7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Ibn Rushd (1126-1198)ning falsafiy qarashlari
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Ibn Rushd (1126-1198)ning falsafiy qarashlari
Asli nomi Adub-Valid Muhammad Ibn Ahmad (Yevropada Averroes deb yuritiladi) hozirgi Ispaniyaning Kordoba shahrida tug‘ilib, Andalusi va Marokko shaharlarida yashab, ijod etadi hamda Marokkoda vafot etadi. Ibn Rushd Aristotel qarashlarini davom ettirib, о‘z falsafasida materializm elementlarini rivojlantirgan, shu asosda о‘z shaxsiy falsafiy sistemasini yaratgan buyuk arab faylasufidir. U о‘z qarashlarida xudoning mavjudligini e’tirof etsa-da, dunyoni, materiyani xudo yaratmagan, deydi. Ibn Rushd ta’lim berib aytadiki, dunyo, materiya boshlanishga ham, oxiriga ham ega emas. Materiya benihoya, abadiy va azaliy, deydi. Uning qarashicha, moddiy dunyoda faqat zaruriyat hukm suradi, xudo ham shu zaruriyatga bо‘ysunadi. Ibn Rushd ortodoksal islom-kalom ta’limoti ilgari suradigan: kishining о‘lgandan keyin tirilishi, oxiratning mavjudligi, «u dunyo» tо‘g‘risidagi qarashlarni butunlay rad qiladi. U insondagi jonni tana bilan chambarchas bog‘liq, undan ajralmas, deydi. Uningcha, jon umuman olganda о‘lmasdir, bir butun holda olganda, insoniyat ham о‘lmasdir, uning umumiy aqli, ya’ni umumiy aql ham о‘lmas va adabiydir. Inson aqli haqiqatni bilishga qodir. Ibn Rushd о‘z davri uchun progressiv bо‘lgan «ikki xil haqiqat» tо‘g‘risidagi ta’limotni yaratadi. Bu ta’limotda aytilishicha, ilmiy-falsafiy fikr erishgan haqiqat diniy ta’limotlarda mavjud haqiqatlarga mos kelmasligi mumkin. Uning bu fikri о‘z navbatida fanni va falsafani dinning, ilohiyotning iskanjasidan, dindorlar tazyiqidan ozod qilishda muhim rol о‘ynaydi. Ibn Rushd о‘zining Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy asari- «Faylasuflarni rad etish» («Taxofut-ul-falosifa»)ga qarshi yozgan «Faylasuflarni rad etish» («Taxofut-ut-taxofut») asarida G‘azzoliyning islom ortodoksal kalom ta’limotini qattiq tanqid qiladi. U kishi oliy kamolotga faqat zikru sano orqali emas, balki falsafiy bilimlarni egallash orqali erishadi, deb ta’lim beradi. Ibn Rushdning bu falsafiy ta’limoti О‘rta asrdagi Yaqin va О‘rta Sharq mamlakatlarida, keyinchalik esa uyg‘onish davri Yevropa mamlakatlarida falsafiy qarashlarning rivojlanishida katta rol о‘ynaydi. U О‘rta asr hurfikrligining eng yirik namoyandalaridan biri hisoblanadi. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling