. Asosan, Xisor-Pomir tog`laridan topilgan. Mil.avv.V-IV ming yilliklarga oid. Qoraqalrog`istonda yangi tosh (neolit) davri odamlari faqat dare sohillarinigina emas, balki Kizilkumning va Ustyurtning ichki xududlarini ham o`zlashtira boshlaganlar. Qoraqalpog`istondagi yangi tosh (neolit) davri yodgorliklari Amudaryoning qadimgi Oqchadarem del`tasida (hozirgi To`rtkul tumani xudidan boshlab Taxtakupir tumani hududigacha bo`lgan oraliqda) va Ustyurt balandligida saqlangan. Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metal bilan tanishdilar. Bu davrga kelib dehqonchilik Urta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyiladi. Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bulayotgan muammolaridan biri-antropognez-odamning paydo bo`lishi va rivojlanishidir. Fan insoniyat hayvonat olishdan ajralib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Insonning paydo bo`lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jarayonining natijasidir. O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular jismoniy jixatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni tugadi (kroman`on ko`rinishidagi odamlar). Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy to`qmoq yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi. Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san`at, xususan, g`orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so`nggi paleolit davriga oiddir. O`rta Osiyoda g`orlar, ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo`ladi. O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Birinsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ulardan ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir. Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo`lib, bu rasmlar mezolitneolit, ya`ni, mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy qarashlari va diniy e`tiqodlarini o’rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Ko`pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib O’rta Osiyo xududlarida ham bronza qurollar keng tarqaladi. O`zbekiston xududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi. Ulardan eng yiriklari Tazabog`eb. Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqutan, Churs, Amirabod yodgorliklaridir. Bronza davrida kishilik jamiyati madaniy tarakkiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi xo`jalik yuritishning muayyan ko`inishlariga, ya`ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo`ylarida dehqonchilikka, dasht va tog`oldi xududlarida chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik taqsimoti) o’tib oldi. Bu davrga kelib O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o`zgarish jarayonlari bo’lib o’tdi. Urug`chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan bulsada, ona urug`ining mavqeyi yo`qolib bordi. Metall eritish va xujalikning rivojlanishi jatijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqeyi birinchi darajali ahamiyatga eg`a bo`lib bordi. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish erkaklar qo`liga o’tadi va ona urug`i tuzumi o’rnini ota urug`i (patriarxat) tuzumi egallaydi dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy talabaqalanish natijasida urug`chilik tuzumi harobalarida sinfiy jamiyat paydo bo’ladi. Qoraqalpog`iston xududida bronza davrining eng yirik yodgorligi bu Tazabog`eb madaniyati deb nomlangan yodgorlikdir. Tazabog`eb madaniyati mil. avv. 2 ming yillikning o’rtalariga oid bo`lib u Qoraqalpog`istonning sug`orma dehqonchilik rivojlangan. Bronza davrining oxirida yerni sug`orib ekish yanada rivojlandi. Qoraqalpog`istonning janubida hozirgi Turtkul tumani xududida Amirobod deb nomlangan yodgorlik qoldiqlari topilgan. Bu yerdan tarixchi-arxeologlar uzunligi bir kilometrga yetadigan sug`orish kanallari izlarini topganlar
Paleolit – qadimgi tosh davrining sanasi taxminan 2,5 mln yillardan boshlanadi. Odamzod bu davrda minglab yillar davomida rivojlanishi natijasida asta-sekin tajriba to`plab, toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirdi; ozuqa to`plashning yangi yullari va yashash sharoitlarini yaxshilashga intildi. Paleolit davri arxeologik nuqtai nazardan 3 bosqichga bo`lib o`rganiladi: 1. Ilk paleolit 2. O`rta paleolit 3. So`nggi paleolit Paleolit davrining mavjudligi to`g`risidagi fikrlar birdaniga paydo bo`lgan emas. Dastlab, XIX asrning boshlarida frantsuz arxeologi Bushe de Pert Evropadan topilgan va ishlov berilgan toshni inson tomonidan yaratilgan tosh qurol ekanligini ilmiy asosda isbotladi. Keyinchalik poleolit davrini o`rganishda arxeolog G.Martil`ening ilmiy izlanishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. U tosh qurollarning bir-biridan shakli va ishlanishi jihatidan farq qilishiga e`tiborni qaratib, shakl va ishlanishi (texnikasi)ga qarab ularni bir necha taraqqiyot bosqichiga bo`ldi. Tosh qurollar taraqqiyot bosqichlari dastlab topilgan joy nomlari bilan shell, ashel` va must`e deb ataldi. Arxeologlar juda ham sodda, qo`pol va kertib ishlangan tosh qurollarni dastlab topilgan Parij yaqinidagi yodgorlik (makon) nomi bilan shell` qurollari deb atashdi. Shunga asosan, eng dastlabki (qadimgi) paleolit yodgorliklari «Shell` madaniyati» nomi bilan fanga kiritildi. Arxeologlar tomonidan topib o`rganilgan, ishlanishi jihatidaan shell` qurollaridan keskin farqi bo`lmagan, ammo xiyla taraqqiy qilgan tosh qurollar dastlab topilgan Am`ena shaxri (Frantsiya) yaqinidagi Ashel` joyi nomi bilan ashel` qurollari deb ataldi. Ashel` qurollari topilgan yodgorliklar guruhi «Ashel` madaniyati» nomini oldi. Fanga ashel` arxeologik davr sifatida, kishilarning yaratuvchanlik (bunyodkorlik) faoliyatining kichik bosqichi sifatida kiritildi. Yuqorida keltirilgan paleolit bosqichlari arxeologik davrlashtirishga mansub bo`lib, u fakat ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom-ashyosiga, uni ishlash texnikasiga qarab bo`lingan. Ammo bu davrlashtirish ijtimoiy munosabatlar evolyutsiyasini bildirmaydi va belgilamaydi. Jamiyatshunos olimlar ibtidoiy jamiyatni ijtimoiy munosabatlar xarakteriga qarab ibtidoiy tuda va urug`chilik tuzumi davrlariga bo`ladi. Ibtidoiy to`da- paleolitning ilk va o`rta bosqichiga mos bo`lib, so`nggi poleolitda esa urug` munosabatlari shakllanadi. Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo`lgan. Inson va uni o`rab turgan tabiat o`rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan. Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o`tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo`lning mehnat faoliyati uchun bo`shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, go`shtli ovqatning iste`mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan. Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O`rta Evropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada esa tropik bo`lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Masalan, Evropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda esa ibtidoiy xo`kizlar, karkidonlar, zebra paydo bulgan. O`simliklar esa hamisha yashil rangda bo`lgan. Janubiy va Markaziy Evropa hududlarida-shamshod, dafna, anjir; Evropaning boshqa hududlarida esa qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan o`rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o`simliklar keng tarqalgan. Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Evropa va Osiyo hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular Markaziy Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o`rnashadi. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasagan va ulardan o`zlarining mehnat faoliyatlarida foydalangan. Bu davrning asosiy quroli – cho`qmor bo`lib, u 20 sm uzunlikda va 1 kg dan ortiq og`irlikda, ko`pincha bodomsimon shaklda bo`lgan. Cho`qmor –chopqi deb ham ataladi. Cho`qmor shell` davrining asosiy quroli bo`lib, u ikki tomonlama simmetriyali qilib, urib to`g`rilash texnikasi (usuli) bilan yasalgan. Cho`qmorning pastki qismi toshni kertib ishlash texnikasi (usuli) bilan yasalgan bo`lib, u o`tkirlangan, chetlari notekis, egri-bugri shaklga ega bo`lgan. Har qanday tosh shell` davri qurolini yasash uchun yaroqli bo`lmagan. Tosh qattiq va tez uchirmalar hosil qilish imkonini berishi kerak edi. Shuning uchun ham, dastlab qurollar yasash uchun asosiy xom-ashyo vazifasini daryo va dengiz toshlari bajargan. Dengizdan, daryochalardan kvarts, kremen`...toshlari olib kelinib, ulardan qurollar yasalgan. Ilk paleolitda chaqmoqtoshlardan ham ko`plab tosh qurollar yasalgan. Ular boshqa toshlarga nisbatan mo`rt bo`lsada turli shaklga keltirilib, o`tkir, keskir xususiyatga keltirilgan. Ammo chaqmoqtoshlar tabiatda ko`p uchramagan. Chaqmoqtoshlardan qurollar yasash quyidagicha amalga oshirilgan: dastlab chaqmoqtosh olingan bo`lib, uning atrofi boshqa bir tosh bilan (u qattiqroq bo`lgan va tosh uchirgich- bolg`a vazifasini bajargan) urib uchirilgan. Uning o`rni esa keskir va o`tkir shaklga aylangan. Tosh qurollar yasashning ushbu usuli –toshni kertib ishlash texnikasi deb atalib, ushbu usul bilan shell` davrida dastasiz cho`qmorlar yasalgan.
Mezolit termini yunoncha «mezos» - o’rta va «litos» - tosh degan so’zlardan kelib chiqqan. Mezolit davri XIX asrning oxirlarida fanga ma’lum bo’ldi. Mazkur davrga mansub bo’lgan dastlabki yodgorlik 1887 yilda fransuz arxeologi D.Pet tomonidan Maz-d Azil g’oridan topilgan va o’rganilgan Mezolit paleolit davridan keyingi davr bo’lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Muzlik davrining tugashi paleolitning ob-havosiga nisbatan issiqroq iqlimni shakllantirdi. Flora va fauna dunyosi ham bir oz hozirgi hayvonot va o’simliklar dunyosiga yaqinlashdi. Janubda iqlim yaxshilanib, bu paytda ko’plab shoxli hayvonlar va yashil o’simliklar tarqaldi. Yevropa hududida esa keng bargli yashil o’rmonlar bilan qoplandi. Bu davrda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa ko’llari hozirgi qiyofaga keladi. Muzlik siljishi (muzlik yiliga taxminan 160 metr siljigan.) bilan odamlar ham shimol tomon harakat qiladi. Mezolit davriga kelib O’rta Osiyoda sigment, trapetsiya va uchburchak shaklidagi mayda qurolchalar – mikrolitlar paydo bo’ladi. Bu qurollardan odamlar kesish va o’rish maqsadlarida, pichoq va o’roq sifatida keng foydalanganlar. Mezolit davrining eng katta kashfiyoti va yutuqlaridan biri – kamalak va o’qning kashf etilishi edi. Kamalak va o’q-inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslama bo’lib, u insoniyatning uzoq davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi bo’ldi. O’q yoyning kashf etilishi mezolit davri ishlab chiqaruvchi kuchlarining o’ziga xos inqilobi edi.
Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining so`nggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib o`rganilgan. N. davri osori atiqalarining aksariyati mil. av. 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davri bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. N. davrida odamzodning tur-mush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub o`zgarishlar sodir bo`ladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashg`ulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xo`jaliklarga asos solindi. N. odamining xo`jalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yog`och dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi to`rlarini to`qish va xonaki to`qimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (o`q yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, o`roq, o`roqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tig`ini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga o`tkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, o`roq, o`rokranda, arra, chop-qilar kabi xo`jalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. N. odamining mehnat faoliyatidagi o`zgarishlar, xo`jalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "N. inqilobi" deb ataldi. Bu bosqich davomida ona urug`doshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va to`qimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urug`doshligiga o`tish uchun zamin yaratildi. Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan N. kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xil hududda o`ziga xos N. davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Irok, va Eron) hududlarida mil. av. 6—4ming yilliklardayoq qad. dehqonchilik o`lkalarida tosh tishli qadama o`roq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari bug`doy, tariq, loviya va sholi kabi bo’ shokdi o`simliklar madaniylashtirildi, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qo`lda, so`ngra qo`l charxida guldor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi. Mil. av. 6—3-ming yilliklarda O`rta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yo`nalishda rivoj topdi. Mas, uning jan.g`arbiy hududlarida N. davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qo`y va qoramol) bilan shug`ullangan bo`lsalar, uning shim. va shim.-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar. N. davrining o`troq, ilk qishloq harobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdog` etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli o`roq, pichoq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushirilgan sopol idish bo`laklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishloqda 150- 180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan o`troq qishloq jamoasi yashagan. Xo`jalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli bo`lgan. Chunki, bu davrda ona urug`doshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan. O`rta Osiyoning jan. hududlarida o`troq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xo`jalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va tog`liklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Mil. av. 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zaraf-shon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib o`rganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati no-mini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ul-kan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng . Unda 100— 120 nafarli urug` jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yog`och va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla ko`p ustunli, yapaloq-roq shaklda bo`lib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning at-rofida 20 dan ortiq maydaroq o`choq o`rinlari qayd etilgan. O`choqdar girdidan va chayladan baliq, to`ng`iz, jayran, bug`u, qush suyaklari, tuxum po`choqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan. Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib o`rganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuri-tilgan bu yodgorlikdagi chayla to`g`ri burchakli to`rtburchak shakldda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, mayd. 81,5 kv.m ga teng . Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha o`choq o`rinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (o`q-yoy paykonlari, o`roq, randa, keskich, qirg`ich, teshgich, so`zan, parma va bolta), sopol idish bo`laklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi. Dehqonchilik va chorvachilik xo`jaliklari hamda o`troq hayot bilan bog`liq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga bo`lgan talab oshadi. Shu boisdan tog` va tog` oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida tog`lardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo bo`ladi. Xom ashyo, dastavval tog` yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, so`ngra qazib chiqarilgan. Buning uchun o`ra va lag`mlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali N. davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlog`i yaqinida topib tekshirilgan (mil. av. 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). O`rta Osiyoda, xususan, O`zbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani ma`lum bo`ldi. N. davri shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belorussiya kabi hududlarida ham o`rganilgan. N. davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni o`rganib oladilar.
Enolit davri. Enolit – lotin va grek so`zlaridan yasalgan bo`lib, «alneus» - lotincha mis, «litos»-grekcha tosh degan ma`noni anglatadi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to`g`ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo`lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Evropa va Osiyoning ko`p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo`lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan. Evropa va Osiyoning boshqa o`lkalarida aynan shu paytda metaldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning ho`jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metalning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan. Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko`plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo`lib, shu xususiyatga ega bo`lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko`zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o`xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san`atning bir-biriga o`xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o`xshasa ham aynan bir xil emas. Eneolit makonlari birinchi bo`lib Ikki daryo oralig`i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo`lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko`rsatadilar:
1. Ho`jalikning hamma turidan ko`ra motiga bilan qilinadigan dehqonchilikning ustunligi; 2. Chaqmoqtosh qurollar ko`p bo`lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo`lishi. 3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining mavjudligi; 4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug`iga xos bo`lgan haykalchalarning mavjudligi; 5. Rangdor sapol buyumlari (gul solingan)ning tarqalishi. Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopatamiya makonlarida, keyinroq Evropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko`zga tashlanadi Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Evropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan. Eneolit makonlarining ko`pchiligida, ya`ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo`lsada, ba`zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Evropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo`q. Aksincha, bu erdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o`yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo`lgan. Markaziy Osiyo, xususan O`zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo`yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo`lgan. Eneolit makonlari er yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan. Yuqorida ko`rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda mavjud bo`lgan. Masalan, Ikkidaryo oralig`ining rangdor sopol buyumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan. Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig`i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) quldorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan. Ammo bu vaqtda Osiyo va Evropaning katta hududlarida unumdor ho`jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi. Eneolit davriga xos bo`lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor ho`jalik shakli – dehqonchilik mashg`ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo`lgan. Ammo o`z xususiyatiga ko`ra misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo`lsa-da, dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan takomillashgan bo`lsa-da, u kuchli, og`ir va qattiq qurollar yasashga yaroqsiz edi. Mis o`z xususiyatiga ko`ra yumshoq va juda tez o`z shaklini o`zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Bronza davri O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar. Mil.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo jamiyatida tarixiy jarayon, ijtimoiy-iqyisodiy va etnomadaniy sohadagi yuz bergan o’zgarishlarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 1.Tarixiy taraqqiyot, ishlab chiqarish yanada taraqqiy etib bordi; 2 Insoniyat tomonidan yangi hududlar o’zlashtirilishi davom etdi; 3.Xo’jalikda mis va toshdan qilingan qurollarishlatildi; 4.Sug’orish inshootlari qurildi; 5.Shu asosda dexqonchilik maxsulotlari insonlar ehtiyojini qondira boshladi; 6.Aholi soni oshib bordi; 7.Loy me’morchiligi va qurilish tehnikasi bilimlari o’sib bordi; 8.Me’morchilik,rejalashtirish va qurilish bilimlari jamiyatda mustahkam o’rin olishi; 9.Shu bilimlar asosida ibtidoiy mudofa inshootlari vujudga keldi; 10.Mudofa inshootlar, uy qurilishidato’g’riburchakli xom g’isht ishlatildi; 11.Qabilalar o’rtasidagi to’qnashuvlar vujudga keldi; 12.O’rta Osiyo hududida notekis darajada taraqqiy etygan ikki xo’jalik usuli mavjud edi; 13.Qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy sohada o’zaro munosabatlar vujudga keldi; 14.Markaziy Osiyo mudofa maktabi shakllandi. Bronza davri dexqonchilik qabilalari taraqqiyotining birinchi davri Nomozgoh IV va Nomozgoh V ( mil. avv. III – II mimg yillikning birinchi yarmi ) davrlariga to’g’ri keladi. Ikkinchi davr esa ( inqirozdan keyongi rivojlanish va taraqqiyot ) Nomozgoh VI davriga to’g’ri keladi. Birinchi davrda bronza davri o’troq dexqonchilik madaniyati yodgorliklari o’zlashtirilgan hududlarda markazlashgan bo’lsa, ikkinch davrda qadimgi ziroatchilarning Sharqqa – Murg’ob vohasi hamda Baqtriyaga keng hududiy joylashuvi bo’lib o’tadi. Ik shahar sivilizatsiyasi sohiblari bo’lgan ayrim qabila guruhlari esa mil. avv. II ming yillikning o’rtalarida Zarafshon vohasiga kirib keladilar. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ilk va rivojlangan bronza davri manzilgohlarini ikki turga bo’lish mumkin: maydoni 10 va undan ortiq gektar bo’lgan “markaz” manzilgohlari va maydoni 1 – 0.25 gektar bo’lgan “qishloq” manzilgohlari. Birinchi guruhdagi yodgirliklar orasida o’lchamlari bo’yicha ham, arxeologik ma’lumotlar bo’yicha hamOltintepa va Nomozgohtepalar “poytaxt” manzilgih sifatida ajralib turadi. Shuningdek, Turkmaniston hududlaridagi Ulug’tepa, Qoratepa va Xovuztepalarni ham yirik manzilgohlar safiga kiritish mumkin. O’rta Osiyodagi mil. avv. III – II ming yilliklarga oid bo’lib keyingi davr taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan manzilgohlardan biri umumiy maydoni 70 gektarga yaqin bo’lgan Nomozgohtepa bo’lib, yodgorlikdagi Nomozgoh IV va V davrlaridan juda boy materiallar olingan. Nomozgoh V davriga oid sopol idishlar o’zining nafisligi bilan ajralib turadiki, bu holat ilk dexqonchilik jamoalari kulollarining nisbatan yuqori yutug’idan dalolat beradi.Nomozgoh IV davri qatlamlarining qalinligi 4 – 7 metr. Budavrda Nomozgohning deyarli barcha hududlari o’zlashtiriladi. Qazishmalar natijasida tor ko’chalar bilan ajratilgan ko’p xonali uylar ochilgan. Nomozgohtepa ko’p xonali turar – joylar markazlashgan joy bo’lib qolmasdan ishlab chiqarish markazining yirik markazi ham edi. Bu yerdan topilgan ko’p sonli metall buyumlar va mis qotishmalari metalsozlikning taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Nomozgoh V davri – rivojlangan bronza davrining gullab – yashnagan davri, ilk shahar qurilishidagi yirik manzilgohlarningshakllanish davri, keyingi rivojlanish pallasiga zamin yaratgan davr hisoblanadi. Aynan mana shu davrda O’rta Osiyoning janubida ikkita yirik markaz – Nomozgohtepa va Oltintepa shakllandi. Turkmanistonning tog’ oldi hududlaridan hozirgi kunga qadar madaniy jihatdan ilk shaharsozlik belgilariga yaqin bo’lgan alomatlarni o’zida aks ettiruvchi ko’p sonli kichik manzilgohlar ochilgan. Anovning janubiy tepaligi, Sho’rtepa, Qal’atepa, Toychanaktepa kabi qishloq manzilgohlari shular jumlasidandir. Ushbu yodgorliklardan ko’p sonli va sifatli tayyorlangan sopol idishlardan tashqari ayollar haykalchalari, hayvonlar tasvirlari, aravalarning loydan yasalgan shakllari, urchuqlar, kumush va bronza muhrlar topib o’rganilgn. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, ushbu manzilgohlar xo’jaligining asosini dexqonchilik va chorvachilik tashkil etgan.
Temir davri Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish. Xo`jaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan so`ng insoniyat hayotida sodir bo`lgan tarixiy bosqich. Bu davr xo`jalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. "T.d." atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo`lsada, fanga 19-a.ning o`rtalarida daniyalik arxeolog K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3ming yillikning 1yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. av. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. av. 11-a.dan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkazye, Hindiston va Xitoyda xo`jalik va harbiy qurolaslahalar yasashda temirdan keng miqyosda foydalanilgan, so`ngra temir asboblar yasash Eron va O`rta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari) Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shim. mintaqalarda 16—17-a.larda ma`lum bo`lgan. Temir tabiatda yombi sifatida uchramaydi. U ruda zarrachalari to`plamini yumshoq xamirsimon holatga kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini 900— 1350° atrofida qizdirib maxsus ko`ralarda boskrndan konussimon nay orqali havoni puflab kuchaytirish yo`li bilan bajarilgan. Ko`ra tubida kritsa (1 — 5 kg lik g`alvirak temir bo`lagi) hosil bo`lib, uni olovda qizdirib, suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past bo`lgan. Mil. av. 9—7-a.larga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni po`latga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab bo`ladi. T.d.da ishlab chiqarishda buyuk texnika o`zgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xo`jaligi.da gemir qurollardan foydalanishga o`tish katta voqea bo`ldi. Chunki dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo bo`ldi. T.d.da dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. Xo`jaligiga aylandi. Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xo`jaliklarining rivojlanib borishi shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan o`zgarishiga olib keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va o`zaro ayirboshlash savdo markazita aylanib, shaharlar qad ko`tardi. Ular xom g`isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan o`rab olindi. Shunday qilib, temir va po`lat buyumlardan keng ko`lamda foydalanish Oʻrta Osiyo shahar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali ta`sir etdi. O`zbekistonda T.d.ga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. Terenojkin va Ya. G`ulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. O`zbekiston hududida T.d. yodgorliklari mil. av. 8— 6-a.larga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Farg`ona vodiysida o`rganilgan; Ko`zaliqir, Qalaliqir va Dingilja singari qad. Qal`a va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabristonqo`rg`onlari, Bo`kantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. T.d.da qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug`orish inshootlari vujudga kelgan. 1960—70y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari o`rganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6— 4-a.larga oid uyjoy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda T.d.ga oid Chimqo`rg`on yodgorligi (1972) o`rganildi. 1973 y.da Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi. T.d.ga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyabogiztepa va Burchmulla xazinasi, Farg`ona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida o`rganilgan. 80—90 y.lardan Ko`ktepa (Samarqand viloyati), Yerqo`rgon va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7—6-a.larga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar o`tkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Sadullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, B. Matboboyev va b.ning hissasi katta bo`ldi. T.d.ga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, shubhasiz, O`zbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini o`rganishda samarali natijalar bermoqda. Chunki, T.d.da mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sug`d, Choch va Farg`ona kabi qad. Tarixiy madaniy o`lkalar shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sug`d mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qang` davlati va Farg`ona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi.
Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti Xvarizam (“Avesto”da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi (“Avesto”da), Baktrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon–rim mualliflari uni Baktriana yoki Baktriya deb ataganlar. Amudaryo buylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog‘lik, cho‘l va sahro yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi I asrda ular o‘z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy–qabila ittifoqini tuzadilar. Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi saka–tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgangan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy qozog‘iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh saka–tiay - taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi buylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada saka – xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar. Miloddan avvalgi II–I asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan o‘lkalarda yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat uyushmalari o‘zining ma’lum hududi, chegaralariga ega bo‘lib, iqtisodiy–geografik makon–katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona, Farg‘ona kabi viloyatlar mavjud edi. Ahmoniylar bosqiniga qadar o‘lkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblangan.
“Katta Xorazm” davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari–hozirgi Qoraqalpog‘iston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. ’’Katta Xorazm’’ davlati to‘g‘risida xorazmshunos olim S.P.Tolstov, yevropalik olim V.Xenn, I.Gershkovich, birinchi o‘zbek arxelog olimi Ya.G`ulomov ham qimmatli ma’lumotlar beradilar. Ular “Avesto” dagi ma’lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyoning katta qismi “Katta Xorazm” xududiga qarashli ekanligini isbotlashdi (“Avesto” da tilga olingan 16 viloyatning 9 tasi Katta Xorazm hududida joylashgan).
Yunon tarixchisi Gerodot ma’lumotiga ko‘ra qadimda Oks (Amudaryo) bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy kanallar, suv inshootlari mavjud bo‘lgan. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva–sabzavot yetishtirishga e’tibor ko‘p bo‘lgan. Paxtachilik rivoj topa boshlagan. Qal’aliqir, Ko‘zaliqir, Janbosqal’a kabi shaharlar barpo etilgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida poytaxt va boshqa shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Gerodotning asosli ma’lumotlariga qaraganda, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Oks-Tajan vohasi, ya’ni hozirgi Turkmaniston xududlari ’’Katta Xorazm’’ yerlari bo‘lgan. Biroq ilk davlatchilik masalasida juda ko‘plab ilmiy munozaralar, baxslar bo‘lib o‘tganiga qaramay, bu masala hanuz o‘z yechimini topgan deb hisoblanmaydi. Xususan, ’’Katta Xorazm’’ davlatining hududiy joylashuvi va paydo bo‘lgan davri masalalari ham ancha munozarali mavzu. Rivoyat va afsonalarga qaraganda Xorazmning eng qadimiy siyosiy sulolalari sifatida, Siyovushiylar tilga olinadi. ’’Avesto‘’ bo‘yicha Siyovarshon Kavousning o‘g‘li bo‘lgan. Siyovarshon o‘limidan so‘ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o‘ch olib Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayxon Beruniyning ’’Osorul boqiya’’ (qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar) kitobida Xorazmga aholi miloddan avvalgi 1292 yilda kela boshlagan deb ko‘rsatiladi. Afsonaviy Siyovushning Turon zaminiga kirib kelgan sanasini esa milloddan avvalgi 1200 yilda deb belgilaydi.
Ammo Katta Xorazm davlatining yaxlit tarixi, uning qachon inqirozga uchraganligi haqida yozma ma’lumotlar uchramaydi. Biroq shu narsa ma’lumki, miloddan avvalgi IV asrda Farasman degan podshoh, qadimgi Xorazm davlatida hukmdorlik qilgan. Uning davlatining hududi Amudaryoning quyi havzasida edi. U Iskandar Zulqarnayn yurtimizga bostirib kirganda uning huzuriga o‘z qo‘shinlari bilan keladi va shimolga yurishda o‘z qo‘shinlari bilan yordam berishni taklif qiladi. Bu bilan Farasman Iskandar Zulqarnaynning Xorazm ustiga qo‘shin tortib borishining oldini olgan edi.
Ichki va tashqi savdo–sotiq yuksak darajada rivojlangan “Avesto”da ta’kidlanishicha, Xorazmning qadimiy sulolasi Siyovushiylar bo‘lgan. Xorazm davlati miloddan avvalgi I asrgacha o‘z mustaqilligini saqlab qola olgan.

Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi– Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashganligi ma’lum. Bu davlat haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunonistonlik tabib Ktesiy asarlarida uchraydi. Boshqa yunon salnomachisi Diodot esa Ktesiy ma’lumotlariga asoslangan holda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Nin baqtriyaliklarga qarshi 170 ming piyoda 210 ming otliq askar to‘plab hujum boshlagan. Poytaxt Baqtra (hozirgi Balx) mustaxkam mudofa inshoatlariga ega bo‘lgan. Baqtriya hukmdori Oksiart esa vatan himoyasiga 400 ming kishilik qo‘shin to‘playdi. Dastlab Baqtriya qo‘shinlari Ossuriyaliklarga katta talafot keltiradi, lekin keyinchalik chekinishga majbur bo‘ladi va qo‘shinlarni bo‘lib shaharlar mudofasiga yuboradi.
Bunda ustalik bilan foydalangan Nin shaxarlarni birin-ketin bosib oladi, ularning boyligi talanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach Midiya bilan Ossuriya o‘rtasida urush kelib chiqadi. Midiya aslzodalari baktriya qo‘shinlarini o‘z tomonlariga og‘dirib olib, Ossuriya qo‘shinlariga katta talofat keltirganlar. Ktesiy Ahmoniylar podshosi Kir II ning Sharqqa yurishi munosabati bilan yana Baqtriya haqida ma’lumotlar beradi
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya xududida olib borilgan arxelogik tadqiqot ishlari natijalari Janubiy Baqtriyada Oltin-1 va Oltin-10, hamda Baqtra shahri vayronalari, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklar qadimgi Baqtriya podshohligi haqida qadimgi mualliflarning bergan ma’lumotlari to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Topilmalar bu davlatda yashagan aholi mustahkam mudofa devorlari bilan o‘rab olingan shahar tipidagi makonlarda yashab dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanishganligini tasdiqlaydi. Baqtriya Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashganligi sababli qadimgi shahar madaniyati aynan shu hududda shakllangan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobil qatorida mashhur bo‘lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan. “Avesto”da Baqtriya eng go‘zal o‘lkalardan biri sifatida ta’riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo‘lib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilikda ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi. Eronda saroy tabibi bo‘lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi III–II asrlarda qudratli davlat bo‘lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar. “Baqtriya” nomi Esxilning eramizgacha bo‘lgan 472 yili sahnaga qo‘yilgan “Forslar” tragediyasida ham uchraydi. Ko‘plab mualliflar baqtriyaliklarga “ko‘p sonli”, “jangovar” va “botir” xalq sifatida tavsif beradilar.

Sug‘diyona. “Avesto” hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha, Zarafshon va Qashkadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud Sug‘da (“Avesto”da), Suguda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kurtsiy Ruf asarlarida esa Sug‘diyona deb nomlangan.
Sug‘diyona hududlari hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Navoiy, Buxoro va QashQadaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent, O‘ratepa va Xo‘jand yerlarini o‘z ichiga olgan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi davlatlar ro‘yxatiga Sug‘diyona davlatini ham kiritish imkoniyati tug‘ildi. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarga oid tarixiy-madaniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Turli manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari bilan mashhur bo‘lgan qadimgi tarixiy madaniy o‘lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga oladi. Ilk davlatchilikning eng asosiy belgilaridan bo‘lgan ko‘hna shahar xarobalari So‘g‘diyonaning to‘rta joyida (Erqo‘rg‘on, Afrosiyob, Uzinqir, Ko‘ktepa) topib o‘rganilgan bo‘lib, ular hozircha O‘zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o‘zida aks ettiradi.
Sug‘diyonada yashagan aholi yuksak dehqonchilik va chorvachilik madaniyatiga ega bo‘lganlar. Bu yerda hunarmandchilik ham yaxshi rivojlangan. Yaqin-yaqinlarga qadar sug‘d kulolchiligi miloddan avvalgi VI-IV asrlardagi Eron axamoniylari kulolchilik sa’nati bilan bog‘lanar va uni “axamoniylar sopoli” deb atardilar. Keyingi 25-30 yil davomida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar Sug‘diyona kulolchiligi’’- miloddan avvalgi IX-VII asrlardayoq, rivojlanganligini isbotladi. Davlatning markazi Marokanda (Samarqand) bo‘lgan. Eng qadimgi shahar–Afrosiyob taxminan 2700–2800 yil muqaddam tashkil topgan. Sug‘d tili o‘sha paytlardayoq jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan. Bu davlat qo‘shni mamlakatlar bilan savdo–sotiq, tijorat ishlarini yo‘lga qo‘ygan.
Gerodotning O‘rta Osiyo to‘g‘risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va Tumaris o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahamoniylar qo‘shinlari tarkibida yurtimiz xalqlari jangchilarning ishtroki, ularning qurol-aslahalari, yo‘lboshchilari, ularning jasoratlari, sak-massagetlarning turmush tarzi va diniy e’tiqodi va boshqa ma’lumotlardan iborat:
O‘zbek xalqining ilk davlatchilik tarixi geografik, hududiy ma’noda hozirgi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri kelmaydi. Ilk davlatlar orasida aniq ma’muriy chegaralar bo‘lmagan. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, Sug‘d chegaralari tabiiy bo‘lib yaqin hududlardagi joylarning geografik bo‘luvchisi sifatida dashtlar, cho‘llar va tog‘lardan foydalanilgan.

Download 42.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling