Mavzu: Harakatchang qisqaruvchi jarayonlar. Harakatning muskulsiz formalari. Reja


Download 157.5 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1338030
  1   2   3   4
Bog'liq
Harakatchang qisqaruvchi jarayonlar.Harakatning muskulsiz formalari.




Mavzu: Harakatchang qisqaruvchi jarayonlar.Harakatning muskulsiz formalari.
Reja:
1. Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar
2. Muskul mexanikasi
3. Muskul qisqarish apparat oqsillari.

Harakat potensialining vujudga kelishi Sa2+ ionlarining membrana ichkarisiga kirib kelishi, Miozin tolalar atrofiga yigʻilishi


Aktin tolalarining miozin tolalar oraligʻiga sirpanishi va sarkomerning kaltalashishi Sa2+ kanallarning faollashishi va erkin kalsiy konsentratsiyasini kamayishi Miofibrillalarning boʻshashishi
Muskul tolasi qisqarishini taʼminlovchi jarayonlar quyidagilardan iborat
Muskul tolasining qisqarish jarayonini L.Xaksli, J.Xanson va M.Xaksli kabi olimlar tomonidan yaratilgan sirpanuvchi tolalar nazariyasi tushuntiradi. Ammo bu nazariya miozin koʻprikcha boshchalarining aktin tola bilan bogʻlanishi va undan ajralishi jarayonini toʻla ochib bermaydi. Devis tomonidan bu jarayon quyidagicha tushuntiriladi.
Yaʼni aktin va miozin molekulasi oʻrtasida hosil boʻluvchi koʻprikchalar miozin molekulasi oxiridagi spiral holatda oʻralgan polipeptid zanjirdan iborat boʻlib, bu strukturaning hosil boʻlishi juft manfiy zaryadlarning oʻzaro itarilishi natijasida kelib chiqadi
Muskul kimyoviy energiyani ish bajara oladigan mexanik energiyaga aylantirish xususiyatiga ega. Bu ish ixtiyoriy harakatlarni bajarish, shuningdek, ichki organlarning harakati uchun sarf bo’ladi. Muskullar o’z xossalariga ko’ra odatdagi qattiq jismlardan farq qiladi va elastomerlar, ya’ni kauchuk tipidagi materiallar jumlasiga kiradi. Buning sababi shuki, muskullar bilan kauchukning elastiklik moduli taxminan bir xil (1108n/m ) muskul bilan kauchuk cho’zilganida rentgen nurlari difraksiyasiningo’zgarishlari bir xil bo’ladi, harorat o’zgarishlariga muskul ham, kauchuk ham bir xil reaksiya ko’rsatadi.
Muskul qisqaruvchan va elastik elementlardan tashkil topgan.Bu tizimning
xossalari gliserin bilan ishlangan muskul preparatlar membrana borligidan kelib chiqadigan xossalarni yo’qotib qisqaruvchan tizimlarni saqlab qoladi. Bundan tashqari, aktomiozin eritmasi yoki aktin va miozin preparatlaridan qisqaruvchan modda iplarini sintezlash mumkin. Qiskaruvchan tizimlar biofizikasi qisqaruvchi elementlar strukturasi, muskullarning qisqarish faoliyatining molekulyar asoslari va bu jarayonda kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Muskul toʻqimasi elastomer xususiyatga ega boʻlib, tarkibiga kiruvchi biopolimerlar mexanik va kimyoviy taʼsir natijasida oʻz uzunligini oʻzgartirish xususiyatiga ega. Muskul toʻqimasining qisqarishini taʼminlovchi strukturasi aktin va miozin oqsilidan tuzilgan. Aktin molekulyar massasi 50 - 80 kD atrofida boʻlib, molekulasi uzunligi 103 A0 ni tashkil etadi. Miozin oqsili esa molekulyar massasi 42 kD ni, molekula uzunligi 1600 A0 ni tashkil etib, skelet muskul toʻqimasining 60 % massasidan iborat.
Qiskaruvchan tizimlar (muskullar) biofizikasi qisqaruvchi elementlar strukturasi, muskullarning qisqarish faoliyatining molekulyar asoslari va bu jarayonda kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Muskullar kimyoviy energiyani ish bajaraoladigan mexanik energiyaga aylantirish xususiyatiga ega. Bu energiya ixtiyoriy va ixtiyorsiz tana harakatlarini bajarilishi, shuningdek, ichki a’zolarning ishlashi va harakati uchun sarf bo‘ladi. Muskul to‘qimasi elastomer xususiyatga ega bo‘lib, tarkibiga kiruvchi biopolimerlar mexanik va kimyoviy ta’sir natijasida o‘z uzunligini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Muskulning qisqaruvchan sistemasi qisqaruvchi va elastik elementlardan tashkil topgan. Muskul to‘qimasining qisqarishini ta’minlovchi strukturasi aktin va miozin oqsilidan tuzilgan. Aktin molekulyar massasi 50 - 80 kD atrofida bo‘lib, molekulasi uzunligi 103 А0 ni tashkil etadi. Miozin oqsili esa molekulyar massasi 42 kD ni, molekula uzunligi 1600 А0 ni tashkil etib, skelet muskul to‘qimasining 60 % massasidan iborat.
Sent-Dyerdi tomonidan aktin va miozin oqsili muskul to‘qimasi tarkibida aktomiozin kompleksi holida bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, bu kompleks tarkibiga qisqarish jarayonida muhim ahamiyatga ega maxsus oqsil guruhlari tizimi kiradi. Muskullar qisqarishida energiya manbai glikogen hisoblanadi. Muskullarning kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantirish jarayoni izotermik va izobarik sharoitda kechadi.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling