Mavzu: Harakatchang qisqaruvchi jarayonlar. Harakatning muskulsiz formalari. Reja


Download 157.5 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1338030
1   2   3   4
Bog'liq
Harakatchang qisqaruvchi jarayonlar.Harakatning muskulsiz formalari.

Muskullar ishi. Muskullarning kimyoviy energiyasi o‘rtada issiqlikka aylanmay turib, qisqarishning mexanik energiyasiga aylanadi. Termodinamik hisoblar skelet muskuli qisqarganda foydali ish koeffitsianti (ko‘pchilik hollarda bu koeffitsiyent 50% ga teng bo‘ladi) muskulning issiqlik mashinasi prinsipiga muvofiq ishlay olmasligini ko‘rsatadi. Agar muskul issiqlik mashinasi singari ishlab, yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi unda avval issiqlikka, so‘ngra mexanik ishga aylanadigan bo‘lganda edi, ajralib chiqadigan energiyaning atigi 30% ini o‘zlashtirish temperaturaning shu qadar ko‘tarilib ketishiga olib borar ediki, bunda muskulning qisqaruvchan oqsillari muqarrar denaturasiga uchrab qolgan bo‘lur edi. Qisqarish vaqtida energiya muskul bajaradigan ish uchungina sarflanmasdan, balki issiqlik ajralishiga ham sarflanadi. Ish vaqtida muskullarning issiqlik hosil qilishi ancha kuchayadi va muskullarning qisqarish tezligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi – muskul sekin qisqarganda kamroq issiqlik ajralib chiqadi.
Olib borgan tajribalari natijasida Xill muskullar qisqarganda yuzaga keladigan taranglik (Р) ni muskul qisqarishining tezligi (V) ga bog‘lovchi tenlamani yaratdi:
(8.1).
bu yerda a va b – konstantalar (turli muskullar uchun a taxminan ¼ Pmax ga b esa taxminan ¼ Vmax ga mos keladi). Bu tenglamadan izotonik qisqarishda yuklama ortgan sari uning tezligi giperbola bo‘ylab kamayib boradi, degan xulosa kelib chiqadi.
Tetanus holatida muskul vujudga keltiradigan maksimal taranglikni Р0, mazkur paytdagi taranglikni esa Р deb belgilanadigan bo‘lsa, u vaqtda 8.1-tenglama quyidagi ko‘rinishga keladi:
(P+a) (V+b) = (Р0+a) b=const (8.2).
bundan taranglik quyidagiga teng bo‘ladi:
(8.3).
Muskulning vaqt birligi ichida bajaradigan ishi, ya’ni quvvati   taranglikning qisqarish tezligi ko‘paytmasiga teng:
 
Shunday qilib, muskulning quvvati yuklama bilan muskul qisqarishining tezligiga bog‘liq bo‘lar ekan.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling