T k. 1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish. T. k


Download 61 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi61 Kb.
#1122297
Bog'liq
Darsning ta




Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga daryo va ko’llar,muzning erishi va suvning qaynashi haqida bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab- tergab foydalanishga o'rgatish. T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
Darsning rivojlantish maqsadi: :o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik dunyoqarashini va tafakkur doirasini kengaytirish.F.k.1 O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.
Darsning jihozlari maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlar, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: Suhbatlashish tajribalar o’tkazish
DARSNING BORISHI
I . Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini tekshirish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. Uy vazifasini so`rash: : Avvalgi darsda o'tilgan « Tabiatshunoslik nimani o’rganadi» mavzu yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Okean va dengizlar
Ona zaminimiz -Yer shar shaklida. Yer yuzini o‘rganish uchun globusdan foydalaniladi.
Globus - Yer sharining kichraytirilgan shakli (4- rasm).
Globus sirtining katta qismini havorangda tasvirlangan suv egallagan.
Bu - okean va dengizlardir. Okeanning quruqlikka tutashgan qismida dengizlar joylashgan (5- rasm).
Dengiz — okeanning bir qismidir.
Ba’zi dengizlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan, Dengiz va uning sohili
Okean va dengizlarning suvi sho‘r bo‘ladi va ichishga yaramaydi.
Odamlar okean va dengizlardan ko‘p miqdorda baliq ovlaydilar. Ulkan kemalarda yuklarni okean va dengizlar orqali tashiydilar.
Amaliy ish
1.Globusni ko‘rib chiqing. Okeanlarni toping, nomlarini daftaringizga yozing.
2.Globusdan bir nechta dengizni toping va ularning nomlarini daftaringizga yozing.
Daryo va ko‘llar
Globusda ilon izi shaklidagi havorang egri-bugri chiziqlar bor. Bunday chiziqlar daryolarni bildiradi.
Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadigan jilg‘a- lardan hosil bo‘ladi (6- rasm). Daryolar o‘z yo‘lida shar- sharalarni hosil qilishi mumkin (7-rasm). Ularning suvi dengiz va ko‘llarga quyiladi. Daryolar suvidan dala va bog‘larni sug‘orishda, aholi ehtiyojini qondirishda foydalaniladi.

O‘lkamiz hududidan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oqib o‘tadi.


Yer yuzining ba’zi joylarida tabiiy ravishda ko‘p niqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi (8- rasm).
Bir qismi o‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Orol dengizi aslida ko‘ldir. U dengiz kabi katta, suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun qadimdan dengiz deb atalgan. O‘lkamizda Sariqamish, Aydarko‘l, Arnasoy kabi yirik ko‘llar ham mavjud.
Okean, dengiz, daryo va ko‘l suvlari yer usti suvlarini tashkil etadi.
Amaliy ish
Globusdan bir nechta daryo va ko‘lni toping. Ularning nomini daftaringizga yozing.
Muzliklar. Yer osti suvlari
Yer sharining Shimoliy va Janubiy qutblari eng sovuq joylardir (9-a, b rasm). Bu qutblar va ularning atrofini qoplagan muzliklar yozda ham erimaydi. Bunday joylar doimiy muzliklar deb ataladi.
9-rasm. Doimiy muzliklar egallagan joylar
Baland tog‘larning cho‘qqilaridagi qor va muzlar ham yozda erimaydi (9- d rasm). Ular ham doimiy muzliklarni tashkil etadi.
Yomg‘ir va qor suvlari hisobiga dala va bog‘lar sug‘oriladi. Suvlarning bir qismi yer ostiga singib ketadi. Bu suvlar yer osti suvlarini hosil qiladi. Ba’zi joylarda yer ostidagi suvlar dengiz, daryo yoki ko‘l suvlariga qo‘shilib ketadi. Ayrim joylarda buloq bo‘lib sizib chiqadi.
Suv. bormagan joylarda quvurlar orqali yer ostidan suv tortib chiqariladi. Ba’zi joylarda chuqur quduq qazib ham yer osti suvlaridan foydalaniladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Tayanch so‘zlar: globus, okean, dengiz, yer usti suvlari, yer osti suvlari, buloq, quduq, daryo, ko‘l.
Savollar
1.Okean va dengiz bir-biridan qanday farq qiladi? Ularni globusdan ko’rsating.
2.Okean va dengiz suvlarini nima uchun ichib bo’lmaydi?
3.Daryo va ko’l deb nimaga aytiladi? O’lkamizda qanday yirik daryo va ko’llar mavjud?
4. Muzliklar qayerda bo’ladi?
5. Yer osti suvlari haqida nimalar bilasiz?
Topshiriq
Krassvordni daftaringizga ko’chiring va yeching.
Krassvord
B o’yiga:
1.Oqar suv.2.Yer yuzining eng ko’p suv
yig’ilgan joyi. 3. Yozda ham qor va muz
bo’ladigan joy.
Eniga:
1.Okeanning bir qismi.4.Tabiiy
ravishda chuqurlikda yig’ilgan suv.
5.Yer ostidan sizib chiqadigan suv.
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.Mavzuni o`qib, gapirib berishga tayyorlanib kelish.
Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling