Yaponiyaning ochilishi oqibatlari Reja XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi «Ma'rifatli boshqaruv»


«Ma'rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi


Download 29.99 Kb.
bet2/5
Sana20.01.2023
Hajmi29.99 Kb.
#1104671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yaponiyaning ochilishi oqibatlari

«Ma'rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi.
Chet el davlatlari uchun ochilish Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta'sir ko`rsata boshladi. Chunki chet el tovarining Yaponiya bozorlarini to`ldirib tashlashi Yaponiya manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta zarba berdi. Natijada mamlakatda chet elliklarni quvib chiqarishni talab qiluvchilar harakati kuchaydi. Ayni paytda samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya chet elliklar uchun yopiq yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH va g`arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini achinish bilan qayd etardilar.
Shuning uchun ular chuqur islohotlar o`tkazish yo`li bilan Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o`ylay boshladilar.
Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun kurashuvchilarharakatidan syogun hokimiyatini tugatish vaimperator hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar.
Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun hukumatining chet davlatlar bilan imzolagan noteng shartnomalari mamlakatda fuqarolar urashi boshlanishiga turtki bo`ldi. Syogun hokimiyatini ag`darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini samuraylar tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda o`rta tabaqalari qo`shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun hokimiyati ag`darildi.
1867- yilda syogun imperator Musuxito (1852-1912) foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi nomi bilan toj kiydirildi. Meydzining imperatorlik davri Yaponiya tarixiga «ma'rifatli boshqaruv» nomi bilan kirgan.
Meydzi islohotlarining boshlanishi.
Yaponiya uchun modernizatsiya davri boshlandi. Hukumat o`z oldiga milliy an'analardan voz kechmagan, mustaqillikni to`la saqlab qolgan holatda g`arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish vazifasini qo`ydi.
Dastlab agrar islohot o`tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega bo`ldilar. To`g`ri, yer uchun katta soliq ham belgilab qo`yildi. Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining 50 foizgacha teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o`tgach yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o`zlariga berilgan yerni saqlab qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday bo`lishiga qaramay islohot qishloq xo`jaligida kapitalizmning rivojlanishini ta'minladi. Ma'muriy sohada o`tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hokimiyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab yerlarining bir qismi musodara qilindi. So`ng ular boshqaruv huquqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo`liga o`tdi.
Harbiy islohotga ko`ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Samuraylar avvalgi qiyofasini yo`qotdi. Endi ular doimiy harbiy xizmatda bo`lish imtiyozidan mahrum bo`ldilar. Yevropacha andozadagi yangi qo`shinning shakllantirilishi belgilandi.
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo`shin Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand qo`shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo`lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo`lib qolaverdi. Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o`z davlatining manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va o`limni nazar-pisand qilmaslik g`oyalari toqat bilan singdirildi. Bu xususiyatlar «yaponcha milliy ruh»ning qirralari, belgilari deb hisoblandi.
Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi Amiterasu xohishiga ko`ra paydo bo`lganligi, shuning uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjud ekanligi, imperatorga xudo Ameterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon nohaq bo`lishi mumkin emasligi, imperatorga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekanligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi, millatning ulug` vazifasi kabi g`oyalar ham undan-da kam bo`lmagan toqat bilan singdirila borildi. Ayni paytda g`arb davlatlari siquviga qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya imperatori hokimiyati ostiga birlashmoqligining lozimligi ham esdan chiqarilmadi.
Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari. Meydzi islohotlari mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo`ydi. Natijada yagona yapon ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi - iyen joriy etildi. Hukumat ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga chet davlatlarning Yaponiya ichki ishlariga aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat korxonalari qurilishlariga homiylik qildi. Asosiy zavodlar davlat mablag`i hisobiga qurildi, keyinchalik esa imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi yoki ijaraga berildi.
Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag`batlantirdi va
yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga qariyb 9.13 ming kmga choʻzilgan;Yaponiyaning eng yirik 4ta orollari: Hokkaido, Honshu, Shikoku va Kyushu. Yaponiyaning tabiiy boyliklari deyarli juda kam davlatning atrofini tinch okean o'rab turganligi tufayli mamlakatning tuprog'ida yod moddasi yetarlicha hisoblanadi. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021). Poytaxti — Tokio shahri. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi. [Shinkansen] yaponiyaning eng Tez yurar poyezdi hisoblanadi. [Japan Air Lines] bu yaponiya havo yollari JAL deb hisoblanadi.

Download 29.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling