7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari
Abu Rayhon Beruniy (973-1043) ruh va ruhiyat masalalariga qiziqish bilan qaraydi. Buning sababi bor albatta, chunki olim о‘zidan oldin о‘tgan Yunon, Rim, Sharq olimlari, jumladan, M.Xorazmiy, Forobiy va boshqa mutafakkirlarining asarlarini qunt bilan о‘rgangan va ruhiyatga doir qarashlarning ahamiyatini tushunib yetgan. Qolaversa, insonni о‘qitishda va tarbiyalashda inson ruhiyatini bilish zarurligini anglagan. Bulardan tashqari insonlar bilan о‘zaro munosabatlarda ruhiy jarayonlarni bilish lozim ekanligini yaxshi tushungan. Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va insonlarga xos deb bildi. Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli, inson mantiqiy fikrlashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga qodir, insonda faol nerv xizmatlari mavjud deb kо‘rsatadi. Beruniy ruhiyat qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik faylasuf sifatida talqin etgan. Uning “Hindiston”, “Mineralogiya” kabi kitob va risolalarida о‘zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda kо‘p, g‘oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud. Olim ruhiyat masalalarini alohida tо‘plab yozgan emas, bu masalalar uning asarlarida sochma holda uchraydi. Olim insondagi ruhiy jarayonlarni, avvalo, tabiatda oliy mavjudot-insonning bilish jarayonini, inson bilimlarini boyitish, ma’rifatli bо‘lishidagi roli jihatidan о‘rganishga va talqin etishga harakat qildi. Shu sababli uning yuqorida keltirilgan asarlarida sezgilar va aqliy bilish, о‘zini tuta bilish, xotira, tasavvur, diqqat, idrok va qobiliyat kabi shaxsiy xislatlarni olamni bilish jarayonlari bilan bog‘liq holda kо‘rsatadi. Beruniy insonning barcha mavjudotlardan ustunligi uning tafakkuri orqali ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha jonzodlar unga bо‘ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bо‘lar edi. Beruniy fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg‘ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratishi mumkin. Bu psixologiya fanini rivojlanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatishini isbotlaydi. Beruniy inson xotirasini “tangrining tuhfasi” deb ta’kidlagan. Xotirasi kuchsiz kishilarda, uni tirishqoqlik va kо‘p shug‘ullanish bilan mustahkamlash mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. Beruniy inson ruhiyati haqida sо‘z yuritar ekan, uning bir-biriga aks ta’sir kо‘rsatadigan qismlardan iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar bо‘ysunuvchi kuch sifatida birlashganini, ruh esa kо‘p hollarda tana haroratiga tobe bо‘lishini va shu sababli unda xilma-xil holat vujudga kelishini aytadi. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling